Мавзу Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili Режа


Pul-kredit siyosatining maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari)


Download 39.25 Kb.
bet3/11
Sana30.04.2023
Hajmi39.25 Kb.
#1417712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Мавзу Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili Режа

3.Pul-kredit siyosatining maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari)
Indikator so‘zi lotincha «indicator» degan so‘zdan olingan bo‘lib,
ko‘rsatkich degan ma’noni anglatadi. Frantsiyalik mutaxassislar I.Bernar
va J. Kolli tomonidan indikator tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan:
«indikator umumiy iqtisodiy siyosatni o‘tkazish va uning natijalarini
baholash uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, iqtisodiy va
moliyaviy miqdorlar evolyutsiyasining raqamli ko‘rsatkichidir».
A. N. Azriliyan tahriri ostida chop tilgan «Bolshoy ekonomicheskiy
slovar»da ham indikator tushunchasi iqtisodiy va moliyaviy miqdorlar
o‘zgarishining raqamli ko‘rsatkichi sifatida talqin etilgan.
Indikator tushunchasining yuqorida keltirilgan talqiniga asoslangan
holda, pul-kredit siyosatining indikatoriga quyidagicha ta’rif berish
mumkin: «Markaziy bank pul-kredit siyosatining indikatori - bu milliy
valutaning va mamlakatda baholar barqarorligini ta’minlash
tadbirlarining samaradorligini baholashda o‘ta muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan moliyaviy miqdorlar o‘zgarishining raqamli ko‘rsatkichidir».
Yuqorida keltirilgan ta’rifda milliy valutaning va baholar
barqarorligini ta’minlash tadbirlari deyilishining sababi shundaki, hozirgi davrda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida, shu jumladan o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida markaziy banklar pul-kredit siyosatining bosh maqsadi bo‘lib, milliy valutaning barqarorligini ta’minlash va mamlakatda baholar barqarorligiga erishish hisoblanadi. Baholar barqarorligini ta’minlash faqatgina EMBning bosh maqsadi
hisoblanmaydi. Buning sababi shundaki, EMB pul-kredit siyosatini
amalga oshirishda butun diqqat e’tiborini faqat yevroning barqarorligini
ta’minlashga qaratadi, baholar darajasiga ta’sir etishni pul-kredit
siyosatining pirovard maqsadi, deb hisoblamaydi.
Hozirgi vaqtda pul-kredit siyosatining indikatori sifatida asosan pul
massasining o‘sishi, milliy valutaning almashuv kursi, inflatsiya darajasi
ko‘rsatkichlaridan foydalanilmoqda.

Download 39.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling