Mavzu: Pul aylanishi va uning tarkibi


Download 280.07 Kb.
bet5/5
Sana20.12.2022
Hajmi280.07 Kb.
#1040696
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aliqulov Adham prezentatsiya

Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida har kuni bir necha yuz minglab naqd pulli va naqd pulsiz operatsiyalar amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalarning 85 – 90 foizi, ayrim rivojlangan mamlakatlarda 98 – 99 foizi naqd pulsiz ko‘rinishida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar tijorat banklarining ichki va tashqi vakillik hisobraqamlari orqali, elektron to‘lov tizimi yordamida, mijozlarning hisobvaraqlarida buxgalteriya yozuvlari ko‘rinishda amalga oshiriladi. Mamlakatimiz bank tizimida 1997 yil mart oyida joriy etilgan elektron to‘lov tizimi banklararo amalga oshirilayotgan to‘lovlarni juda qisqa daqiqalar ichida amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bu davlat idoralari va korxonalari, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi to‘lovlarni naqd pulsiz ko‘rinishda amalga oshirishga juda keng qulayliklar yaratilganligidan dalolat beradi.

  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida har kuni bir necha yuz minglab naqd pulli va naqd pulsiz operatsiyalar amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalarning 85 – 90 foizi, ayrim rivojlangan mamlakatlarda 98 – 99 foizi naqd pulsiz ko‘rinishida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar tijorat banklarining ichki va tashqi vakillik hisobraqamlari orqali, elektron to‘lov tizimi yordamida, mijozlarning hisobvaraqlarida buxgalteriya yozuvlari ko‘rinishda amalga oshiriladi. Mamlakatimiz bank tizimida 1997 yil mart oyida joriy etilgan elektron to‘lov tizimi banklararo amalga oshirilayotgan to‘lovlarni juda qisqa daqiqalar ichida amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bu davlat idoralari va korxonalari, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi to‘lovlarni naqd pulsiz ko‘rinishda amalga oshirishga juda keng qulayliklar yaratilganligidan dalolat beradi.

Naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda qator tamoyillar bajarilishi lozim. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish maqsadga muvofiq: – naqd pulsiz hisob – kitoblar jarayonida ishtirok etayotgan har ikkala tomonning ham bankda tegishli hisobvaraqlari mavjud bo‘lishi lozim; – mijozning hisobvarag‘idan mablag‘larni boshqa manzilga o‘tkazish va kirim qilish Markaziy bank tomonidan qa’tiy belgilangan to‘lov hujjatlari asosida hamda ulardagi rekvizitlarni to‘liq to‘ldirilgan holda amalga oshiriladi; – bank mijozning pul mablag‘larini o‘tkazish haqidagi topshirig‘ini uning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lgandagina qabul qiladi. Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan holatda uning hisobvarag‘idan undirish to‘g‘risida inkasso topshiriqnomasi (o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar va Davlat byudjetiga o‘tkaziladigan soliqdan tashqari to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib olishda soliq idoralari tomonidan, byudjetdan tashqari fondlar – o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lovlarni undirib olishda, agarda bu qonuniy hujjatlarda ko‘zda tutilgan holatlarda), to‘lov talabnomalar kartoteka 2 ga kirim qilinadi va belgilangan tartibda to‘lovlar amalga oshiriladi; – bank naqd pulsiz hisob – kitoblarni faqat mablag‘ egasining topshirig‘i asosida belgilangan maqsadlar uchun o‘tkazadi, hisobvaraq egasining hisobida mablag‘lar yetarli bo‘lmagan holatlar bundan mustasno; – mablag‘lar to‘lovchining hisobvarag‘idan o‘chirilgandan so‘ng mablag‘ oluvchining hisobvarag‘iga kirim qilinadi; – to‘lovlarni amalga oshirish Markaziy bank tomonidan belgilangan naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakllarini qo‘llagan holda, tegishli to‘lov hujjatlari orqali amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakli va to‘lovlarni amalga oshirishning tartibi tovar sotuvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot hamda uni sotib oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada aniq va batafsil belgilab qo‘yiladi.

  • Naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda qator tamoyillar bajarilishi lozim. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish maqsadga muvofiq: – naqd pulsiz hisob – kitoblar jarayonida ishtirok etayotgan har ikkala tomonning ham bankda tegishli hisobvaraqlari mavjud bo‘lishi lozim; – mijozning hisobvarag‘idan mablag‘larni boshqa manzilga o‘tkazish va kirim qilish Markaziy bank tomonidan qa’tiy belgilangan to‘lov hujjatlari asosida hamda ulardagi rekvizitlarni to‘liq to‘ldirilgan holda amalga oshiriladi; – bank mijozning pul mablag‘larini o‘tkazish haqidagi topshirig‘ini uning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lgandagina qabul qiladi. Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan holatda uning hisobvarag‘idan undirish to‘g‘risida inkasso topshiriqnomasi (o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar va Davlat byudjetiga o‘tkaziladigan soliqdan tashqari to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib olishda soliq idoralari tomonidan, byudjetdan tashqari fondlar – o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lovlarni undirib olishda, agarda bu qonuniy hujjatlarda ko‘zda tutilgan holatlarda), to‘lov talabnomalar kartoteka 2 ga kirim qilinadi va belgilangan tartibda to‘lovlar amalga oshiriladi; – bank naqd pulsiz hisob – kitoblarni faqat mablag‘ egasining topshirig‘i asosida belgilangan maqsadlar uchun o‘tkazadi, hisobvaraq egasining hisobida mablag‘lar yetarli bo‘lmagan holatlar bundan mustasno; – mablag‘lar to‘lovchining hisobvarag‘idan o‘chirilgandan so‘ng mablag‘ oluvchining hisobvarag‘iga kirim qilinadi; – to‘lovlarni amalga oshirish Markaziy bank tomonidan belgilangan naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakllarini qo‘llagan holda, tegishli to‘lov hujjatlari orqali amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakli va to‘lovlarni amalga oshirishning tartibi tovar sotuvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot hamda uni sotib oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada aniq va batafsil belgilab qo‘yiladi.

Download 280.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling