Ochiq bozor siyosati. Markaziy bankning ochiq bozor siyosati
deganda, odatda, Markaziy bank tomonidan qimmatli qog’ozlar bozorida qimmatli qog’ozlarni sotib olinishi yoki sotilishi tushuniladi.
Markaziy banklarning ochiq bozor operatsiyalarida oldi-sotdi ob’ekti
sifatida, asosan, quyidagi qimmatli qog’ozlardan foydalaniladi:
xazina veksellari;
hukumatning obligatsiyalari;
hukumatning o‘rta va uzoq muddatli xazina majburiyatlari;
korporativ obligatsiyalar;
tijorat banklarining depozit sertifikatlari;
korxonalarning tijorat veksellari.
Valuta siyosati. Markaziy bankning valuta siyosati uning an’anaviy pul-kredit instrumentlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, valuta siyosatining pirovard maqsadi milliy valuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Markaziy bankning valuta siyosati doirasida amalga oshiriladigan valuta operatsiyalarining uch asosiy turi xalqaro bank amaliyotida keng qo‘llanilmoqda. Ular quyidagi operatsiyalardan iboratdir:
1. Valuta interventsiyasini amalga oshirish maqsadida o‘tkaziladigan
operatsiyalar.
2. Hukumatning tashqi qarzini to‘lash bo‘yicha Markaziy bank
tomonidan amalga oshiriladigan valuta operatsiyalari.
3.Markaziy bankning balansidagi oltin-valuta zaxiralarini
boshqarish operatsiyalari.
Depozit siyosati. Markaziy bankning depozit siyosati deganda
Markaziy bank tomonidan Hukumatga, tijorat banklariga tegishli pul
mablag’larini depozit hisobraqamlariga jalb etish va boshqarish
tushuniladi.
4.Pul-kredit siyosatining noan’anaviy instrumentlari.
Tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar
belgilash.
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining kreditlash
hajmiga nisbatan limitlar belgilash muomaladagi pul massasini tartibga
solish, xususan, pul massasining oldindan belgilangan maqsadli o‘sish
ko‘rsatkichiga erishishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |