Mavzu: Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish g‘oyasining ishlab chiqilishi. Reja


Download 123.85 Kb.
bet4/10
Sana13.07.2020
Hajmi123.85 Kb.
#123672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlar


Bizning yurtimizda oddiy insonlar, keksa avlod ham kitobxonlikka munosib hissa qo‘shmoqdalar. Surxondaryoda uyida o‘ng mingdan ziyod kitobi bor sakson yoshli keksa otaxon Do‘stqobil ota Qodirovga viloyat hokimligi tashabbusi bilan “Kitob uyi” qurib berildi. Bu qanday sodir bo‘ldi?

Muhtaram Prezidentimiz Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida shu erlik oqsoqollardan biri Prezidentimizga 83 yoshli Do‘stqobil ota uyida o‘ng mingta kitobi borligini aytadi. Prezidentimiz juda xursand bo‘lib, bu ma’rifatparvar oqsaqolga “Kitob uyi” qurib berish haqida mahalliy rahbariyatga topshiriq berdilar. Ushbu “Kitob uyi” – kutubxonada barcha turdagi noyob kitoblar yig‘ilgan. O‘zbek mumtoz adabiyoti deysizmi, jahon adabiyoti durdonalari deysizmi… XX asrning 50 – 60- yillarda chop etilgan noyob kitoblar deysizmi (ularning ayrimlari hali qayta nashr etilmagan) hammasi mavjud. Dunyodagi eng zo‘r kitobman degani ham shu erda. Kutubxona O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan internet orqali ulangan.18 Qoyil qolmay iloji yo‘q. Bu keksa otaxonning yoshlarni kitobxonlikka o‘rgatish borasidagi shaxsiy namuasi emasmi?! O‘qituvchilar yangi ochilgan “Kitob uyi” va uning kitob fondi haqida o‘quvchilarga bergan ma’lumotlari ularni kitobxonlikka yanada kuchliroq kirishishlariga imkoniyat yaratdi. Natijada Surxondaryolik o‘g‘il – qizlar jon – jahdi bilan “Kitob uyi”dagi kitoblarni o‘qishga kirishib ketishdi. Kutubxonada o‘quvchilar va kitobxonlar ishtirokida adabiy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. “Kitob uyi”ning ochilish kunida bu marosimga qatnashgan otaxonlar shunday eslashadi: “Butun qishloq, el – elomon saylga chiqqan kabi oppoq uy – oq niyatli uy – kutubxona ochilish marosimida jamul – jam edi. O‘ziyam tarixda qoladigan ish bo‘ldi-da,- deydi chollardan biri. Do‘stqobil ham tarixda qoladi,- deydi boshqasi. Do‘stqobilning do‘stimiz-ku, biz ham tarixda qolamiz,-deydi boshqasi. ”19 Haqiqatdam ham bundan ortiq baxt bormi? 83 yoshli Do‘stqobil ota ziyo maskani ochib, o‘g‘il-qizlarimizga ziyo nurini tarqatishda fidoyilik qilmoqdalar.

Aksincha, ayrim boyvachchalar esa dabdabali to‘ylar qilib,o‘zlarini ko‘rsatishga, “shonu-shuhrat”ga burkanishga harakat qiladilar. Aslida dabdabali to‘ylar millatimizning eng katta fojiasi. Bir boyvachcha qilgan o‘rtacha to‘yga kamida ikki ming kitobga ega bo‘lgan kutubxonaga tashkil etish mumkin ekan.

Yoshlarga faqat dars jarayonida emas, oilada ota – onalar, bobo – buvilar ham kitobxonlikka qiziqish uyg‘otishi mumkin. Ular mutolaa ahamiyati haqida o‘z farzandlariga maslahatlar berib borishlari kerak. Masalan, taniqli adib Umberto Eko nabirasiga yozgan maktubida “Xotirangni mog‘or bosib qolishiga yo‘l qo‘yma!” deya da’vat etadi. Buning uchun ko‘proq kitob o‘qish kerakligini ta’kidlaydi. Bundan tashqari kompyuter va internetdan foydalanishni ham man etmaydi. Ammo kitob o‘qishning ahamiyati kattaligiga nabirasining e’tiborini qaratadi. “Sen, agar buyuk Karl kimligini yoki Kuala – Lumpur qaerda joylashganini bilmoqchi bo‘lsang, kompyuter tugmasini bosasan – u, barchasini internetdan bilib olasan. Internetdan kerak bo‘lsagina foydalan, biroq keyin olgan ma’lumotlaringning mazmunini yodingda saqlab qol, bular senga, masalan, maktabda qo‘l kelishi mumkin. Eng yomoni shuki, kompyuter savolingga istagan paytingda javob topib beradiyu, axbarotni eslab qolish istagidan mahrum etadi. Bu holatni quyidagicha ifodalash mumkin: bir ko‘chadan ikkinchisiga piyoda borish imkoniyati turganida ham kishi avtobus yoki metroga o‘tiradi, nega deganda, piyoda yurishga zarurat qolmadi, deb hisoblaydi – da. Ammo sen piyoda yurishni kanda qilaversang, bir kun kelib nogironlar aravachasiga muhtoj odamga aylanasan.”20 Kitob mutolaa qilgan, o‘qigan kitoblarining mazmunini kim yaxshi eslab qolishi borasida bahs yuritib turish yaxshi samara berishi, xotirani mog‘or bosishdan saqlab qolishini eslatib o‘tadi, adib. Qanday ajoyib fikrlar, bular…. Bu fikrlarni o‘qigan yoshlar, albatta kitobxon bo‘lishga intiladi.

O‘quvchi – yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni tashviq qilish maqsadida “Kitob dunyosi” ma’naviy – ma’rifiy, ijtimoiy – siyosiy gazetasi tahririyati ham 2018 yil boshidanoq alohida tashabbus bilan chiqqan edi. “Kitobxon millat” ko‘rik – tanlovini tashkil etib, o‘zbek adabiyotining eng noyob durdonalarini tashkil etib, o‘zbek adabiyotining eng noyob durdonalarini birgalikda mutolaa qilish boshlangan edi. Dastlabki kitob sifatida Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani muhokama uchun berildi. Qarangki, birgina chorlov sabab ko‘plab mushtariylar kitoblar javonidan mazkur asarni olib qayta mutolaaga oshiqdilar. Gazetaga romanni o‘qib olgan o‘z tassurotlari aks ettirilgan ko‘plab maktublar kela boshladi. Ular orasida o‘quvchi – yoshlar ham ko‘pchilikni tashkil etar edi.

Bu ezgu tashabbusni davom ettirgan “Kitob dunyosi” gazetasi tahririyati 2018 yil mart oyida o‘zbekning buyuk adibi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning “Navoiy” romanini mutolaa qilishni e’lon qildi. Asar badiiyati, syujetidagi o‘ziga xosliklar, ko‘pchilik ilg‘amagan jihatlar haqida fikirlash o‘quvchi – yoshlar uchun kitobxonlikda yorqin musoboqa maydoniga aylandi. Bu jarayon gazeta tahririyati tomonidan yil davomida amalga oshirilib kelindi.

Inson tafakkurini boyitish, ma’naviyatini yuksaltirish uchun kitobdan bo‘lak xazina yo‘qligini anglab etgan mamlakatimiz aholisining barcha qatlamlarida kitobxonlikka, kitob mutolaasiga ishtiyoq baland. Masalaning yana bir muhim jihati borki, davlatni va xalqni boshqarib turgan rahbarlarning kitob taratgan ziyodan bahramand bo‘lishga intilishi va ishtiyoqi balandligini o‘quvchi – yoshlarga o‘rnak qilib ko‘rsatish mumkin. O‘quvchi – yoshlar anglab etadilarki, mutolaaga berilgan har qanday kishi xalqqa yaqin, uning dardu - tashvishiga malham bo‘ladi. Shu boisdan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham kitobsiz kelajak yo‘qligini, rahbarlardan tortib oddiy aholigacha kitobga mehr qo‘yishi – nurli kelajagimizning muhim poydevori ekanligini bot – bot ta’kidlamoqdalar.

Mamlakatimizda bu borada O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi o‘ziga xos tashabbus bilan chiqdi. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining buyrug‘i bilan Agentlik markaziy apparati, tizimdagi nashriyot – matbaa uylari, Qoraqalpog‘iston Respubliaksi matbuot va axborot agentligi, Toshkent shahar va viloyatlar matbuot va axborot boshqarmalari rahbar hodimlari har oyda kamida bittadan badiiy asar o‘qishi lozimligi belgilab qo‘yildi.

Rahbar bo‘lsang, kitob o‘qi! ” ma’naviy – ma’rifiy tashabbusiga asosan tizim bo‘yicha har oyning oxirgi shanba kuni “Mutolaa hisoboti” kuni etib belgilandi. Unga ko‘ra har bir rahbar xodim o‘sha kuni o‘zi ishlayotgan idoraning rasmiy veb – saytida o‘qigan kitobi haqida yozgan taassurotlarini e’lon qiladi. Eng kitobxon rahbarlar yozgan hisobotlariga qarab O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan rag‘barlantirilib boriladi. Bunda rahbar hodimning o‘z oilasida farzandlari va oila a’zolarini kitobxonlikka da’vat etish borasidagi faoliyati ham hisobga olinadi. Bundan tashqari, agentlik 1500 dan ortiq ommaviy axborot vositasi, 130dan ortiq nashriyot va 1800 ga yaqin bosmahonada mehnat qilayotgan minglab soha rahbarlarini ham ushbu tashabbusni qo‘llab – quvatlashga chorlagan;21

Kitobsevarlar yurti O‘zbekistonda yashovchi barcha insonlar ziyoli, fermer, tadbirkorlar ham aholini, o‘quvchi – yoshlarni ilm ziyosi bilan ta’minlashga xizmat qiladigan kutubxonalar ochishga munosib hissa qo‘shmoqdalar. 2018 yil noyabr oyida “Yoshlar kelajak bunyodkori” dasturi doirasida viloyatning Romitan tumani markazida kasbi o‘qituvchi bo‘lgan ma’rifatparvar inson Qibriyo Rustamova bankdan 50 mln so‘m kredit olib, kutubxona tashkil etdi. Ushbu kutubxonada, yoshlar va bolalar o‘qishga mo‘ljallangan o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, bolalar yozuvchilarning asarlari jamlangan.

Kitobxonlikni targ‘ib qilishdan fermerlar ham chetda turmayaptilar, 2017 yil 7-8 iyul kunlari muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifidan so‘ng birgina Norin tumanidagi ilg‘or fermerlar tashabbusi bilan uchta kutubxona qurilib, foydalanishga topshirildi. “Muhammad ota Nabirasi Burhonjon” fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Norin tumanidagi peshqadam xo‘jaliklardan bo‘lib, yuqori daromad va mustahkam iqtisodiyotga ega. Fermerning shunday imkoniyatni ziyo maskani barpo etishga yo‘naltirgani maqtovga loyiq. Xo‘jalik hisobidan 270 mln so‘mdan ziyod mablag‘ sarflab, tuman markazida zamonaviy kutubxona qurdi.

“Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 7-8 iyul kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida faollar ishtirokida o‘tkazgan vidioselektor yig‘ilishida xalqimizni ma’naviyatga oshno etish, xususan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni yuksak ma’naviyat sohiblari sifatida kamol toptirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyos ekanligini alohida ta’kidladi”, - deydi ”Muhammadali ota nabirasi Burhonjon” fermer xo‘jaligi rahbari Nabijon Mamadaliev.22 O‘sha uchrashuvda aytilgan gaplardan ruhlanib, tuman markazida bitta kutubxona qurishga ahd qilgan edim, deb ta’kidlaydi, fermer. Bugungi kunda kutubxona kitobxonlarning sevimli maskaniga aylandi va yoshlarni yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda. “Siddiqov Nodirbek” fermer xo‘jaligi Norin tumanidagi Qozoq – ovul qishlog‘ida loyiha qiymati 70 mln so‘mlik, “Bo‘stonlik Anvarjon” fermer xo‘jaligi Bo‘ston qishlog‘ida loyiha qiymati 80 mln so‘mlik kutubxona qurib foydalanishga topshirdi.

“Ko‘p yillar jamoa xo‘jaliklarini boshqargan otamning xotirasini abadiylashtirishni orzu qilib yurar edim – deydi ”Siddiqov Nodirbek” fermer xo‘jaligi rahbari Nodirbek Siddiqov. Prezidentimizning kitobxonlik madaniyatini oshirish, kutubxonalar tashkil etish tashabbuslari ushbu orzuyim ro‘yobga chiqishiga turtki bo‘ldi. Qisqa fursatda otamning shaxsiy kutubxonasi asosida ziyo maskani tashkil qilganimdan xursandman” 23 Ushbu ziyo maskanida elektron kutubxonalardan foydalanish imkoniyati ham yaratilgan. Mazkur kutubxonalarning har biri 3 ming nusxadan ziyod kitob fondiga ega, ziyo maskanlariga viloyat hokimligi tomonidan 60 mln so‘mlikdan ziyod kitoblar to‘plami tuhfa etildi. Eng muhimi, ushbu kutubxonalarning asosiy abanentlari o‘quvchi – yoshlar. O‘quvchi – yoshlar bu ziyo maskanlaridan o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni olib o‘qimoqdalar.

Respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham o‘qituvchi pedagoglar dars mashg‘ulotlardagina emas, balki ko‘plab ma’naviy – ma’rifiy tadbirlarda o‘quvchi – yoshlarni kitobxonlikka o‘rgatish bo‘yicha samarali ishlarni amalga oshirmoqda. Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati keyingi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani singari o‘quvchi – yoshlarni kitobxonlikka o‘rgatish va yoshlarda kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otish hamda kitobxonlik madaniyatini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar maktablarida kitobxonlik va kitobxonlik madaniyatiga bag‘ishlangan ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Masalan, 2018 yil oktyabr oyida Bektemir tumanidagi 293 – maktabda “Ommaviy kitobxonlik” haftaligi munosabati bilan “Kitob – nur, ziyo” nomli madaniy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirga o‘quvchilarga kishining tafakkur dunyosining yuksalishida kitobning, mutolaaning o‘rni beqiyosligi haqida hayotiy misollar asosida ma’lumotlar berildi.

“Kitob o‘qigan kishining so‘zi ham, fikri ham, qarashlari ham boshqalardan farq qiladi, - deydi, Bektemir tumanidagi 293- maktab kutubxonachisi Husnora Umarova. O‘quvchilarga ham buni ko‘p bor ta’kidlaymiz. Bugungi tadbirdan ko‘zlagan asosiy maqsad – ham ularning mutolaaga qiziqishini, mehrini yanada oshirish”dir.24 Ushbu tadbir doirasida o‘tkazilgan viktorinalar, savol – javoblar, bahru baytlar ham o‘quvchilarda kitobxonlikka qiziqishini kuchaytirishga qaratilgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Xalqlarni bir – biriga tanishtirishda ham kitobning o‘rni beqiyos. Kitob insonning ruhi, ongi va qalbiga teran ta’sir ko‘rsatadi. Notinch zamonamizda insoniyat ezgulikka chorlash bobida kitobdan kuchli vosita bo‘lmasa kerak. Ma’lumki, insoniyat jamiyati tamadduni rivojida ham kitobning o‘rni katta. Shunday insonlar borki, ularni bir – biriga yaqinlashtirgan, do‘stlashtirgan, ustozu – shogirdga aylantirgan kitob bo‘lib, ular bir umrga kitobdan minnador bo‘lib yashaganlar.

O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, professor Abduqahhor Ibrohimov mashhur rus yozuvchisi Nikolay Evgenivich Virta bilan kitoblar orqali yaqinlashgani, ustoz – shogirdga aylangani qayd qiladi. O‘zining “Arra” (Pila), “Zo‘ldir”, “Mayli, mayli ”, “Tanisangiz kerak”, satirik komediyalarini, “Bu zamon o‘g‘loni” satirik dramasini, “Chakana savdo” (“Bir o‘likka bir tirik”) pamflet dramalarini ustozi Nikolay Evgenevich Karelskiy (adabiy taxallusi Virta) o‘qib yuqori baho bergani, kitoblari va asarlari tufayli o‘zaro ham fikrlik paydo bo‘lgani, hatto Nikolay Virta uning ma’naviy ustoziga aylanganini, ularni mehr – oqibat yaqinlashtirganini yozadi. Masalan shu darajaga borib etadiki, kitob orqali paydo bo‘lgan ustoz – shogirdlik Abduqahhor Ibrohimovni Nikolay Virtaning eng yaqin maslakdoshiga aylantiradi. Abduqahhor Ibrohimov ustozidan hamisha xabardor bo‘lib turadi va uning yaqin kishisiga aylanadi.

Mashhur rus adibi 1975 yilning dekabrida oltmish to‘qqiz yoshga borganida betoblanib qoladi. Buni qarangki, o‘zining balog‘at yoshiga etgan, uy – joyli bir qizi va ikki o‘g‘li, bir necha naveralari hamda xotini bo‘la turib, Vasiyatnomasini dini, millati, tili bo‘yicha mutlaqo begona odamga – Abduqahhor Ibrohimov nomiga yozgan ekan. O‘shanda, 1976 yilning qahraton qishida Moskva adabiy jamoatchiligi o‘rtasida mashhur adibning vafot etgani xabaridan ko‘ra, u yozib qoldirgan Vasiyatnoma ko‘proq shov – shuv bo‘lib ketadi. YOzuvchining oila a’zolari, merosidan bir ulush umidvor bo‘lib yurgan ayrim xesh – aqrabolari bezovta bo‘lib qolishadi. Toshkentlik bir yozuvchi Peredelkinodagi ikki qavatli imoratu bir gektarli dala hovli, undagi juda boy kutubxonaga, to‘riq otu otxonaga ega chiqayotgani ularning aqliga sig‘may qolgan edi.

Abduqahhor Ibrohimov o‘zini Nikokolay Virtaning “Ma’naviy o‘g‘li” deb hisoblashi, ularni badiiy ijod, o‘zlari yozgan va o‘qigan kitoblari, mehr – oqibat birlashtirganini buyuk adibning qavmu – qarindoshlariga, Moskva adabiy jamoatchiligiga ma’lum qiladi.

O‘zbek adibi, O‘zbekiston Respublikasining san’at arbobi, professor Abduqahhor Ibrohimovni marhumning vasiyatini to‘liq bajarmasligi qiynar edi. Oxiri adib o‘z vijdoni aytganini qildi va ustoz ruhidan rozilik so‘rab, vasiyatnomada ko‘rsatilgan mol – mulk , uy – joy va qalam haqiga oid qonuniy huquqlaridan marhumning oila – a’zolari va Adabiyot jamg‘armasi foydasiga voz kechadi. Shunda Nikolay Virtaning hamkasaba tengdosh do‘stlari “Tantilik yaxshi-yu, lekin, jillaqursa kutubxonadan voz kechmaslik kerak edi-da “- deya afsuslanishgan25 Adibning o‘zlari ham kutubxonadan voz kechganiga keyinchalik afsuslanib yurgan. Mana Sizga, kitobning kuch – qudrati!

Shuning uchun ham o‘quvchi – yoshlarni yoshligidan kitob o‘qishga da’vat etsak ko‘zlangan maqsadga erishamiz. Biz farzandlarimizning iste’dodini vaqtida payqab, ularni ma’lum maqsad sari yo‘naltira bilsak, uning qalbini tarbiyalay olsak, shunda ularga qo‘proq yordam bergan bo‘lamiz. Bunda kitobxonlikning o‘rni beqiyos. Shuning uchun ham nafaqat darslarda, balki maktabda o‘tkaziladigan barcha ma’naviy – ma’rifiy tadbirlarda o‘quvchi – yoshlarni kitobxonlikka o‘rgatish va ularning ongi va qalbida kitobxonlikka qiziqish uyg‘otishga qaratilmog‘i lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlarni avaylab-asrash, ularning kamolotini ta’minlash yo‘lida “O‘z bolangni o‘zing asra” degan shiorni keng qo‘llashga da’vat etdilar. Bularning hammasi Yurtboshimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan e’tiborning namunasidir.

Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunning asosiy maqsadi- yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, uni rivojlantirishga qaratilgandir. Mamlakatimiz aholisining katta qismini

yoshlar tashkil qiladi. Vatanimizning ertangi taraqqiyoti yoshlarga bo‘lgan bugungi e’tibor, olib borilayotgan siyosatning samarasiga bog‘liq. O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Yoshlarga oid davlat siyosati” va boshqa qonunlar bilan tartibga solinadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” gi qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda kabul qilingan. Senat tomonidan 2016 yil 24 avgustda ma’qullangan. 33 moddadan iborat. 2016 yil 14 sentyabrda Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

“YOshlarga oid davlat siyosati deganda davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi tushuniladi. Siyosiy fanlar nuqtai nazaridan yoshlar deganda o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar nazarda tutiladi. Yosh oilani er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila tashkil etadi.

Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: ochiqlik va shaffoflik; yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi; yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi; yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi. Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunning 5 - moddasiga asosan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

- yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

- yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash;

- yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish;

- yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash;

- yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;

- yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;

- yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish;

- yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;

- iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish;

- yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

- yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

- yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;

- yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yosh fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarishni ta’minlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratish, jamiyat hayotida ularning o‘rni va faolligini oshirish, sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi. O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi - yoshlarga oid davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi; sohaga doir davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi va sh.k.

2. Mahalliy davlat hokimiyati organlari - tegishli hududda yoshlarga oid davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi; hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi va sh.k.

3. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi: ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari; davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari;

madaniyat va sport ishlari bo‘yicha organlar; mehnat organlari; prokuratura organlari; ichki ishlar organlari; adliya organlari; mudofaa ishlari bo‘yicha organlar.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda qonunga muvofiq har bir yosh fuqaroning huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi. Yosh fuqarolarning huquqlari va erkinliklari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, yoshlarning huquqlari va erkinliklarini biror bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bunday cheklash qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Yosh fuqarolar va yosh oilalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat tomonidan quyidagilar vositasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari nazarda tutilgan:

- oilaviy hayotga oid muammolar, psixologik-pedagogik, huquqiy va boshqa masalalar yuzasidan maslahatlar berish tizimini rivojlantirish;

- yoshlarga ijtimoiy xizmat, ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari tizimini rivojlantirish;

- yoshlarning dam olishi va ularni sog‘lomlashtirishni tashkil etish tizimini rivojlantirish. Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mukofotlar, stipendiyalar belgilash, ta’lim grantlari taqdim etish;

- fan, madaniyat va san’at sohasida ijodiy ustaxonalar va maktablarni tashkil etishga ko‘maklashish;

- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida sport sektsiyalari, fan, texnika to‘garaklari va ijodiy to‘garaklar faoliyatini tashkil etish;

- iqtidorli va iste’dodli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida tanlovlar, olimpiadalar, ko‘rgazmalar, festivallar, ko‘riklar, kontsertlar, simpoziumlar, o‘qishlar, konferentsiyalar, seminarlar tashkil etish hamda o‘tkazish;

- iqtidorli va iste’dodli yoshlarni ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda o‘qitish, qayta tayyorlash va amaliyotni o‘tash dasturlaridan tanlov asosida foydalanishini ta’minlash;

- ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy ishlarni o‘tkazish uchun yosh mutaxassislar va olimlarga shart-sharoitlar yaratish, yosh olimlarning ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish, shuningdek yoshlarning kadrlar salohiyatini saqlab qolish hamda rivojlantirish;

- sport-ta’lim muassasalari, klublari tarmoqlarini rivojlantirish, iqtidorli va iste’dodli yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida sport musobaqalarini o‘tkazish;

- iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rag‘batlantirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi avvalambor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safinikengaytirishga bevosita bog‘liq. Shu maqsadda yana bir muhim hujjat “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmon qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlarga oid davlat siyosatini yanada kuchaytirish maqsadida ularning imkonyatlarini yanada kengaytirdilar. Iqtidorli, istedodli va ijodkor qizlarni taqdirlash uchun 1999 yildan buyon berilib kelayotgan Zulfiya nomidagi davlat mukofotini olishga 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlar jalb etiladigan bo‘ldi. Shuningdek, har bir viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahridan ikkitadan nomzodlar Zulfiya nomidagi davlat mukofotini olishiga imkoniyat yaratildi.


Download 123.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling