Prokuratura organlari tomonidan jinoyatlarni tergov qilish: - Prokuratura organlari jinoyat-protsessual qonunga binoan o‘z vakolatlariga berilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan tergov o‘tkazadilar:
- Prokuror jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday jinoyatni tergov qilishni o‘z ish yurituviga olishga yoki o‘ziga bo‘ysunuvchi prokurorga topshirishga, shuningdek birgalikda tergov o‘tkazish uchun prokuratura tergovchilari, ichki ishlar organlari hamda boshqa organlarning tergovchilari va tezkor xodimlaridan iborat tergov guruhini tuzishga haqlidir.
- ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalarda shaxslar saqlanishining qonuniyligi;
- ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish tartibi va sharoitlari haqidagi qonunchilikka rioya etilishi;
- ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning, shuningdek jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslarning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya etilishi;
- jinoyat-ijroiya qonunchiligini qo‘llayotgan organ va muassasalar, mansabdor shaxslar faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi.
Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta’minlashda prokurorning majburiyatlari: - Prokuror ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum etilgan hamda jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralariga tortilgan shaxslarning jazoni ijro etuvchi organ yoki muassasa ma’muriyatiga, boshqa davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mansabdor shaxslarga shikoyat hamda arizalar bilan murojaat qilish huquqlari to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
- Prokuror o‘ziga tushgan shikoyat yoki arizani belgilangan muddatda ko‘rib chiqishi, zarur chora-tadbirlar ko‘rishi hamda o‘z qarori to‘g‘risida arizachiga ma’lum qilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |