Mavzu: Pul aylanishi va uning tarkibi
Download 280.07 Kb.
|
Aliqulov Adham prezentatsiya
Avvalgi bo‘limlarda ta’kidlaganimizdek, pul aylanmasi naqd pulsiz va naqd pulli hisob – kitoblardan tashkil topadi. Naqd pulli hisob – kitoblar bevosita naqd pullar bilan amalga oshiriladi. Iqtisodiyotda pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblarning ulushi sezilarsiz darajada bo‘lib, taxminan 5 – 12 foiz atrofida tebranib turadi. Mamlakat pul oboroti tarkibida naqd pulli hisob – kitoblar ulushining pastligi yoki ortib borishi iqtisodiyotda ishlab chiqarish darajasi, moliya – kredit tizimi va milliy valyutaning barqarorligi hamda boshqa qator omillar bilan izohlanadi. O‘zbekistonda pul muomalasini tashkil etish va naqd pulli hisob – kitoblarni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005 yil 20 avgustdagi 18/1 – sonli qarori bilantasdiqlangan, Adliya vazirligida 2005 yil 10 oktyabrda 1518 – son bilan ro‘yxatga olingan «O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risida»gi (avvalgi 6 – sonli) yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi. Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishda va naqd pulli hisob – kitoblarni tashkil etishda quyidagi ishlarni bajaradi: 1. Naqd pul aylanmasini xomcho‘t (prognoz) qiladi; 2. Pul muomalasini tashkil etadi va tartibga soladi; 3. Naqd pullarni tijorat banklariga jo‘natish, qabul qilish, saqlash va samarali foydalanish ustidan nazoratni tashkil etadi. Naqd pul aylanmasini xomcho‘t (prognoz) qilish tartibi. Naqd pul aylanmasini xomcho‘t qilish tijorat banklarining aylanma kassalarini xomcho‘tini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi
Download 280.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling