Mavzu. Psixologiya nazariyasi va tarixi faniga kirish


Download 104.49 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi104.49 Kb.
#1254166
Bog'liq
Psixologiya tarixi

Mavzu.Psixologiya nazariyasi va tarixi faniga kirish

  • Reja
  • 1.Psixologiya nazariyasi va tarixi fanining predmeti
  • 2.Psixologiya nazariyasi va tarixi fanining rivojlanish bosqichlari

Psixologiya nazriyasi va tarixi insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonlarga xos bo‘lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlarning to‘planib boorish tarixidir. Psixologiyaning butun tarixi davomida idealism va materialism o‘rtasida kurash kechga. Ebbingauzning fikricha : “Psixologiya uzoq o‘tmishga va qisqa tarixga ega”

“Psixologiya fan sifatida ruh haqidagi ta’limotdan boshlanishi kerak edi..Ruh haqidagi ta’limot odamzot tomonidan ilgari surilgan birinchi ilmiy gipotezadir” deb yozadi L.S.Vigotskiy. Anita –ruh haqidagi qarashlar ibtidoiy jamoa davridayoq mavjud bo‘lgan bo‘lsa qadimdan tabiyat va inson haqidagi tasavvurlar tub burulishlarga uchrab antic olamda dastlabki ruh haqidagi ilmiy farazlar paydo bo‘la boshlaydi.

Er. Av. Geraklit: “Qaysi yo‘ldan bomagin baribir ruhning chegarasiga borolmaysan”. Individual ruh va koinot birligi g‘oyasini ilgari surdi.Organizmdagi olov uchquni psixologiyadagi- ruhdir. U “olovli va nam” holatda bo‘ladi va mast odam qaerga ketayotganini bilmaydi, chunki unung psixikasi namdir”-deb ta’kidlaydi.

Psixologiya tarixi 2 davrfa ajratilgan: 1-davr.Psixologiya haqidagi fikrlar eramizdan avvalgi 2,5 ming yilloldin falsafa fani tarkibida shakllahgan. 2-davr. Psixologiya fanining mustaqil fan sifatida rivojlangan davri. Bu davr XIX asr o‘rtasidan hozirgi kungacha davom etib kelayotgan davrdir.

Psixologiyaning falsafa tarkibidagi taraqqiyoti -Eramizgacha VI asrdan eramizning V asrigacha.Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlarning paydo bo‘lishi va ularning taraqqiyoti -V-VIII asrlar, Ruh (jon) haqidagi ta’limotning falsafiy ta’limotlar va tibbiy bilimlar bazasida rivojlanishi -XIV-XVI asrlar Ruh (jon) haqidagi ta’limotning anatom-fizilologik bilimlar va XIV-XVI asrlardagi buyuk kashfiyotlar ta’sirida rivojlanishi -XVII-XIX asrlar o‘rtalarida ongning psixologik predmeti sifatida ajratilishi, psixologiya nazariy asoslarini shakllanishi

Psixologiyaning mustaqil fan sifatida taraqqiyoti -XIX asrning boshidan XIX asrning 60-yillarigacha. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida tabiiy shakllanishi -XIX asrning 60-yillaridan XIX asrning oxirlarigacha Psixologiyaning fan sifatida paydo bo‘lishi va dastlabki taraqqiyoti -XXasrning 10-30-yillari o‘rtalarida Psixologiyada ochiq kirizis. -XX asrning 20-30-yillari Sobiq sovet psixologiyasining shakllanishi 30-yillarning oxiri 50-yillar .Psixologiyada krizisni pasayishi nazariy sohasi taraqqiyoti.O‘zbekistonda psixologiya fanining shakllanishi. -60-yillarda shu davrgacha psixologiyada yangi nazariy yondashuvlarni izlash davri

1.Fales eramizdan avvalgi VII-VI asrlar Anaksimon V asr,Gereklit Ruh olamning ibtidosi ni tashkil qiluvchi narsalar (suv, havo, olov)ning insonlar va hayvonlarga jon bag‘ishlovchi shakli. 2. Eramizdan oldin ijod qilgan yunon faylasuflarining ilmiy izlanishlari natijasida materiyaning jonliligi, yani gilozoim ( yunoncha hole- “modda” zol “hayot” ma’nosi) to‘g‘risidagi g‘oya yuzaga keladi 3. Demokrit eramizdan avvalgi V-IV asrlar, Epikur IV-III asrlar Lukriskiy) Materiyaning lonliligi haqidagi g‘oyani rivojlantirgan atomizm ( yunoncha atomos- “ bo‘linmas” degani) namoyondalari bir qancha fikrlarni ilgari surdilar,jumladan; Ruh tanaga jon bag‘ishlovchi moddiy jismlar B) Moddiy asos sifatidagi aql Hayotni boshqaruvchi idrok vazifasini bajaruvchi a’zo Ruh bilan aql tana a’zolari, binobarin, ularning o‘zi ham tanadir Ular sharsimon, kichik harakatchan atomlardan iboratdir

Aflotun jonning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi tushunchani psixologiyaga kiritgan: Yani jon ; aql-idrok, jasorat, orzu-istak kabilardan iborat bo‘lib ular bosh , ko‘krak, qorin qisvida joylashgandir, deydi. Aflotun ruhiy olamni tana bilan psixikani ikkita mustaqil narsa deb izohlaydi. Aflotunning shogirdi Arastu o‘zining ta’limotida tabiiy-ilmiy asoslab uni biologiya va tibbiyot bilan bog‘lab tushuntirishga erishgan Arastuning “Jon” to‘g‘risidagi asari da odamlar va hayvonlarning hayotiy lahzalarini kuzatish orqali yaqqol voqelikni tasvirlash, tahlil qilish jarayonlari mujassamlashgan.Arastuning fikricha jon qicmlarga bo‘linmaydi. “Jon” haqidagi asar psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga aos bo‘ldi, shuning uchun Arastu psixologiyaning “Otasi” deb ataladi.


Download 104.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling