Мавзу Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili Режа
Download 39.25 Kb.
|
Мавзу Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili Режа
7.Pul-kredit sohasini tahlil qilish. Boshqa sektorlar bilan
aloqalar. Pul bozoridagi muvozanat. Pul multiplikatori konsepsiyasi. Pul-kredit tahlilining ayrim masalalari Bank tizimining balansi hisoblanmish PKSh, mamlakatning tashqi pozitsiyalari bilan bank tizimidagi sof aktivlar, hamda davlat boshqaruv idoralarining hisoblari bilan bank tizimi tomonidan davlatni moliyalashtirish orasidagi muhim aloqalarni aniqlashga imkon beradi. Shuningdek, bank tizimi, albatta, real sektor (milliy hisoblar bilan ham) bilan ham xususiy sektorga pul ko‘rinishda kredit berish orqali ham bog‘langandir. TB bilan aloqalar. TBni tahlil qilishda ko‘rilganidek, agar bank tizimi bo‘yicha operatsiyalar chiziq ustida ifodalansa, TBning umumiy Saldosi bank tizimining sof xalqaro zahiralarini o‘zgarishi hisobiga moliyalashtiriladi. Umuman olganda, sof xorijiy aktivlarning o‘zgarishi xoh PKSh, xoh TB orqali aniqlanmasin, bir xil natija beradi. Shuning uchun ushbu o‘zgarish PKShda DNFA = DM2 – DNDA ko‘rinishda hisoblansa, TBda ∆NFA = - ∆RES bo‘lganligi sababli ∆NFA = CAB + ∆FI, CAB + ∆FI + ∆RES = 0, (bu yerda ∆FI – noemission moliyalashtirish oqimlari) ko‘rinishda hisoblanadi. Va natijada, ∆NFA = ∆M2 - ∆NDA = CAB + ∆FI = ∆RES. PKSh dagi ayniyat – pul massasining ko‘payishiga nisbatan ichki kredit ekspansiyaning har qanday ustunligi (muvozanat paytida u pulga talab bilan teng bo‘ladi) bank tizimidagi sof xorijiy aktivlarning (ya’ni, ∆NFA manfiy bo‘ladi) kamayishida aks etadi. Ushbu nisbat TB ga pulkredit jihatdan yondashish va sof ichki aktivlarning yuqori chegaralarini belgilashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Aniq olganda, vaqt bo‘yicha zahiralar ma’lum moddalarining o‘zgarishiga valuta kurslaridagi tebranishlar ta’sirini operatsiyalardagi o‘zgarishlar va qiymatni qayta baholash hisobiga qancha bo‘lganini ajratish talab qilinadi (ushbu misolda boshqa omillar va bozor narxlaridagi tebranishlar hisobga olinmagan). ARt – milliy valutaga denominasiya qilingan balansdagi zahira moddasi; ASt – dollarda ifodalangan balansdagi zahira moddasi; Et – davr oxiriga bir dollarga to‘g‘ri kelgan milliy valuta kursi; E*t – o‘rtacha davrdagi valuta kursi. , Bu yerda, ARt = Et * ASt . So‘ngra: Zahiralarning summar o‘zgarishi = (ARt – ARt-1), Operatsiyalar oqimi = E*t (ASt – ARt-1 ). Demak, Zahiralarning summar o‘zgarishi = operatsiyalar oqimi + + qiymatni qayta baholash, bundan: Qiymatni qayta baholashdagi o‘zgarishlar = = (ARt – ARt-1) - E*t *(ASt – ASt-1). Qayta baholashni o‘tkazish hisobiga tuzatishlarni kiritish (VAd) shuningdek quyidagicha ifodalanadi: VAd= ASt-1(Et- Et-1) + ∆ ASt (Et- E*t). Download 39.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling