Ikkinchi turga - siyosatning turli subyektlari o’rtasidagi munosabatlar kiradi. Bu munosabatlar davlatlar, siyosiy partiyalar, halqaro siyosiy tashkilotlar, ijtimoiy hamda ommaviy jamoa tashkilotlari o’rtasidagi o’zaro aloqalar shaklida namoyon bo’ladi. Bu aloqalar qanday shaklda olib borilmasin, unda tomonlarning maqsad va manfaatlari asosiy o’rinni egallaydi. Siyosatning har bir subyekti u davlatni, siyosiy partiyami yoki halqaro tashkilotmi o’zaro munosabatda bo’lar ekan, bu munosabat teng huquqiylik tamoyiliga asoslanishi lozim, o’zaro hurmat va ishonch ustun bo’lmog’i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |