Mavzu: psixologiya tarixi
Download 241.32 Kb.
|
Mavzu pedagogik psixologiya fanining yuzaga kelish tarixi. Tayy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammonilig qo‘yilishi
predmeti hisoblanadi.
Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi rivojlanishining ham o‘ziga xos qonunlari mavjud. Bu qonunlar yosh davrlari psixologiyasi fanining turli tarmoqlarida o‘rganiladi, masalan: bolalar psixologiyasi, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar . psixologiyasi, o‘smirlar psixologiyasi, o‘spirinlar psixologiyasi, katta yoshdagi kishilar psixologiyasi va qariyalar (gerontopsixologiya) psixologiyasi kabi sohalardir Yosh davrlari psixologiyasi fanining nazariy vazifalari shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davrdagi odamlarda namoyon bo‘ladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarining o‘zaro ta'siri xususiyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Yosh davrlar psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bo‘lishi va rivojlanishi, shuningdek inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o‘rganishda qo‘lga kirgan ilmiy dalillarini ta'lim-tarbiya sohalariga tadbiq etish tashkil etadi. Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri - maktabdagi ta'lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bu hol yangi ta'lim dasturiga o‘tish munosabati bilan bog‘liqdir.Pedagogik psixologiya shu bilan birga o‘quvchilar shaxsining tarkib topish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan ta'sirini o‘rganadi hamda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashning psixologik asoslarini tadqiq etadi. Psixologik tadqiqotlar jarayonini quyidagi asosiy bosqichlarga bo‘lish maqsadga muvofiqdir: Muammonilig qo‘yilishi. Har qanday ilmiy tekshirish ishlari kabi, psixologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari hamnazariy va amaliy ahamiyatga ıga bo‘lgan muammoni aniqlashdan,shuningdek bu muammo fanda qanchalik yoritilganligini aniqlash maqsadida mazkur mavzuga oid ilmiy va maxsus adabiyotlarni taxlil qilishdan boshlanadi. Download 241.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling