Mavzu pul aylanmasi va uning tarkibi pul aylanmasi tushunchasin


Download 283.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana30.04.2023
Hajmi283.39 Kb.
#1414394
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu pul aylanmasi va uning tarkibi pul aylanmasi tushunchasin

8
3
11
10
4
6
13
2
5
1
4-rasm. CHaqirib olinmaydigan akkreditiv
41
.
4-rasmda: 1-to‘lovlarni oldi sotdi qilish shartnomasini imzolash; 2-sotib oluvchi o‘z bankiga akkreditiv
ochish to‘g‘risida ariza beradi; 3-akkreditivni ochish, sotib oluvchining banki mol etkazib beruvchining
bankiga akkreditiv telegrammasini jo‘natadi. Bu akkreditivning ochilganligini bildiradi. Mana shu vaqtdan
boshlab sotib oluvchining banki to‘lov yuzasidan kafilga aylanadi; 4-mol etkazib beruvchining banki mol
etkazib beruvchini akkreditiv ochganligi haqida xabardor qiladi; 5-mol etkazib beruvchi tovarlarni jo‘natadi;
6-mol etkazib beruvchi tovarlar bilan bog‘liq hujjatlarni o‘zining bankiga uzatadi;
7- mol etkazib
beruvchining banki hujjatlarni tekshiradiva qabul qilib oladi;
8-mol etkazib beruvchi banki tovar hujjatlarini
sotib oluvchining bankiga to‘lov uchun jo‘natadi; 9-sotib oluvchining banki akkreditiv bo‘yicha to‘lovni
amalga oshiradi; 10-sotib oluvchining banki sotib oluvchiga tovar hujjatlarini beradi; 11-sotib oluvchi banki
mol etkazib beruvchi bankini to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi; 12-mol
etkazib beruvchi banki to‘lov summasini mol etkazib beruvchining joriy hisob raqamiga o‘tkazadi; 13-mol
etkazib beruvchining joriy hisob raqamidan ko‘chirma.
6. To‘lov aylanmasining tarkibi.
Pul-to‘lov aylanishi pul aylanishining bir qismi bo‘lib, unda pullar qanday shaklda taqdim etilganidan
qat’i nazar to‘lov vositasi sifatida faoliyat yuritadi. Boshqacha aytganda, bunday holda iqtisodiy subyektlar
o‘rtasida naqd pullik va naqd pulsiz shaklda ayirboshlash vositasi sifatida amal qiladigan pul mablag‘lari ko‘rib
chiqiladi.
Pul mablag‘lari harakatining har biri bo‘yicha muqobil harakat ham amalga oshiriladi. Boshqacha
aytganda, pullarning aylanishi ko‘p yo‘nalishli bo‘ladi va xo‘jalik faoliyati subyektlarini qamrab oladi.
To‘lov aylanishi ushbu mamlakatda amal qiladigan to‘lov vositalarining uzluksiz harakat qilish
jarayonidir. Boshqacha aytganda, pul aylanishi deganda to‘lov vositalarining shaklidan qat’i nazar bunday
41
Foundations of finance : the logic and practice of financial management / Arthur J. Keown, John D. Martin, J. William Petty. — 8th ed.
Title. HG4026.F67 2014, P-200


barcha vositalarning majmui tushuniladi. Bevosita pul mablag‘larining harakati va cheklar, depozit sertifikatlari
va veksellarning ko‘chib yurishi shunga kiradi. Pul aylanishi to‘lov aylanishining bir qismidir.
Pul aylanishi naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pul belgilarining uzluksiz harakat qilish jarayonidir.
Pul muomalasi pul aylanishining naqd pul mablag‘lari muomalasi, pul belgilarining bir yuridik yoki
jismoniy shaxslardan boshqa shaxslarga
doimiy tarzda o‘tib yurishi bilan bog‘liq qismidir.
Boshqacha aytganda, bu iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi muomalada qatnashadigan bevosita naqd pul
massasidir. SHu tufayli pul muomalasini ba’zan naqd pullarning aylanishi
deb ham atashadi.
Pul-to‘lov aylanishi pul aylanishining bir qismi bo‘lib, unda pullar qanday shaklda taqdim etilganidan qat’i
nazar to‘lov vositasi sifatida faoliyat yuritadi. Boshqacha aytganda, bunday holda iqtisodiy subyektlar o‘rtasida
naqd pullik
va naqd pulsiz shaklda ayirboshlash vositasi sifatida amal qiladigan pul mablag‘lari
ko‘rib chiqiladi.

Download 283.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling