Mavzu: Psixologiyaning tadqiqot metodlari. Reja: psixologiya sohasida ilmiy-tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi. Psixologik tadqiqot metodlari: kuzatish, eksperiment, psixofiziologik metodlar, differensial metod


Download 16.99 Kb.
bet6/6
Sana11.05.2023
Hajmi16.99 Kb.
#1454478
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Psixologiyaning tadqiqot metodlari-fayllar.org

Sotsiometriya –(Amerikalik sotsiolog Dj.Moreno asos slogan) o‘zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik tadqiq etish metodi.
Faoliyat samaradorligini tekshirish:Odamning faoliyat sohalarini uning mehnat natijalarini tekshirish psixikani bilish uchun muhim vositadir.Odamning kuch va qobiliyatlari u yaratadigan narsalarda gavdalanadi.Odamzod faoliyatining samaralarini tekshirganimizda biz, shu samaralarni barpo etgan kishilar qanday qilib fikr qilganliklarini , his qilganliklarini , nimaga intilganliklarini , ularning irodasi naqadar kuchli bo’lganliklarini , ularda qanday mahorat va malakalar bo’lganligini bilib olamiz.Masalan:biror uy joyga diqqat bilan qarar ekanmiz , shu uyni qurgan kishilarning konstruksiya-texnika qobiliyatlari qanday bo’lgani , ularning estetik didi , ma’naviy sifatlari , halolligi ma’suliyat sezishi va shunga o’xshashlar haqida fikr yurita olamiz.Ayrim kishilarning , ma’lum bir davr kishilarining psixikasini ularning faoliyat samaralariga qarab bilsa bo’ladi.
Egizaklar metodi-1876 yilda bosmadan chiqqan F.Galtonning “Egizaklar tarixi tabiyat kuchi va tarbiyasi mezonidir” nomli maqolasi bilan bog’liq.Izlanishlar egizaklarning monozigot va dizigot mavjudligini ko’rsatadi.Monozigot (MZ) bo’lib bir tuxum xujayrada rivojlanadi, ikkinchisi dizigot(DZ) bo’lib genlar nuqtauyii nazaridan oddiy aka uka va opa singillar ya’ni ikkita tuxum xujayralarida rivojlanadi.Egizaklar metodi: a) egizakni bir biridan ayirish metadi: b) juft egizaklar metodi: v) egizaklarni nazorat qilish metodi.
Egizaklarni nazorat qilish metodini A.Gazell tavsiya etgan.Egizaklarni kuzatish orqali ular orasidagi farqlar o’rganib boriladi.
Tarjimai hol(Biografiya) metodi –inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayoti , faoliyati ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar odamlarning tarjimai holi , kundaliklari , xatlari ,esdaliklari , xatlar rasmlar ,tavsiflar ,magnitafon ovozlari, foto lavxalar xujjatli filmlar , videokamera tasviri taqrizlar tanbehlar ham o’rganilayotgan shaxsni to’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Modellashtirish - bilish ob`ektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadqiq, qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o`rganishdir.
Model (lat. modulus – o`lchov, me`yor) - biror ob`ekt yoki ob`ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.



http://fayllar.org
Download 16.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling