16. Hujjat turining nomi. - 16. Hujjat turining nomi.
- 17. Nazorat haqida qayd.
- 18. Matn.
- 19. Ilova mavjudligi haqida qayd.
- 20. Imzo.
- 21. Kelishuv ustxati.
- 22. Rozilik belgisi (viza).
- 23. Muhr.
- 24. Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd.
- 25. Ijrochining familiyasi va telefon raqami.
- 26. Hujjatning bajarilganligi va uni uning hujjatlar yig‘majildiga yo‘naltirilganligi haqidagi qayd.
- 27. Axborot ichki serverga joylashtirilganligi haqidagi qayd.
- 28. Hujjat kelib tushganligi haqida qayd.
- Hujjat tayyorlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
- 1. Hujjatlarning aksariyati A4 formatdagi qog‘ozda tayyorlanadi, umumiy tarzda qabul qilingan shaklda va ma’lum tartibda tuziladi.
- 2. Hujjatning yaxlit va uzluksiz matni uni tusunishni qiyinlashtiradi, shuning uchun matnni mazmun jihatdan abzas (xat boshi) larga bo‘lish maqsadga muvofiq.
- 3. Ish hujjatlarida yakka shaxsga murojaat qilinganda “Siz” kishilik olmoshi bosh harf bilan yoziladi.
- 4. Sonlar ish hujjatlarida raqamlar bilan yoziladi. Pul bilan bog‘liq hujjatlarda (dalolatnoma, ishonchnoma, tilxat) – raqamlar va qavs ichida so‘zlar bilan ifodalanadi.
- 5. Tartib son arab raqami bilan ifodalanganda -nchi (-inchi) qo‘shimchasi o‘rnida chiziqcha qo‘yiladi: 2-kurs, 3-chorak. Tartib sonni rim raqami yordamida ifodalashda chiziqcha qo‘yilmaydi, biroq o‘qilganda -nchi (-inchi) tarzida talaffuz qilinadi: II kurs, III chorak. 6. Tartib sonlar arab raqami bilan ifodalanib, sanani bildirsa, imlo qoidalariga ko‘ra chiziqcha qo‘yiladi: 2016-yil 6-sentabr. Shuningdek, hujjatning sanasini 06.09.16. tarzida ifodalash ham mumkin.
- 7. Hujjatlarni imzolashda o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilish lozim: avval hujjatni imzolaydigan mansabdor shaxsning lavozimi, maxsus unvoni, so‘ngra ismi va familiyasi yoziladi hamda imzo qo‘yiladi.
- 8. Hujjatlarda qisqartmalarni qo‘llash ularning hajmi qisqarishiga va ulardagi ma’lumotlarni qabul qilishni tezlashtirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |