mavzu: Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlari, Farmon va Qarorlarida jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish g‘oyasining ishlab chiqilishi.


Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida pullik ta'lim xizmatlarini tashkil etish


Download 47.11 Kb.
bet17/19
Sana09.01.2022
Hajmi47.11 Kb.
#265343
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-mavzu

Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida pullik ta'lim xizmatlarini tashkil etish

Qarorda

Pullik ta'lim xizmatlari ko‘rsatishning afzalliklari



  • ota-onalarning tanlovi asosida o‘quvchilarga pullik ta'lim xizmatlari ko‘rsatish orqali qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish

  • maktab rahbari, pedagog xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish

  • ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazani mustahkamlash

  • ta'lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish

  • ta'lim muassasalarning talabgorligini oshirish

  • ta'lim muassasalarida asossiz pul yig‘imlari, korrupsiya holatlarini oldini olish

Shuningdek, Davlat ta'lim standartlaridan tashqari pullik ta'lim xizmatlarini tashkil etish

I bosqich:

Ma'muriyat maktabning o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘shimcha ta'lim berishga ehtiyoj mavjudligini o‘rganadi. Pullik ta'lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha yillik rejani hamda ta'lim xizmatlari narxlarini ishlab chiqadi kelishish uchun maktabning Kuzatuv kengashiga kiritadi.



II bosqich:

Kuzatuv kengashi maktab tomonidan taqdim etilgan kelgusi yil uchun yillik rejani ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi. Pullik ta'lim xizmatlari narxlarini ko‘rib chiqadi va roziligini beradi.



III bosqich:

Maktab pullik ta'lim xizmatlari narxlari tasdiqlanadi.



IV bosqich:

Mashg‘ulotlar uchun belgilangan to‘lov miqdori to‘g‘risidagi ma'lumotni o‘quvchilarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga (buyurtmachi) o‘z vaqtida yetkazadi va ularni belgilangan tartibda ko‘rsatiladigan ta'lim xizmatlari shartlari bilan tanishtiradi. Pullik ta'lim xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha buyurtmachilar bilan shartnomalar tuzadi.



V bosqich:

Buyurtmachi. Shartnoma shartiga rioya qiladi va ko‘rsatilayotgan pullik ta'lim xizmatlarining bir kalendar oyi uchun belgilangan to‘lov miqdorini o‘z vaqtida bankka to‘laydi va to‘lov hujjati nusxasini maktab ma'muriyatiga takdim etadi.

VI bosqich:

Kuzatuv kengashi. O‘quvchilar va buyurtmachilar o‘rtasida maktab tomonidan ko‘rsatilayotgan pullik ta'lim xizmatlari sifatini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi tizimidagi muassasalarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019 yil 22 apreldagi

344-son qarori asosida

Xalq ta'limi tizimi muassasalarining byudjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish

Qarorda, Byudjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish manbalari



  • xalq ta'limi muassasalarining ko‘chmas mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar

  • o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘shimcha ta'lim berishdan olingan daromadlar

  • xalq ta'limi muassasalari faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar

  • yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari

  • xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari
    va texnik ko‘maklashish mablag‘lari

  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

Byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish tartibi

I bosqich:

Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi muassasa rahbari va hisobchisi tomonidan tayyorlanib, umumta'lim muassasasining Kuzatuv kengashiga kelishish uchun kiritiladi.



II bosqich:

Kuzatuv kengashi muassasaning daromadlar va xarajatlar smetasini ko‘rib chiqadi va roziligini beradi.

III bosqich:

Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi.




Download 47.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling