Mavzu: Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi
Download 0.5 Mb.
|
Презентация (12)
Kassada naqd pullardan tashqari qimmatbaho qog‘ozlar (aksiya, obligatsiya), pul hujjatlari (yo‘llanmalar), transportda yurish biletlari ham saqlanadi. Naqd pullarning harakatini hisobga olish 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» va 5020-«Xorij valyutasidagi pul mablag‘lari» nomli sintetik, aktiv schyotlarda amalga oshiriladi. Ushbu schyotlarning debetida oy boshidagi qoldiq, oborotida oy davomidagi naqd pulning kirimi, kredit oborotida esa naqd pullarning oy davomidagi chiqimi – sarfi hisobga olib boriladi. Kredit summalari guruhlashgan holda 1-jurnal orderda, debet summalari 1- qaydnomada jamg‘arilib boriladi. Hozirgi vaqtda tezkor muomalalarni amalga oshirish va mehnat haqini o‘z vaqtida to‘lash maqsadida yirik kompaniya va firmalarda kichik kassalar tashkil qilingan. Kichik kassalar kundalik xarajatlar uchun naqd pul berilgan bo‘nak jamg‘armasining turiga kiradi. Bo‘nak jamg‘armalari – bu xarajat qilingan summalarni doimiy to‘ldirib turadigan maxsus maqsadlar uchun tashkil qilingan jamg‘armalardir. Jamg‘armaning hajmi 5000 so‘mgacha yoki 10000 so‘mdan kam yoki undan ko‘p bo‘lishi ham mumkin. Katta kompaniyalarning hamma ofislarida va ishlab chiqarish bo‘linmalarida joylashgan bir necha kichik kassasi bo‘lishi mumkin. Alohida har bir bo‘limda kichik kassaning summasi kam bo‘lsa ham ularning hammasidagi naqd pul katta summani tashkil etishi mumkin. Kichik kassalar ishchi va xodimlarning trasport xarajatlarini boshqarish va amalga oshirish uchun tuzilgan. Kichik kassalardagi pul mablag‘larning qoldig‘i umumiy pul mablag‘lari qoldig‘ining bir qismi bo‘ladi va yangi kichik kassa tuzilganda o‘zgaradi.
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling