Mavzu: Psixologik xizmatda samarali boshqaruv tizimi Reja


Boshqaruv psixologiyasining maqsadi


Download 29.95 Kb.
bet3/4
Sana11.11.2023
Hajmi29.95 Kb.
#1767381
1   2   3   4
3.Boshqaruv psixologiyasining maqsadi
Ular yo‘l-yo‘riqlarni o‘tmishda yashab o‘tganboshliqlardan o‘rganadilar, lekin shu bilan birga, rahbar kelajak o‘tmishdagi rasm-rusm, yo‘l-yo‘riqlarni isloh qilishni Bu borada adabiyotlar tahlilidan ko‘rinadiki, sharq mutafakkirlari qarashlarini boyitgan holda, mazkur mavzu doirasida xalqimizning juda ko‘plab atoqli shoir va davlat arboblari ham o‘z fikrlarini bildirib ketganliklari tarixdan ma’lum. Ularning ayrimlari xususida qisman to‘xtalamiz. Davlat arbobi bo‘lgan, klassik namoyonda Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida jamiyatni adolat bilan boshqarish uchun shaxsda mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan sifatlar majmui Iskandar obrazi orqali bayon etilgan: “Dili, niyati pok, xayr va sahovatli, kamtarin va muloyim shaxs, dono podsho va dunyo sirlarini bilishga qiziquvchi aql-zakovat egasi rahbar bo‘lishi kerak. Podsho bo‘lishda manman, o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish, o‘zgalarni pisand qilmaslik, avom xalq bilan birga bo‘lolmaslik xislatlari nuqsondir”. Ma’rifatparvar shaxs Ahmad Donish fikriga ko‘ra, agar boshqaruvchi odil va donishmand bo‘lsa, xalqni qashshoqlikdan saqlab qolishi mumkin. Davlat bir guruh kishilargagina emas, balki xalq manfaatlariga xizmat qilishi zarur. Bu uchun esa, hukmdor shaxsi bilimdon, odil, donishmand bo‘lmog‘i lozim. Mamlakatni idora etishda hukmdor nafaqat o‘z fikriga suyanishi, balki muhim davlat arboblari bilan maslahatlashib ish yuritishi lozim ekanligi ta’kidlanadi. Chunki ko‘pchilikning aqli bir kishining aqliga qaraganda ko‘proqdir. Uning fikricha, mamlakatni shunday kishilar boshqarganda jamiyatda tartib va intizom o‘rnatiladi. Yuqorida keltirilgan adabiyotlar tahlilidan ko‘rinadiki, bizning hududimizda yashab ijod etgan mutafakkirlar, davlat arboblari, namoyondalar asarlari va qarashlari boshqarish, rahbarlik muammolariga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda ijtimoiy voqelikka nisbatan ijtimoiy-psixologik yondashish, insonparvarlik g‘oyalari ustuvor etib olingandir. Xulosa o‘rnida shuni qayd etish mumkinki, sharq mutafakkirlarining taxliliy nuqtai nazarida har bir shaxsning o‘ziga xos individualligi boshqaruvchi haqidagi ular tasavvurining har xilligi va guruhlarda norasmiy liderlarning borligi boshliqdan odamlar bilan ishlash borasida ham tajribaning, ham psixologik fahm-farosatning va Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 10 sabr qanoatning bo‘lishini talab qiladi. Shuning uchun hamkundalik hayotimizda ham ilmiy adabiyotlarda tez-tez yonma-yon ishlatiladigan “lider” va “boshliq” tushunchalarining psixologik mazmunlarini tahlil qilib chiqish maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, boshqaruv psixologiyasining predmeti sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati qabul qilinadi. Bu esa o‘z navbatida, boshqaruv ilmining nazariy tarixiy asoslari, boshqaruv tamoyillari, boshqaruv usullari, guruhlardagi rahbarlik va liderlik masalalari, liderlik uslublari, superliderlik fenomeni, rahbarlik sifatlari, rahbarlikka loyiqlikni baholovchi mezonlar, liderlikning vazifalari, boshqaruvchiga xos kompetensiyalar tasnifi kabi masalalarni ham iqtisodiy, ijtimoiypsixologik jihatdan tadqiq etish zaruratini keltirib chiqaradi

Download 29.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling