Bolalarga shartli o‘lchovlarni o‘rgatishdan oldin o‘lchovning aniq chiqishiga yordam beradigan quyidagi qoidalarni tushuntirish lozim:
1. Hap doim o‘lchovni eng chekkadan boshlash kerakligi haqida.
2. O‘lchovning oxirini belgilab qo‘yish kerakligi haqida.
3. Predmetning uzunligini o‘lchash vaqtida o‘lchov chapdan o‘nga qarab, eni
bilan bo‘yini o‘lchagan vaqt o‘lchov yuqoridan pastga qarab olinishi haqida.
4. Keyingi o‘lchovni oxirgi belgi qo‘yilgan joydan boshlash kerakligi
haqida.
5. O‘lchov olayotgan vaqtda albatta uning sonini sanash kerakligi haqida.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “Yaqin – uzoq”.
O‘yin qoidasi: 4 xil: yaqin, yaqinroq, uzoqroq, uzoq masofada savatchalar
tayyorlab qo‘yiladi. Bolalar ikki qator bo‘lib ikki tomonga saflanadilar.
Tarbiyachi aytgan masofaga har bir qatordan bir bola kelib turadi va
koptokni tarbiyachi aytgan masofadagi savatchaga uloqtirib tushirishi kerak.
Koptok qaysi masofaga tushsa, bolalar o‘sha masofani yaqin, uzoq, yaqinroq,
uzoqroq deb aytadilar va navbatni keyingi bolaga beradilar. O‘yin shu tarzda
davom etib, 2-3 marotaba takrorlanishi mumkin.
Mashq natijasida bola “yaqin” va “uzoq” so‘zlarini tushunadi va nutqda
to‘g‘ri qo‘llaydi.
Tarbiyachi: Bolalar, hozir sizlar yoningizdagi qutichadan doira shaklini
olinglar. Bu shaklni o‘zingizga nisbatan uzoq joylashtiring (stol ustiga). Endi
kvadrat shaklini o‘zingizga nisbatan yaqin joyga joylashtiring. Uchburchak
shaklini olib o‘zingizga nisbatan yaqinroq joyga qo‘yinglar. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklini uzoqroqqa joylashtiringlar. Tarbiyachi bolalar ishini kuzatib “Doira sizdan
uzoqdami yaqindami?”, “Uchburchak sizdan uzoqroqmi , yaqinroqmi?” deb
so‘raydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |