Mavzu: protektsionistik siyosat


Siyosiy munosabatlar siyosatning subyekti va obyekti o’rtasidagi munosabatlardan iboratdir


Download 240.16 Kb.
bet3/7
Sana09.01.2022
Hajmi240.16 Kb.
#265099
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KORIB CHIQIB QO'SHIMCHALAR KIRITISH KK

Siyosiy munosabatlar siyosatning subyekti va obyekti o’rtasidagi munosabatlardan iboratdir. Shuningdek, siyosatning subyektlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ham siyosiy munosabatlarni ifoda qiladi. Siyosiy munosabatlar jamiyat tuzulishida va boshqarishda ijtimoiy guruhlar, shaxslar, siyosiy institutlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ifodalaydi.

Agar siyosiy jarayonlar jamiyatning siyosiy hayoti va siyosiy munosabatlarida ro’y beradigan o’zgarishlarni aks ettirsa, siyosiy munosabatlar esa, jamiyat siyosiy hayotining barcha sohalaridagi o’zgarishlarni emas, balki «obyekt-subyekt» hamda «subyekt-subyekt» shaklidagi munosabatlarni ifodalaydi. Demak, siyosiy munosabatlar deb jamiyatning siyosiy hayoti va uning siyosiy jarayonilarida uzluksiz harakatda bo’lgan siyosat subyektlari va obyektga qiladigan ta’sirini ifoda etuvchi harakatlarning umumiy ifodasi yoki ularning birligiga aytiladi.

Tarixda dastlabki siyosiy munosabatlar davlatlar o’rtasidagi munosabat sifatida shakllangan. Keyinchalik turli siyosiy harakatlar, siyosiy partiyalar, ijtimoiy tashkilotlarning tashkil topishi asosida siyosiy munosabatlar doirasi kengaygan.

Siyosiy munosabatlar o’z hususiyatiga ko’ra uch turga bo’linadi. Birinchi turga, siyosatning har bir alohida subyekti o’rtasidagi munosabatlar kiradi. Bunday munosabatlarga davlatlararo, siyosiy partiyalararo, harakatlararo, ijtimoiy tashkilotlararo hamda halqaro siyosiy tashkilotlararo munosabatlar kiradi. Bir xil subyektlararo bunday munosabatlar ikki yoki ko’p tomonlama aloqalar shaklida namoyon bo’ladi.

Ammo, bu turdagi siyosiy munosabatlar siyosat subyektlarining jamiyat hayotidagi o’rni va roliga qarab bir-biridan farq qiladi. Masalan, davlatlar o’rtasidagi bu munosabat o’zaro hamkorlik, davlatlararo muammolarni hal qilish choralarini izlab topish, diplomatik munosabatlarni rivojlantirishga yordam qiladi. Lekin, davlatlararo munosabatlar siyosiy partiyalar yoki harakatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlardan farq qiladi. Chunki, davlatlararo siyosiy munosabatlarda mamlakat hayotiga doir shunday masalalar hal qilinadiki, ularni siyosiy partiyalararo yoki ijtimoiy tashkilotlararo hatto halqaro tashkilotlararo munosabatlar orqali ham hal qilib bo’lmaydi.


Download 240.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling