Mavzu: Psixologiyaning tadqiqot metodlari. Reja: psixologiya sohasida ilmiy-tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi. Psixologik tadqiqot metodlari: kuzatish, eksperiment, psixofiziologik metodlar, differensial metod


Download 16.99 Kb.
bet4/6
Sana11.05.2023
Hajmi16.99 Kb.
#1454478
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Psixologiyaning tadqiqot metodlari-fayllar.org

Laboratoriya tajribasi sun’iy shroitlarda maxsus asboblarni qo‘llagan holda ta’sir etuvchi omillarning qat’iy nazorati yordamida amalga oshiriladi.
Tabiiy tajriba – sinaluvchiga sezilarsiz tarzda uning faoliyati yoki muloqotiga kiritilgan psixologik tajriba, u tabiiy sharoitlarda tadqiqotchining aralashuvisiz o‘tkaziladi.
Shakllantiruvchi (ta’limiy) tajribapsixik jarayon, shaxs holati yoki sifatini tadqiq etish va shakllantirish metodi. Masalan, bolalarda ma’lum sinf masalalarini echa olish qobiliyatini shakllantirish.
Dala tajribasi o‘z xususiyati bilan laboratoriyadagi bilan o‘xshashdir, faqat u insonning real hayotidagi voqelikda o‘tkazilishi bilan farq qiladi. Masalan, oliy o‘quv yurtida ta’limning yangi dasturini kiritish bo‘yicha tajriba olib boriladi, buning ustiga, dastur o‘quv jarayoniga real tartibda kiritiladi.
Qayd etish tajribasi deb, vazifasi ma’lumotlarni oddiy ravishda qayd etish va ta’riflash, ya’ni, jarayonga tadqiqotchi tomonidan faol aralashuvsiz haqiqatda ro‘y beradigan voqelarni qayd etishdan iborat bo‘lgan tajribaga aytiladi.
Assotsiativ tajriba – K.G. Yung, M. Vertgeymer va D. Klyayn tomonidan bir vaqtda taklif etilgan va shaxs motivatsiyasini tadqiq etishga mo‘ljallangan loyihalash metodi. Bu metodda sinaluvchiga rag‘bat so‘zlar to‘plamiga javoban miyaga kelgan so‘zlarni iloji boricha tez aytish taklif etiladi
Test deb, bir xil shaklda tuzilgan, qisqa, vaqt bo‘yicha chegaralangan, miqdoriy kattalik bilan ifodalangan individual tafovutlarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan psixologik tashhislash sinoviga aytiladi. Testlar yordamida odamlarni o‘zaro bir-biri bilan solishtirgan holda o‘rganish, ular psixologiyasi va hulq-atvoriga baho berish mumkin. Test sinaluvchining o‘zini tutishini belgilovchi qat’iy qoida bo‘yicha sinaluvchilar bajarishi zarur bo‘lgan vazifalar to‘rlamidan iborat. Testlarning bajarilishi javoblarning to‘g‘riligi mezoni bo‘yicha baholanadi

Download 16.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling