Mavzu pul mablag‘lari analitik hisobi
Download 7.06 Kb.
|
40-dars-taqdimod-qismini-yuklab-oling
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul mablag‘lari xarakati moddalari
- G‘azna
- Operatsiya
- CHakana tushumini qabul qilish
- Ishchilardan pul mablag‘larini qaytishi
- Ta’minotchi bilan, Komissioner bilan yoki Komitent bilan
- Pul mablag‘larining boshqa kirimi
- Kirim g‘azna orderi
- (Joriy elementni o‘zgartirishF2)
MAVZU Pul mablag‘lari analitik hisobi
Pul mablag‘lari operatsiyalari hisobini pul mablag‘lari xarakati moddalari kesimida yuritish mumkin. Buning uchun Pul mablag‘larizakladkasidahisob parametrlari sozlanmasidagi Pul mablag‘lari xarakati moddalari bo‘yicha bayroqchasi belgilanishi lozim. Pul mablag‘lari xarakati moddalari bo‘yicha aylanmalar «Pul mablag‘lari xarakati to‘g‘risida hisobot» №4 SHaklni avtomatik to‘ldirish uchun buxgalteriya hujjatlarini shakllantirish davrida foydalaniladi. Agar №4 SHaklni to‘ldirish lozim bo‘lmasa, pul mablag‘lari xarakati moddalari bo‘yicha analitik hisobni o‘chirish mumkin. Bu g‘azna va bank hujjatlarini kiritishni soddalashtiradi. Agar tashkilot pul mablag‘lari hisobi pul mablg‘lari xarakati moddalari bo‘yicha yuritsa, u xolda g‘azna va bank hujjatlarida Pul mablag‘lari xarakati moddalari rekviziti to‘ldirilishi lozim. Ushbu rekvizit qiymatlari Bank (G‘azna) menyusidagi Pul mablag‘lari xarakati moddalari ma’lumotnomasidantanlanadi Ushbu ma’lumotnoma subkonto turi sifatida belgilangan va 5000 «G‘azna», 5100 «Hisob raqamlar», 5200 «Valyuta schetlari». 5500 «Banklarda maxsus hisob raqamlar» schetlarida pul mablag‘lari xarakati moddalari bo‘yicha analitik hisob yuritish uchun foydalaniladi. Naqd pul mablag‘larini hisobi bo‘yicha hujjatlar G‘aznamenyusidasaqlanadi. Naqdsiz pul mablag‘larini hisobi bo‘yicha hujjatlar Bankmenyusidasaqlanadi
Tashkilot g‘aznasiga kirim qilingan naqd pul mablag‘larini ro‘yxatga olish uchun G‘aznamenyusidagi Kirim g‘azna orderi hujjati mo‘ljallangan Hujjat sifatida keyingi xo‘jalik operatsiyalari aks etadi:
Opreatsiya turi Operatsiya rekvizitida belgilanadi. Xaridordan to‘lov operatsiyasi xaridordan naqd pul mablag‘lari tushumi davrida tanlanadi. SHartnoma rekvizitida Xaridor bilan, Komissioner bilan yoki Komitent bilan turlari bilanshartnoma tanlanadi. Qarzni to‘lash tartibini O‘zaro hisob-kitoblar turi rekvizitida ko‘rsatish mumkin. Odatiy xol bo‘yicha shartnoma hisob-kitoblar xolati hujjatni o‘tkazish davrida avtomatik aniqlanadi, tushgan summa bo‘nak va to‘lovga bo‘linadi. CHakana tushumini qabul qilishoperatsiyasi tashkilot g‘aznasiga savdo joyidagi tushumni qabul qilishni ro‘yxatga olish uchun belgilanadi. Hisobdor shaxslardan pul mablag‘larini qaytishioperatsiyasi hisobdor shaxslardan (korxona xodimlaridan) pulmablag‘larini qaytarilishini ro‘yxatga olish uchun ko‘zda tutilgan. Ushbu operatsiya turini tanlash davrida jismoniy shaxslar ro‘yxatidan hisobdor shaxslarni tanlash uchun shaklda aks ettiriladi. Ishchilardan pul mablag‘larini qaytishioperatsiyasi ish-haqiga tegishili, pul mablag‘larini ishchilardan qaytishini ro‘yxatga olish uchun mo‘ljallangan. Masalan, ortiqcha to‘langan summalarni qaytarish davrida. Ta’minotchilardan pul mablag‘larini qaytishioperatsiyasi ta’minotchi tomonidan qaytarilgan, naqd pul mablag‘lari kirimini aks etish uchun mo‘ljallangan.SHartnomaniTa’minotchi bilan, Komissioner bilan yoki Komitent bilan turlari bilantanlash lozim. Bankdan naqd pul mablag‘larini tushumi operatsiyasi tashkilot hisob raqamidan naqd pul mablag‘larini olish dalillarini aks etish uchun mo‘ljallangan. Kontragentlar bilan kredit va qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblaroperatsiyasi kredit va qarzlar bo‘yicha naqd pul mablag‘larining tushumi davrida foydalaniladi. SHartnomaniBoshqalar turi bilan tanlash mumkin. Pul mablag‘larining boshqa kirimioperatsyasi qolgan xollarda tanlanadi. Kirim g‘azna orderlari (G‘azna menyusi – Kirim g‘azna orderi) jurnalida yangi hujjatni qo‘shish uchun tugmasini bosish lozim, ochilgan oynadan operatsiya turini tanlash, OK. Hujjat shaklida barcha rekvizitlarni ketma-ket to‘ldirish lozim. Tanlangan operatsiyalarga bog‘liq xolda rekvizitlar to‘plami almashadi. Kirim g‘azna orderi nihujjat shaklining pastki qismidagi CHop etish tugmasidan foydalanib chop etish mumkin. Hujjatni o‘tkazish uchun, buyruq panelidagi (O‘tkazish)tugmasini bosish lozim. Hujjatni o‘tkazish va hujjat shaklini yopish uchun OK tugmasidan foydalaniladi. Hujjat to‘g‘risida o‘tkazmalarni (Hujjatni o‘tkazish natijasi) tugmasi bo‘yicha ko‘rib chiqish mumkin. Hujjatni tahrirlash Hujjat rekvizitlarini o‘zgartirish uchun hujjat jurnalida kursor bilan hujjatni ajratish va (Joriy elementni o‘zgartirishF2)tugmasini bosishlozim, zarur o‘zgartirishlarni kiritish, OK. Download 7.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling