O’z-o’zini kuzatish metodi.
O’z-o’zini kuzatish metodi.
XVIII-XIX asrlar empirik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu metod so’nggi yillarda yana ma`lum ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Chunonchi, suxbat va so’roq-javob metodlarini o’z-o’zini kuzatish metodi orqali olingan ma`lumotlarsiz qo’llab bo’lmaydi. Buni suxbat va shaxsiy savol-javob o’tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o’z-o’zini kuzatish garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo’lmasa-da, mustaqil ahamiyatga ega b o’lishi mumkin.
O’z-o’zini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya`ni tetik kayfiyatni, achchiklanishni, ishchanlikni, kasb bilan bog’liq bo’lgan sermahsul ishlarni o’rganishda ayniqsa foydali b’lishi mumkin.
Arxiv metodi.
Arxiv metodi.
Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxiv metodi» degan atama qabul qilingan, bunday tadqiqotlarni o’tkazuvchi psixolog sinaluvchining xulqini kuzatmaydi va o’lchamaydi, balki, kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv materiallarini, mehnat, o’quv yoki ijodiy faoliyatini tahlil qiladi.
Sobiq sovet psixologlari bu metodni ifodalashda boshqa atamadan foydalanishdi. Ko’p hollarda u «faoliyat mahsullarini o’rganish» yoki «praksimetrik metod» deb ifodalanadi.
Eksperimentator tadqiqotlar matnini, faoliyatning, predmetli mahsulotini turli xil maqsadlarda o’tkazishi mumkin. Shaxs psixologiyasining keng yoyilishi ijodiy psixologiya va psixologiya tarixi, bir shaxsning yoki ko’p odamlar hayot yo’lining o’ziga xosligi – biografik metod nomini oldi.
«Arxiv metodi» xilma-xilligiga kontent-analiz texnikasi ham taalluqlidir. Kontent – analiz o’zidan yanada takomillashtirilgan hujjatlar analizining qat`iy metodlarini namoyon qiladi. Tadqiqotchi mazmun birligini ajratib, olingan ma`lumotlarni umumlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |