Mavzu: Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish g‘oyasining ishlab chiqilishi. Reja


Tinglovchilarga oliy ta’lim tizimida 2019 yilda amalga oshirilgan islohotlar tahliliy tushuntiriladi


Download 123.85 Kb.
bet6/10
Sana13.07.2020
Hajmi123.85 Kb.
#123672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlar


Tinglovchilarga oliy ta’lim tizimida 2019 yilda amalga oshirilgan islohotlar tahliliy tushuntiriladi:

2019 yil barcha sohalar singari mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi uchun ham shiddatli va yangiliklarga boy bo‘ldi: yangi OTMlar, yangi yo‘nalishlar ochildi, tizim rivoji uchun bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi qaroriga binoan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etildi. Universitetda axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil qilindi.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida harbiy jurnalistika qayta tayyorlash kursi va harbiy jurnalistika fakulteti ochildi.

Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga binoan Sharda universiteti tashkil etildi. Unda o‘quv jarayonlari Hindistoning Sharda universiteti o‘quv dasturlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlari talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqarilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha olib borilmoqda.

Parij xalqaro moda akademiyasi va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining qo‘shma fakulteti ochildi. Ushbu o‘quv yili qabulidan boshlab abiturientlarga oliy ta’lim muassasalarining test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan uchtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etish huquqi berildi. 2019 yildan DTM ruxsatnomalarini bevosita Davlat test markazi saytidan yuklab olish imkoniyati yaratildi.

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internatini a’lo baholarga bitirgan bitiruvchilar bakalavriatning xorijiy til va adabiyot, filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat grantlari asosida imtihonsiz o‘qishga qabul qilinuvchilar qatoriga kirdi.

Ural davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik shartnomasiga muvofiq, Namangan davlat universitetida to‘rtta, ya’ni: davolash ishi, pediatriya ishi, stomatologiya va farmatsevtika yo‘nalishlari bo‘yicha yangi fakultet tashkil etildi.

Buxoro muhandislik texnologiya, Jizzax politexnika va Farg‘ona politexnika institutlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga binoan qurilish materiallari sanoati sohasidagi kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Ellikqal’a pedagogika fakulteti tashkil etildi.

Markaziy Osiyoda birinchi bor Toshkentdagi Turin politexnika universitetining 2 kursiga hech qanday imtihonlarsiz qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. OTM rektorlariga xorijlik fuqarolar uchun to‘lov-shartnoma qiymatini belgilash huquqi berildi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etildi.

TATU tarkibida O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Fakultetning asosiy vazifasi respublika iqisodiyotining real sektori tarmoqlari uchun axborot texnologiyalarini dasturiy ta’minlash, mobil tizimlarini dasturlash, sun’iy intellekt sohalari bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi qaroriga binoan Toshkent shahrida “Moskva energetika instituti“ milliy tadqiqot universiteti federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) filiali tashkil etildi.

MGIMOning Toshkent shahrida filiali tashkil etildi. Unda biznes, informatika, xalqaroYu xususiy, fuqarolik huquqi va arbitraj, xalqaro savdo va moliya huquqi kabi yo‘nalishlarda bakalavr hamda magistirlar tayyorlanadi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali Rossiya Federatsiyasinig Kuban davlat tibbiyot universiteti bilan “Davolash ishi” yo‘nalishida “Double degree” (3+3) qo‘shma dasturlari asosida xalqaro fakultet ochish bo‘yicha shartnoma imzolandi.Toshkent shahrida Adju universiteti (Koreya Respublikasi) ochildi.

2019-2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi instituti magistiraturasiga qabul to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.

Buxoroda Fransiyaning VATEL mehmonxona va turizm biznesi instituti 2019 o‘quv yildan yoshlarni talabalikka qabul qildi. “Marko Polo” o‘quv dasturi asosida ta’lim beriladigan mazkur institutda talabalar 2-bosqich davrida VATELning 59 ta shunga o‘xshash maktablaridan birida bir yil tahsil olish imkoniga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyundagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvini isloh qilish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tugatildi.

Endilikda Professional ta’lim tizimi qanday bo’ladi? O‘zbekistonda ilk bor: uzluksiz professional ta’lim tizimi tashkil etiladi.

Respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlariga kiritilayotgan innovatsion texnologik jarayonlar, tadbirkorlik, kichik biznes sohalarida yaratilayotgan ish o‘rinlari o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlovchi mutlaqo yangi kasb-hunar ta’limi muassasalari tarmog‘ini shakillantirishni talab etmoqda. Eski tizimda oddiy ishchi kasblar bilan o‘rta maxsus ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlab aralashtirib yuborgan edi. O‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlovchi mutlaqo yangi kasb-hunar ta’limi muassasalari tarmog‘ini shakillantirishni talab etmoqda.

Eski tizimda oddiy ishchilar kasblar bilan o‘rta maxsus ma’lumotiga ega mutaxassislarni tayyorlab aralashtirib yuborilgan edi. O‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlashda ish beruvchilarning o‘rni yo‘q edi. Boshqacha aytganda, kadr tayyorlash jarayoni ishlab chiqarish, zamonaviy texnologiyadan uzilib qolgandi.

Dunyoning 130 dan ortiq davlatida amal qiladigan milliy malaka tizimi O‘zbekistonda joriy etilmagandi. Amaldagi ta’lim dasturlari UNESCO tashkiloti tomonidan qabul qilingan “ta’limning xalqaro standartlari” ga to‘g‘ri kelmagani mahalliy kadrlarning xalqaro miqyosida tan olinishi va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishga to‘siqlik qilardi.

Shuning uchun muammolarni chuqur o‘rganib, uning yechimini topish, kasb-hunar ta’limi tizimining shaklan va mazmunan mutlaqo yangi tarmog‘i ni yaratish maqsadida Prezidentimizning 2019 yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekistonda mutlaqo yangi, uzluksiz professional ta’lim tizimi barpo etilishi belgilandi. Talab va maqsad bitta-endi professional ta’lim muassasalarida o‘qigan yoshlar aniq ish o‘rniga, o‘z kasbi bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi shart. Yangi tizimning asosiy prinsipi shuki, avval ish o‘rni aniq bo‘ladi, ish beruvchi o‘zining malaka talablarini, shu kasbning ilmini, o‘qitish texnologiyasini beradi, shundan keyingina mutaxassis tayyorlanadi. Yaratilgan yangi tizim xalqaro andozalarga to‘la mos bo‘lishi belgilangan. Shu maqsadda 14 ta xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning muvaffaqiyatli tajribalari o‘rganildi.

Germaniya, Shveysariya, Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy hamda UNESCO, Birtaniya kengashi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa ta’lim fondi, Turkiya hamkorlik agentligi, Xitoyning Universitetlar uyushmasi kabi qator xorijiy davlat va tashkilotlardan 214 nafar nufuzli xalqaro ekspert jalb etildi va ulardan zarur xulosalar olindi. Xususan, Shveysariyaning “Kasb ko‘nikmalarini rivojlantirish”, Britaniya kengashinig “Bandlikni ta’minlash bo‘yicha kasb ko‘nikmalari”, GIZning “Markaziy Osiyoda kasb-hunar ta’limi”, YTFning “Turin jarayoni”, UNESCOning “AKT ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi, Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa ta’lim fondi, Turkiya agentligi (TIKA), Koreya Respublikasi ta’lim markazi, Xitoyning SSN universitetlari kabi qator xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Endilikda avvalgi 3 yillik ta’lim standartidan to‘liq voz kechib, tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlandi.

Ishchi kasblar bilan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash tizimi bir-biridan to‘liq ajratiladi. Ishchi kasblar alohida o‘quv rejasi va dasturlar asosida 6 oydan 1 yilgacha bo‘lgan muddatda o‘qitiladi. O‘rta bo‘g‘in mutaxasislarini tayyorlash uchun zarur muddat kamida 2 yil etib belgilanadi. Farmonga muvofiq, professional ta’lim muassasalari maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, quydagi toifalarga ajratiladi:

Birinchi toifa- ta’limning Xalqaro standart tasniflagichining 3-darajasiga mos keluvchi dasturlar asosida 9-sinf bitiruvchilari tarkibidan yoshlarning professional ta’lim olishini ta’minlaydigan 340 ta kasb-hunar maktabi. O‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va umumta’lim fanlariga qiziqishi pasayib borayotgan 9-sinf bitiruvchilari kasb-hunar maktablarida 2 yillik ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi. Bu toifa o‘quvchilarni maktabda majburlab o‘qitishdan ko‘ra, kasbga o‘rgatish, malakali mutaxassis sifatida mehnat bozoriga kirib borishiga ko‘maklashish yaxshi samara beradi. Kasb-hunar maktablarida mashg‘ulotlar kasblarning murakkablik darajasidan kelib chiqib, asosan tajriba uchastkalari va klasterlarning ishlab chiqarish maydonlarida o‘tiladi. O‘quvchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda mazkur maktablarning jozibadorligini oshirish maqsadida 2020-2021- o‘quv yilidan boshlab, bu toifa ta’lim muassasalari o‘quvchilariga 3 mahal ovqat, stipendiya beriladi.

Aynan shu professional ta’lim muassasalaridagi qisqa muddatli kurslarda katta yoshdagilar ham o‘qitiladi. Yoshlar o‘qishga qabul qilingan kundan e’tiboran o‘z shaxsiy biznesini boshlashi va bitirgan paytda barqaror tadbirkorlik faoliyatiga, aniq ish o‘rni va daromadiga ega bo‘lishi provard maqsad qilib qo‘yilgan.

Ikkinchi toifa- ta’limning Xalqaro standart tasniflagichining 4-darajasiga mos keluvchi dasturlar asosida iqtisodiyot tarmoqlarni kompleks rivojlantirish, xorijiy investitsyalarini jalb qilish, strategik muhim ahamiyatga ega loyihalar asosida yarataladigan yangi ish o‘rinlarini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishga yo‘naltirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar 147 ta kollej. Bunda kadrlar tayyorlash kasblar va mutaxassisliklarning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda mehnat bozoriga moslashuvchan ta’lim dasturlari asosida umumta’lim maktablarning 11sinf bitiruvchilari tarkibidan 2 yilgacha muddatda tashkil etiladi.

Har bir yirik korxona, klaster, vazirlik va idora o‘z yo‘nalishida mehnat bozorini puxta o‘rgangan holda joriy va istiqbolda yaratiladigan ish o‘rinlari, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga malaka talabini beradi, buyurtmalar portfelini shakillantiradi. Bu har bir tarmoq avvaldan aniq ish o‘rni uchun o‘ziga kerak bo‘lgan kadrni buyurtma asosida tayyorlaydi, degani. Shunda bitiruvchining ish o‘rni ham kafolatlangan bo‘ladi. O‘quv jarayoni ham avvalgiday faqat sinflarda bo‘lmaydi o‘quvchilar haftaning 3 kunida kollejda nazariy bilim oladi, 3 kunida korxonaning o‘zida, biriktirilgan usta, master rahbarligida ish o‘rnida amaliyot o‘taydi.

Uchinchi toifa- Ta’limning xalqaro sitandart tasniflagichining 5 darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan, vazirlik, idora tshkilotlar tiziimda faoliyat ko‘rsatadigan 143 ta texnikum.Bunda oliy ta’limning bakalaviriat ta’lim yo‘nalishlari bilan integratsiyalashgan kichik bakalavr tayyorlash bo‘yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakillarida kamida 2 yil muddatga mo‘ljallangan ta’lim dasturlari amaliyotga joriy etiladi. Qolaversa, alohida qaror bilan Adliya vazirligi tasarrufidagi huquqshunoslik kollejlari shu tizimga o‘tdi. Ya’ni 2 yillik tahsildan so‘ng texnikum o‘quvchilari oliy ta’lim muassasasida o‘qishni davom ettirish imkoniga ega bo‘ladi.

Farmonga muvofiq, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, o‘quv-metodik rahbarlik qilish hamda professional ta’lim sohasida davlat siyosatini yuritish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Asosiy talab ta’limning sifatiga qaratiladi. Buning uchun yangi standartlar, yangi o‘qitish metodologiyasi, yangi darslik va adabiyotlar, zamonaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalari va baholash tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Uzluksiz professional ta’lim endi majburiylikdan ixtiyoriylik tamoyiliga o‘tadi. Shuning uchun xorijda sinovdan o‘tgan ta’limning jozibadorligini ta’minlash prinsiplari amaliyotga joriy etildi. Yoshlarning mehnat orqali hayotda o‘z o‘rnini topishga asos bo‘ladigan yangi kasblar, standartlar tuzilmasining tubdan yangilangan shakllari ish beruvchilar talabi asosida qayta ishlab chiqiladi.

Ayni paytda tizim oldida o‘quv adabiyotlari, kitob va darsliklar, elektron ta’lim resurslari, innovatsion, raqamlashtirilgan ta’lim texnologiyalari to‘liq yangilash, ochiq elektron resurslar tarmog‘iga ulash, o‘quv adabiyotlarini xorijiy davlatlardan olib kelish qayta ishlash, chop etish va tarqatish, kelajak kutubxonalari va auditoriyalarni yaratish kabi muhim vazifalar qo‘yilgan. Ta’lim dasturlarida mavjud ish o‘rinlariga mos kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini shakillantirish, rus, ingiliz tillarini mukammal o‘rgatish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi.

Professional ta’lim jarayonida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va tadbirkorlik, AKT sohalarida katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar, ish yurituvchilar, injener-texnologlar, agronom va masterlar jalb etiladi. Professional ta’limning yangi tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatadigan direktorlar, direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchi pedagoglar, ishlab chiqarish ustalarini saralash, tanlash, tayinlash, qayta tayyorlash va atestatsiyadan o‘tkazish, ularning maqomini belgilash va mehnatini rag‘batlantirishning yangi tartiblari ishlab chiqiladi.

Endilikda, davlatimiz rahbari farmoni bilan 2020/2021-o’quv yilidan boshlab O’zbekiston Respublikasida Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg’unlashgan yangi boshlang’ich (kasb-hunar maktablari), o’rta (kollejlar) va o’rta maxsus (texnikumlar) professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmogi tashkil etiladigan bo’ldi. Kollejlarda hayot davomida ta’lim olish prinsipi asosida kamida umumiy o’rta ma’lumotiga ega bo’lgan shaxslar hisobidan kasblar va mutaxassisliklarning murakabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakillarida davlat buyurtmasi hamda to’lov-kontrakt asosidagi ta’lim amalga oshiriladi.

Texnikumlarda ham hayot davomida ta’lim olish prinspi asosida kamida umumiy o’rta ta’lim ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar hisobidan shakillantirilgan guruhlarda kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo’lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarda davlat buyurtmasi hamda to’lov-kontrakt asosida o’qish amalga oshiriladi. Bu dargohlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o’z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kirish test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2- kursdan o’qishni davom ettirish huquqiga ega bo’ladi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5-iyuldagi 563-sonli qaroriga binoan Jizzax shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining filiali tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19-iyuldagi qaroriga binoan Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali tashkil etildi. Filial suv bioresurslari va akvakultura, ekologiya va tabiatdan foydalanish, baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi hamda baliqchilik xo‘jaligi iqtisodiyoti yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi qaroriga muvofiq, Qo‘qon universiteti o‘z faoliyatini boshladi. Universitetda iqtisodiyot, menejment, moliya, tadbirkorlik kabi yo‘nalishlarda ta’lim beriladi.Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Pokiston milliy yengil sanoat universiteti bilan hamkorlik o‘rnatdi. Unga ko‘ra Namangan muhandislik-texnologiya institutida Pokistondagi universitet bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tekistil mahsulotlarini jahon standartlari darajasida sinovdan o‘tkazish va sertifikatsiyalash laboratoriyasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Milliy universitetida Intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshida Turkiya tibbiyot fanlari universiteti (SBU) fakulteti va malakali tibbiy xizmatlar oliy maktabi ochildi.

Qarshi davlat universitetida Rossiya Federatsiyasining Belgorod davlat universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim markazi tashkil etildi. Unda abiturientlar, talabalar, universitet xodimlari rus tilini o‘rganishlari, rus adabiyoti, madaniyati bilan tanishishlari mumkin.

2019 yil 4 dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida yaponshunoslik fakulteti tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrda “Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan 10 ta oliy ta’lim muassasasi tajriba sinov tariqasida o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazildi.

Islohotlarimizning asosi o‘qituvchilarning obro‘sini oshirishga qaratildi. O‘qituvchilarning o‘rtacha ish haqi 1,5 barobarga oshdi. 15 mingdan ortiq erkak o‘qituvchi maktablarga qaytdi. Ta’lim muassasalariga yordam berish ummumilliy harakatga aylandi. Fan va xalqaro olimpiada bo‘yicha ko‘plab yangiliklar bo‘ldi. O‘tgan o‘quv yilning o‘zida 50 dan ortiq yangi maktablar qurildi. Aholi ko‘p hududlarda 1680 o‘ringa mo‘ljallangan ta’lim muassasasidan 4 tasi qurib foydalanishga topshirildi. Beshta muhim tashabbus bo‘yicha umumta’lim maktablarida turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Jami 2,9 milion nafar o‘quvchi to‘garaklarga jalb etilib, umumiy ko‘rsatkich 47,5 foizni tashkil etdi.



2020 yilda 10-11 sinf o‘qituvchilarini oliy ta’lim muassasasiga yaxshiroq tayyorlash maqsadida bosqichma-bosqich variativ o‘quv rejalari amalga oshiriladi. Xususiy sektor, jumladan davlat xususiy sheriklik tamoyili asosida ta’lim muassasalari soni oshiriladi, “Zamonaviy maktab loyihasida namunaviy maktablar yaratiladi. Darsliklar mazmunan qayta ko‘riladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bilimi EGRA va EGMA asosida baholanadi. Yelektron kitoblar va onlayn darsliklar bazalari shakillantiriladi. “Tarbiya” fani joriy etiladi. Maktablarning aksariyatini zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlash va sifatli internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash rejalashtirilmoqda.

2019 yilda olis hududlardagi bolalarni ham bog‘chaga jalb etish maqsadida 2 304 nafar o‘g‘il-qiz uchun 16 ta maxsus avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi o‘quvchi yoshlarning aqliy va jismoniy rivojlanishi o‘rganildi. Tahlillarga ko‘ra, 70-90 foiz bolalarda nutq buzilishi, 80 foiz bolalarda mushak–skelet tizimining yaxshi rivojlanmaganligi kuzatiladi.

2020 yilda kichkintoylarni parvarish qilishda ta’lim va tarbiya jarayoning sifatini oshirish, bu boradagi faoliyatni “Sifatini oshirish - maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishning muhim va asosiy jihatlaridan biri” shiori ostida olib boriladi. Bu borada Rossiya, Germaniya kabi davlatlardagi talablarga muvofiq maktabgacha ta’lim tizimidagi yangi tajribalar hamda xalqaro standartlarga tayaniladi.

2019/2020 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalariga jami 146 518 nafar talaba o‘qishga qabul qilinib, qamrov 20 foizga yetkazildi. 19 ta yangi (10 tasi mahalliy, 9 ta xorijiy unversitet filiallari) tashkil etildi. Xalqaro hamkorlik kengaydi. 40 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda 41 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Bakalavr darajasini olgan shaxslarga magistraturada mos va turdosh yo‘nalishlardan tashqari boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.

2020-yilda bitiruvchilarni oliy ta’limga qamrov 25 foizga yetkaziladi, bakalavriat bitiruvchilarning kamida 10 foizi magistratura mutaxassisliklariga qabul qilinishi rejalashtirilmoqda. Mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar 35 foizdan 45 foizga oshiriladi. Raqamli texnologiyalar (shu jumladan, “E MINBAR” elektron platformasi, onlayn, vebinar texnologiyalar) joriy etilgan oliy ta’lim muassasalari 10 foizga yetkaziladi (2019 yilda esa mahalliy OTM larda mavjud emas). Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati 38 foizga oshirish rejalashtirilgan.

2019 o‘quv yilda O‘zbekiston tarixida ilk marotaba umumta’lim maktablari reytingi e’lon qilindi. Fan doktori yoki professor unvoniga ega bo‘lgan o‘qituvchilar maoshi oshdi. Pedagoglar bilim salohiyatini adolatli baholash, shu orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida umumta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqildi. 2019 yilgi attestatsiyada jami 56 ming 736 nafar pedagoglar ishtirok etgan bo‘lib, ulardan 4 457 nafar pedagog oliy malaka, 24 ming 426 nafar pedagog esa birinchi malaka toifasiga mos keladigan ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Yangi tartibga ko‘ra, pedagoglarga besh yillik muddatni kutmasdan o‘zining yozma arizasiga binoan navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish imkoniyati berildi. Ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi ham ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda takomillashtirildi. O‘tgan yil davomida 1 646 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari attestatsiyadan o‘tkazilib, ularning 1 477 tasi akkreditatsiyalandi. So‘nggi uch yilda xorijiy oliy ta’lim kvalifikatsiyalarini tan olish va nostrifikatsiya qilishga oid arizalar 5,3 marta o‘sdi.



2020-yilda ta’limda integratsiyani kuchaytirishga alohida e’tibor beriladi. Ikki yildan buyon oliy ta’lim muassasalari reytingi tahlil qilinmoqda. Endilikda 20 ta indikator bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari reytingi aniqlanadi. 2020-yilda davlat xususiy-sherikchilik asosida oliy ta’lim muassasalarini 5 taga ko‘paytirish rejalashtirilgan.

O‘tgan yilda test topshiriqlarining mazmuni va tuzilishi takomillashtirildi. Abiturientlarning Davlat test markazining rasmiy sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishi sinovdan o‘tkazildi, ularga 3 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoni berildi. Qolaversa, abiturientlar test natijasini ertasi kuni bilishi, ballarni onlayn monitoring qilishi mumkin bo‘ldi. Test javoblar varaqasi soddalashtirildi. Nogironligi bo‘lgan abiturientlar uchun alohida kunlar belgilanib, ularga ko‘mak guruhi tashkil etildi. Abiturientlarga qulaylik yaratish uchun ayrim hujjatlar soddalashtirildi. Test jarayonlari shaffof, adolatli va oshkora o‘tishi ta’minlandi. Turli fanlardan o‘tgan o‘quv yilidagi test savollari to‘plamlari chiqarildi.

2020-yilda test materiallari sifatini va bu bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish rejalashtirilmoqda. Yil davomida ishlash uchun bino kerak. 2020 yilda 8 ta viloyatda ming o‘rinli zamonaviy binolar qurish belgilangan. Tirbandlikni bartaraf etish maqsadida ro‘yxatga olishni elektron tarzda tashkil etish mo‘ljallanmoqda. XTV bilan birgalikda OTMga kirish istagidagi bitiruvchilarni test sinovidan o‘tkazib, o‘quvchilarning bitiruv imtihoni ballari asosida tanlovda ishtirok etishini ta’minlanadi. Endi abiturientlarga 5 yoki 6 tagacha oliy ta’lim muassasasi (ta’lim yo‘nalishi)ni tanlash imkoni beriladi. Shuningdek, chet tillaridagi kabi (IELTS, CEFR) boshqa umumta’lim fanlaridan ham sertifikatlar berish bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘tgan yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 4 ta Prezident maktabi faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yildi. 9 ta ijod maktablarida o‘quvchilar tahsil olmoqda. Bundan tashqari, uchinchi yo‘nalish- ixtisoslashtirilgan maktablar hozirda 3 tani tashkil etadi.



Download 123.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling