Mavzu: professional ta`limi tizimi va jarayoni


Professional ta`limi didaktik tizimlarini takomillashtirish


Download 23.91 Kb.
bet2/2
Sana25.01.2023
Hajmi23.91 Kb.
#1122496
1   2
Bog'liq
4-5MAVZU ta\'lim tizimi va jarayoni

Professional ta`limi didaktik tizimlarini takomillashtirish. Keyingi yillarda o`quv ustaxonalarida konstrukcion-texnologik tizim bo`yicha mashg`ulotlar tashkil etiladi. Bu tizimning etakchi g`oyasi o`quvchilarni ijodiy faoliyatini oshirishdan iboratdir. O`quvchi biror buyumni tayyorlashdan avval uning loyihasi va ishlov berish jarayonini amalga oshirishi kerak bo`lgan sharoitga olib kiriladi. O`quvchi biror kiyimni tikish uchun avval o`lchov olishi, asos chizmasini chizishi, andoza tayyorlashi, modellashtirish, andozani gazlamaga joylashtirib, buyumni bichishi va tikish kabi murakkab jarayonni bajaradi. Bu jarayonni bajarishda o`quvchilarni ijodiy faoliyatlari ortib boradi. O`quvchilarni ijodiy faoliyatlarini ortishi uchun yaratiladigan hamma narsalar zo`r berib mehnat qilishni taqozo etadi. Ijodiy ishga idrok qilish yo`li bilan emas, balki fikrlash faoliyati orqali erishiladi. Ijodiy ishlash jarayoni g`oyani paydo bo`lishi, ijodiy masalani vujudga kelishi, masalan yechish, echimni amalda qo`llash bosqichlariga bo`lish mumkin.
O`quvchilarning ijodiy faoliyatlarini amalga oshirishda pedagogic rahbarlik katta ahamiyatga ega.
O`quvchilarni har xil savol va masalalarni mustaqil hal qilish imkoniyatlaridan iborat faoliyatga qatnashtirish – o`quvchilarning ustaxonalardagi faoliyati har xil xarakterda bo`lishi va shunga ko`ra turli darajadagi fikrlash faolligida amalga oshirish mumkin.
O`quvchilarni ijodiy g`oyaga keltirish yoki ular oldida to`g`ridan-to`g`ri ijodiy xarakterdagi savol va masalalarni qo`yishi – o`quvchilarga texnik ijodkorlik uchun topshiriqlardagi imkoniyatlari va ulardan foydalanishni anglatish lozim.
O`quvchilarni fan va ishlab chiqarish asoslariga oid bilimlarini faollashtirish va qo`llashga undash – o`quvchilarga fan va ishlab chiqarish sohasidagi turli usul va uslublardan foydalanib, bilim, amaliy ko`nikma va malakalarini shakllantirish.
O`quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rag`batlantirish – o`qituvchining maqtashi, eng yaxshi ishlar ko`rgazmasini tashkil qilish, devoriy matbuotda o`quvchilarning yutuqlarini ommalashtirish va hokazolar bilan ijodiy faoliyatni rag`batlantirish mumkin. O`quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan mehnat topshiriqlari mazmuni bo`yicha Konstruksiyalash yoki loyihalash; texnologik jarayonlarni tuzish; mehnatni to`g`ri tashkil etish guruhlariga bo`linadi. Texnik ijodkorlikni rivojlantirishni eng sodda topshiriqlardan boshlash va o`quvchilarning mustaqilligini orttirish, ular buyumlarni konstrukciyalay oladigan, texnologiyani ishlab chiqa oladigan, o`z mehnatlarini uyushtiradigan bo`lishi uchun mazkur topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirib borishi kerak.

NAZORAT SAVOLLARI


Buyum (predmet) tizimi qanday tizim?
Operatsiya tizimi qanday tizim?
Motor mashq tizimi bilan operatsion- kompleks tizimining farqli tomonlarini yozing.
Operatsiya buyum tizimining afzalliklarini yozing.
Operatsion-kompleks tizimi va konstruksion-texnologik tizimini taqqoslang.
Konstruksion-texnologik tizimining afzalliklarini yozing.

Foydalanilgan adabiyotlar:


Karimov I.A. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. “Sharq” Toshkent., 1998 y. 64 b.
Davlatov K., Vorob`yov A., Karimov I. Mehnat va kasb ta`-
limi nazariyasi hamda metodikasi. “O`qituvchi” Toshkent., 1992 y.320 b.
Olimov Q.T. va boshqalar Kasb ta`limi uslubiyati “Iqtisod moliya” Toshkent., 2006 y. 192 b.
Download 23.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling