Mavzu: Pul muomalasi. Kredit tizimi va banklar reja: Kirish Pul muomalasi va uni tashkil etishning nazariy asoslari 2
Pul muomalasi va uni tashkil etishning nazariy asoslari
Download 89.5 Kb.
|
Pul muomalasi va uni tashkil etishning nazariy asoslari222
1. Pul muomalasi va uni tashkil etishning nazariy asoslari
Pul muоmalasi – bu pullarning mamlakatning ichki iqtisоdiy aylanishi, tashqi iqtisоdiy alоqalar tizimidagi, tоvarlar va хizmatlarning sоtilishiga, shuningdek, uy хo’jaligidagi tоvarsiz to’lоvlarga хizmat ko’rsatadigan naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi harakatidir. Tоvar ishlab chiqarish pul muоmalasining оb’ektiv negizi bo’lib, undagi tоvar оlami tоvarlarning ikki turiga: tоvarlarning o’ziga va tоvarpullarga bo’linadi. Naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pullar yordamida tоvarlar, shuningdek, ssuda va fiktiv kapitallarning muоmalasi jarayoni amalga оshiriladi. Pul muomilasi qonuni - muomila uchun zarur bo’lgan pul miqdorini belgilaydigan, tovar-pul munosabatlarini o’zida aks ettiradigan qonundir. Bu qonunga ko’ra muomila davrida muomilaga zarur bo’lgan pul miqdori barcha tovarlar so’mmasiga to’g’ri proporsional pul aylanishi tezligiga teskari proporsional o’zgaradi. Hozirgi sharoitda muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdoriga quyidagi omillar ta’sir etadi. 1.Sotiladigan tovarlar miqdori (ko’p bo’lsa ko’p va aksincha) 2.Tovarlarni baho darajasi (yuqori bo’lsa ko’p va aksincha) 3.Kreditni rivojlanish darjasi (rivojlangan bo’lsa naqd pul kam talab etiladi.) 4.Naqd pulsiz xisob kitoblarni rivojlanish darajasi 5.Pulni aylanish tezligi Pul muassasi pul muomilasining muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Pul massasi xo’jalik aylanishidagi naqd pulli hisob-kitoblarni, ya’ni aholi korxonalar, tashkilot va muassalarga tegishli xarid to’lov vositalarining yalpi hajmini o’zida ifodalaydi. Pul muomilasining belgilangan muddat va davr uchun, miqdoriy uzgarishlarini bilish uchun, shuningdek pul massasi, xajmi va o’sish sur’atlarini tartibga solish buyicha tadbirlarni ishlab chiqish uchun turli xil ko’rsatkichlar (pul agregatlari) foydalaniladi. O’zbekistonda pul massasi quyidagi tarkibiy qismlaridan (pul agregatlari to’planadi) iborat. Shunday qilib, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo’lgan turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ta`sir ko’rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to’g’ri proportsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko’p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta`sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta`sir ko`rsatadi. Odatda, pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha. Muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: -iste`mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko`p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo`ladi; - naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi; - pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar. Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur etkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya’ni inflyatsiya bo`lishiga yoki pul tanqisligiga (yetishmovchiligiga) olib kelishi mumkin. Pul muomalasi barqarorligini ta’minlash usullari Bugungi eng muhim vazifa valyutamiz baquvvat, dunyoda obro’li valyutaga aylantirishdir, u yuksak qiymatga va katta kuchga ega bo’lishi lozim. So’mni barqaororligini ta’minlash va qadrini oshirish umummilliy vazifa. Respublikamizdagi barcha fuqarolarning farovonligi ana shu vazifani hal etilishiga bog’liq. Aslini olganda bu iqtisodiy vazifagina emas, hozirgi paytda ijtimoiysiyosiy ahamiyatga molik vazifaga aylanmoqda, chunki iqtisodiyotning yuksalishi ham, aholi turmush darajasi ham, davlatning obro’-e’tibori ham shu vazifaning bajarilishiga bog’liq. Birinchi navbatda so’mning xarid quvvatini oshirish uchun iste’mol bozorini kerakli mollar bilan to’ldirish, aholini ehtiyojlarini qondiradigan va xorijdan keltiriladigan mollar bilan raqobat qila oladigan o’z maxsulotimizni ishlab chiqarishga zo’r berish zarur bo’ladi. Ikkinchidan, respublikamizning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, korxonalarning eksport qilinadigan maxsulot ishlab chiqarish, jahon bozoridan mustahkam joy olish jarayonlarini chuqurlashtirish lozim. Uchinchidan, yoqilg’i-energiya manbalarini, ko’pgina uskuna va oziq-ovqat maxsulotlarini chetdan sotib olishni kamaytirish, ularni o’zimizda ishlab chiqarilgan maxsulot bilan almashtirish, tashqi savdo balansini mustahkamlashning muhim jihatidir. To’rtinchidan, kapital bozorining barcha vositalaridan foydalangan holda O’zbekistonning qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirgan holda, aholi mablag’larining, shuningdek korxonalarning vaqtincha erkin mablag’larini jalb etish bo’yicha amalga oshirayotgan ishlarni tubdan qayta ko’rib chiqish zarur. Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling