Overdraft – bu qisqa muddatli majburiyat kabi hisoblanadigan va aktiv schyotlardagi mavjud bo‘lgan debet qoldiqdan yuqori bo‘lmagan summadagi to‘lovni amalga oshirishda vujudga keladigan kredit qoldiqdir. Overdraft, agarda bank tomonidan to‘langan omonatchi schyotining overdrftini amalga oshirayotgan bo‘lsa, sub’ektning ushbu bankdagi boshqa pul mablag‘lari schyotlarida ijobiy qoldiqka ega bo‘lgan holdagina debet va kredit qoldiqlarini o‘zaro qoplash mumkin. Bu holda bank debetor va kreditor rolini bajaradi. Ammo turli moliyaviy muassasalarning schyotlari o‘zaro qoplanmaydi. Kredit resurslaridan foydalanish samarasini oshirish va korxonalar ishlarini pirovard natijalariga kredit mexanizmi ta’sirini kuchaytirish maqsadida banklarning korxonalar bilan kredit munosabatlari kredit shartnomalari bilan rasmiylashtiriladi. - Overdraft – bu qisqa muddatli majburiyat kabi hisoblanadigan va aktiv schyotlardagi mavjud bo‘lgan debet qoldiqdan yuqori bo‘lmagan summadagi to‘lovni amalga oshirishda vujudga keladigan kredit qoldiqdir. Overdraft, agarda bank tomonidan to‘langan omonatchi schyotining overdrftini amalga oshirayotgan bo‘lsa, sub’ektning ushbu bankdagi boshqa pul mablag‘lari schyotlarida ijobiy qoldiqka ega bo‘lgan holdagina debet va kredit qoldiqlarini o‘zaro qoplash mumkin. Bu holda bank debetor va kreditor rolini bajaradi. Ammo turli moliyaviy muassasalarning schyotlari o‘zaro qoplanmaydi. Kredit resurslaridan foydalanish samarasini oshirish va korxonalar ishlarini pirovard natijalariga kredit mexanizmi ta’sirini kuchaytirish maqsadida banklarning korxonalar bilan kredit munosabatlari kredit shartnomalari bilan rasmiylashtiriladi.
- Naqd pullar va qimmatbaho qog‘ozlarni saqlash uchun har bir korxona, muassasa va tashkilotlarda kassa mavjuddir. Kassa muomalalari «O‘zbekiston Respublikasida kassa muomalalarini amalga oshirish tartibi haqida» gi Markaziy bankning ko‘rsatmasiga asosan amalga oshiriladi. Har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt kassa (gazna) uchun maxsusjihozlangan xona yoki xonalarni ajratishi lozim. Ushbu xonalar temir eshik, temir panjaralar, ogohlantiruvchi jihozlar, temir seyf va temir shkaflarga ega bo‘lishi, pul berish tuynukchalari va xodimlar olgan pulini hisoblaydigan stol va stullar o‘rnatilgan kichik xonaga ega bo‘lishi lozim. Kassada doimiy saqlanadigan naqd pulning miqdori bank bilan kelishilgan holda belgilanadi. Ma’lum muomalalar (mehnat haqi, nafaqa…) uchun olinadigan naqd pullar 3 kungacha (olingan kundan boshlab) saqlanishi mumkin. Kassa muomalalarini amalga oshirish jarayonida quyidagi hujjatlar tuziladi: - «Kassaning kirim orderi» - kassaga naqd pul kirim qilinayotganda. Unga bosh hisobchi imzo chekadi va pattasi qirqib olinadi; - «Kassaning chiqim orderi» - kassadagi naqd pullarning chiqishiga asos bo‘ladi. Unga sub’ektning rahbari va bosh buxgalteri imzo chekadilar. Ayrim hollarda (mehnat haqi berilayotganda – to‘lov qaydnomasi, yakka tartibda pul olganda – ariza va boshqalar) boshqa qo‘shimcha hujjatlar tuziladi; - «Kirim va chiqim orderlarini qayd qilish jurnali». Bu jurnal buxgalteriyada yuritilib unda har bir kirim va chiqim orderi qayd qilinadi va tartib nomeri qo‘yilib olingan va sarflangan naqd pullarning harakati va yo‘nalishi ustidan nazorat qilinadi; - «Kassa kitobi» - uni kassir yuritadi. Kitobning betlari nomerlangan va oxirida betlar soni ko‘rsatilib muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Kassa kitobidagi yozuvlar 2 nusxada amalga oshiriladi. 1-nusxasi hisobot sifatida tegishli hujjatlar bilan buxgalteriyaga topshiriladi va 2-nusxasi esa kassirda saqlanadi. Kassaning hujjatlarida tuzatish yoki uchirib yozishga ro‘xsat berilmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |