Hozirda hayotimizda mavjud bo’lgan barcha fan yo’nalishlarining ahamiyati eng avvalo ularning tadbiqiy xarakteriga bevosita bog’liq bo’lib qoldi. O’zbekistonda ham fundamental hamda ijtimoiy fanlarning rivojlanishiga e’tibor beradigan bo’lsak, ularning hayotiyligi va umrboqiyligi halq turmush farovonligini oshirishga nechog’li ulush qo’sha olishi orqali baholanishini bilish qiyin emas. Masalan, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tilayotgan bugungi kunda iqtisodiyot fanining har bir yo’nalishida qo’lga kiritilgan ilmiy yangiliklar xalq xo’jaligini u yoki bu tarmog’ida o’z tasdig’ini topmas yoki iqtisodiy samara bermas ekan, uning qiymatini “nolga” teng deyish mumkin. Bu narsa hozirgi zamon psixologiyasiga ham taalluqli bo’lib, u jamiyatning kundalik talablari va buyurtmasiga qarab o’z tadqiqot yo’nalishlarini belgilamoqda. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirilishi, marketing xizmatlari yoki boshqaruv tizimini takomillashtirilishi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Ta’lim to’g’risidagi qonun ijrosining barchasi inson va uning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgandir. Ikkinchi tomondan, buni bevosita amalga oshiruvchilar insonlar yoki ulardan iborat ijtimoiy guruhlar bo’lganligi bois, zamonaviy psixologiya bugungi kungi tadbiqiy sohalarini rivojlantirishni va jamiyatga o’z “mahsulotini” berishidan manfaatdordir. Psixologiya fanining XXI asrdagi rivoji, uning ko’proq amaliyotga yo’naltirilganligi, jamiyatning bevosita buyurtmasiga ko’ra malakali psixolog xodimlar tayyorlash jarayonining sifat va miqdor ko’rsatgichlarini tubdan isloh qilinishi bilan tavsiflanadi. Bu uchun eng avvalo, jamiyatda boshlangan barcha ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy islohotlarni izchil amalga oshirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalarini bajarilishi uchun soha mutaxassislarini safarbar etishga erishish lozim. Amaliy psixologiyaning asosiy aspektlari va yo’nalishlari bir-biridan tubdan farqlanadi va unga quyidagi: - psixologik diagnostika;
- psixologik maslahatlar;
- psixokorreksiya (psixologik yordam ko’rsatish) bilan bog’liq texnologiyalarni qo’llashlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |