Mavzu: Psixik rivojlanish va ta’limning o’zaro munosabati


Download 191.3 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi191.3 Kb.
#1498646
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sherali

Hujjatchilik tarixi

  • Hujjatchilik tarixi
  • O‘zining qadimiy va boy tarixiy an’analariga ega bo‘lgan o‘zbek davlatchiligi, o‘z ish yuritish tarixiga ega. Davlatchilikning boshlang‘ich shakllarida, hali yozuv bo‘lmagan paytlarda, ma’lum odat tusiga kirgan og‘zaki huquqiy me’yorlar asosida ish olib borilgan. Ular yordamida davlatlararo va mamlakat ichidagi, shaxslararo va oilaviy munosabatlar, jinoyatga qarab jazo belgilash, tartib va intizom masalalari yo‘lga qo‘yilgan. Yozuv paydo bo‘lgandan keyingi davrlar mahsuli hisoblanadigan qonun, farmon va farmoyishlar hamda boshqa mazmundagi hujjatlarning amaldagi ko‘rinishlari ham aynan ana shu hujjatlarning davomidir. O‘zbek davlatchiligining ma’lum bir bosqichi arablar istilosi bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan musulmon huquqi bilan bog‘liq bo‘lib, u Qur’oni Karim va hadislar shaklidagi urf-odatlarni izga soluvchi hujjatlar majmuini qamrab oladi. Ular uzoq yillar davomida jamiyatni boshqarish va tartibga solishning asosiy ma’naviy-huquqiy hujjatlari bo‘lib kelgan. Huquq doirasida amal qiluvchi asosiy hujjatlardan biri – yer egaligi bilan bog‘liq bo‘lgan vaqfnomalar sanaladi. Vasiqa ham qadimda keng tarqalgan hujjat turlaridan biri bo‘lib, mulkka bo‘lgan egalikni bildirib, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy asosga qo‘yuvchi hujjat sanalgan va qozilar tomonidan tasdiqlangan. Amir Temur davrida ham soliqqa oid ish yuritish ana shu ko‘rsatmalarga asoslangan.

Qolipli hujjatlarning ko‘plab turlari mavjud, ular soha faoliyatini osonlashtiradi, vaqt va moddiy resurslarni tejashga imkon beradi, ish jarayonida qulaylikni oshiradi.

  • Qolipli hujjatlarning ko‘plab turlari mavjud, ular soha faoliyatini osonlashtiradi, vaqt va moddiy resurslarni tejashga imkon beradi, ish jarayonida qulaylikni oshiradi.
  • Rekvizit deb hujjatni rasmiylashtirishning majburiy elementiga aytiladi. Rekvizitlar hujjatda qat’iy tartibda joylashtiriladi. Bu hujjatning huquqiy kuchini ta’minlaydi. Hujjat rekvizitlarining asosiy turlari quyidagilardir:
  • 1. O‘zbekiston Respublikasining gerbi.
  • 2. Vazirlik yoki yuqori idoraning nomi.
  • 3. Tashkilot yoki muassasa nomi.
  • 4. Tarkibiy tarmoqning nomi.
  • 5. Aloqa muassasasining shartli raqami (indeksi), tashkilot manzili, telefon raqami, faks raqami.
  • 6. Elektron pochta manzili.
  • 7. Matn sarlavhasi.
  • 8. Sana.
  • 9. Hujjatga beriladigan shartli raqam (indeks).
  • 10. Kelgan hujjatning sanasi va shartli raqamiga havola.
  • 11. Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi.
  • 12. Hujjat loyihasini tayyorlagan bo‘linmaning shartli raqami.
  • 13. Hujjatni oluvchi (adresat).
  • 14. Tasdiqlash ustxati.
  • 15. Munosabat belgisi (rezolutsiya).

Download 191.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling