Mavzu: Psixodiognostika fanining pretmeti. Reja: Psixodiognostika nima? Psixodiognostika pretmeti va vazifalari ilmiy va amaliy psixodiognostikaning asosiy masalalari. Amaliy psixologiya va uning sohalari


Psixodiagnostika – professional faoliyatdagi maxsus soha sifatida


Download 86.8 Kb.
bet4/5
Sana22.04.2023
Hajmi86.8 Kb.
#1377821
1   2   3   4   5
Bog'liq
psixodiognostika fanining pretmeti

  • Psixodiagnostika – professional faoliyatdagi maxsus
  • soha sifatida

  • So’nggi yillarda mamlakatimizda psixologik xizmat faoliyatiga aloqador qiziqishlar ko’lami ortib bormoqda. Shu bois ham yangi “Amaliy psixologiya” ixtisosligi yuzaga keldi. Bu soha mutaxassislari maktab, bog’chalar, konsultasiya markazlari, ishlab chiqarish va tibbiyot tashkilotlarida faoliyat ko’rsatishmoqda.
  • Zamonaviy fan psixodiagnostik faoliyat natijalaridan amaliy foydalanishning bir qator sohalarini ajratib ko’rsatishni taqazo etadi:
  • Psixodiagnostika ta’lim va tarbiya jarayonini samarali shakllantirish maqsadida faol qo’llanilmoqda. Uning yordamida ta’lim-tarbiya bilan shug’ullanadigan kasb egalari oldida turuvchi mavjud bir necha masalalar hal etilishi mumkin. Masalan, bolaning maktabga bo’lgan tayyorgarligini, darsni o’zlashtira olmaslikning dominant sabablarini aniqlash hamda professional yo’naltirilishdagi (proforiyentasiya) xizmatlarni tashkil etish kabilar;
  • Diagnostikaning qo’llanilishi konsultativ markazlarda ish olib boruvchi mutaxassislarning professional tanlash, professional ta’lim, professional yo’naltirilish sohasidagi faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu faoliyat har bir kishi uchun o’ziga mos mutaxassislikni tanlashda, professional bilim va ko’nikmalarni egallash jarayonidagi samarali usullarni topishda hamda yetuk mutaxassis darajasiga ega bo’lishda muhim ahamiyat kasb etadi;

Psixodiagnostik tadqiqotlar natijalari konsultativ-klinik va psixoterapevtik faoliyatda qo’llaniladi. Mazkur holatda psixodiagnostikaning asosiy vazifasi, shaxsdagi muhim muammolarning yuzaga kelish sabablari (yaqin kishilari bilan munosabat murakkabligi, qo’rquv hislari)ni aniqlash hamda ularni hal etish mumkin bo’lgan usullarini izlashdan iborat bo’ladi;

  • Psixodiagnostik tadqiqotlar natijalari konsultativ-klinik va psixoterapevtik faoliyatda qo’llaniladi. Mazkur holatda psixodiagnostikaning asosiy vazifasi, shaxsdagi muhim muammolarning yuzaga kelish sabablari (yaqin kishilari bilan munosabat murakkabligi, qo’rquv hislari)ni aniqlash hamda ularni hal etish mumkin bo’lgan usullarini izlashdan iborat bo’ladi;
  • Sud amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlarda psixodiagnostik jarayonlar qo’llanilishi bilan katta ahamiyatga egadir. Psixodiagnost aniq va muayyan savollar asosida jabrlanganlar, guvohlar va shubhali shaxslar ustida tadqiqot olib borib, shaxsning psixofiziologik, aqliy rivojlanish xususiyatlarini turli sharoitlardagi namoyon bo’lish shakllari xususida psixologik xulosalar chiqaradi;
  • Psixodiagnostika har qanday ilmiy psixologik-pedagogik tadqiqotlarda individual xususiyatlarning shakllanganligini malakali darajada baholanishni amalga oshiradi. Ya’ni, tadqiqot farazlarida talqin qilinadigan xususiyatlarning qonuniy o’zgarishlaridir. Masalan, ilmiy psixologik tadqiqotning muammosi sifatida inson tafakkurini ayrim, ya’ni ba’zi qonunlarga asosan mavjud bo’lgan va bo’ysunuvchan, yoki ma’lum bir ravishda turli o’zgaruvchilarga bog’liq bo’ladigan xususiyatlari e’tirof etilishi mumkin.
  • Demak, har qanday vaziyatda ham aqliy xususiyatlarning aniq psixodiagnostikasi: birinchidan, tafakkurning mavjudligini isbot etishi; ikkinchidan, uning qonuniyatlarini o’zgarishini ko’rsata olishi; uchinchidan, faraz qilingan o’zgaruvchilarga haqiqatdan ham bog’liq ekanligini ko’rsatishga qaratilgan bo’lishi lozim.

Download 86.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling