Mavzu: psixofiziologiya predmeti va va
Download 162.33 Kb.
|
Ma’ruza matni 1-mavzu psixofiziologiya predmeti va va
- Bu sahifa navigatsiya:
- P.K.Anoxin ( 1898-1974)
- F.Gall XIX asrning
- B r o k a m ar k azi
- A.R.Luriya 3 t a b lo k ka
Bernshteyn bo‘yicha reflektor aylanasining tuzilishi
Psixikaning fiziologik asoslarini ochish muammolariga hayotining ko‘p yillarini bag‘ishlagan rus fiziologi P.K.Anoxin(1898-1974) qaytarma afferentatsiya tizimlarini aniqladi, natijada harakat akseptori deb nomlangan harakatini rejalashtiruvchi va idora etuvchi o‘ziga xos funksional organlarga ajratildi. Fanda ilmiy soha sifatida frenologiyaning asoschisi F.Gall XIX asrning boshlarida odamning turli qobiliyatlari, hatto kalla suyagining yuza qavatdagi turli nerv to‘qimalari uchrab turadigan joyning kuchliroq rivojlanishi bilan bog‘liq deb isbot qilishga harakat qilgan. Alohida psixik funksiyalarning bosh miyasini ma’lum bir qismlariga tegishli ekanini, uning lokal (joylashish) jarohatlanganligida kuzatishgan. Shu yo‘l bilan chap yarim sharining uchinchi peshona burilishida nutq artikulyatsiyasini (talaffuzini) amalga oshiradigan Broka markazi (uni aniqlagan fransuz anatomi P.Broka nomi bilan atalgan) so‘ngra esa o‘sha chap yarim sharining yuqori chakka burmasining orqa qismida “nutqni tushunishini idora qiladigan” Vernike markazi (uni ochgan nemis psixiatri K.Vernike nomi bilan atalgan) ajratilgan. Mashhur neyropsixolog A.R.Luriyaning fikricha, aynan shuning uchun miyaning cheklangan sohalaridagi psixik funksiyalarni “lokalizatsiyalash” vazifasi “ushbu funksional tizimni amalga oshiradigan birgalikda ishlovchi miya zonalarining o‘sha tizimini tahlili, boshqacha qilib aytganda qanday qilib funksional tizim bosh miya apparatlari bo‘ylab, tegishli tizimlar bo‘ylab, joylashganligini tahlili” vazifasi bilan almashtirilishi lozim. Inson miyasining funksional tuzilishini A.R.Luriya 3 ta blokka ajratadi: 1- blok – energetik blok, u miya po‘stloq qismining normal ishlash tonusini ta’minlaydi. Miya po‘stining yuqoridagi qismida joylashgan. 2-blok – axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bloki (ikkala yarim sharlarning orqa qismiga tepa chakka va ensa qismlariga joylashgan). 3-blok – faoliyatni dasturlashtirish, boshqarish va nazorat qilishni ta’minlaydi (peshona qismida joylashgan). Hozirgi bosqichda psixofizyologiya yangi istiqbollarni ochadi, ayniqsa, bu stressning psixofiziologiyasi, differentsial psixofiziologiya, kasbiy faoliyatning psixofiziologiyasi va boshqalar. Bularning barchasi psixologiyani, uning gumanitar tarkibiy qismini va tabiiy ilmni, birinchi navbatda, biologiya bilan, zamonaviy jihatlarining butun kengligida yaqinlashish tendentsiyasini kuchaytiradigan haqiqiy material to'planganligini ko'rsatadi. Biroq, bu narsa faqat haqiqiy ma'lumotlarning to'planishiga ishora qiladi degani emas. Shveytsariya psixologi, psixiatr, analitik psixologiyaning asoschisi, Z.Freydning 3- izdoshi Karl Gustav Jung (1875-1961), "Biolog nafaqat u, balki fiziolog ham psixologga qo'l berib, noma'lum tog'ning turli burchaklaridan qazishni boshlagan tunnelda uchrashadigan kun kelishi mumkin", deb ta'kidladi. Download 162.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling