Mavzu: Pul muomalasi. Kredit tizimi va banklar reja: Kirish Pul muomalasi va uni tashkil etishning nazariy asoslari 2


O’zbekiston Respublikasida naqd va naqdsiz pul muomalasini tashkil etilishi


Download 89.5 Kb.
bet3/5
Sana10.11.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1761224
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pul muomalasi va uni tashkil etishning nazariy asoslari222

2. O’zbekiston Respublikasida naqd va naqdsiz pul muomalasini tashkil etilishi
Naqd pul va naqd pulsiz shaklda hisob-kitoblami amalga oshirish
pul aylanmasini tashkil etadi. Naqd pul aylanmasi - bu qog‘oz pullar va tanga pullar vositasida amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon boiadi. Naqd pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Naqd pulsiz aylanmalar - bu kredit muassasalarida ochilgan hisobraqamlar yordamida pullami hisobdan hisobga ko‘chirish orqali amalga oshiriladi.
Pul doimiy ravishda «harakatda» boiadi, bu harakat davomida juda ko‘plab tovar va xizmatlami sotish va sotib olish jarayonida bevosita ishtirok etib, sotuvchi va sotib oluvchilarga xizmat qiladi. Xususan, pul o‘z harakati jarayonida bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda tovarlar va xizmatlar bahosini belgilaydi, bu pulning qiymat oichovi, muomala vositasi va toiov vositasi funksiyalari orqali amalga oshiriladi.
Pul vaqtinchalik hisob-kitoblar va aylanmalarda ishtirok etmagan vaqtda jamg‘arma vositasi funksiyasini bajarish orqali, o'zining sohibiga
qo‘shimcha daromad keltiradi va real iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi.
Pulning aylanmasi mohiyatini vanayam chuqurroq aniqlash uchun uning obyekti va subyektlariga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Pul aylanmasi subyektlari sifatida davlat va davlat muassasalari, Markaziy bank, kredit va moliya muassasalari, mamlakat rezidenti va norezedentlari, korxona va tashkilotlami keltirish mumkin, Uning obyekti esa tovar va tovarsiz operatsiyalar jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni aylanmalar hisoblanadi. Pul aylanmasi subyektlari o‘rtasida amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar naqd va naqd pulsiz ko‘rinishida amalga oshiriladi. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy adabiyotdarida pul aylanmasi deyarli o’rganilmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri, balki mazkur mamlakatlar bank muassasalarida hisob-kitoblami amalga oshirishda pul aylanmasi naqd va naqd pulsiz ko‘rinishi shakllari o‘rtasida farq mavjud emasligi boiishi mumkin. Haqiqatda ham rivojlangan va ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar banklarida naqd va naqdsiz pul hisob-kitoblami amalga oshirish o‘rtasida farq mavjud emas. Shu bilan birga, MDH mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarining deyarli barchasida «pul aylanmasi» va «to*lov aylanmasi» alohida-alohida o‘rganiladi. Ulami bir-biridan farqlashda asosiy e’tibor hisob-kitoblami amalga oshirishda naqd pulni ishtirok etishi yoki etmasligiga qaratiladi. Pul aylanmasida bevosita naqd pullar to‘lovlami amalga oshirishda ishtirok etadi. Keyingi yillarda hisob-kitoblami amalga oshirishda plastik kartochkalar, hisob-kitob cheklarni joriy etilishi pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob-kitoblar ulushining sezilarli darajada pasayib ketishiga sabab bolmoqda. Xususan, AQSH, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyadapul aylanmal arming ulushi 1 - 1,5 foizni tashkil etadi.
Pul aylanmasini to‘rtta yo‘nalishga ajratish mumkin.
Birinchi yo‘nalish, pul mablaglari shakliga ko‘ra, naqd pulli aylanmasi va naqd pulsiz aylanmasidan tashkil topgan.
Ikkinchi yo‘nalish, pul aylanmasida ishtirok etayotgan subyektlar joylashuviga ko‘ra, bir shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanmasidan iborat.
Uchinchiyo‘nalish, pul funksiyalarining namoyon bolishiga qarab muomala vositasi va tolov vositalarini o’z ichiga oladi. To‘rtinchi yo‘nalish, tovar - pul munosabatlarining aks etishiga ko‘ra, tovarli pul oboroti va tovarsiz pul oborotlari ko‘rinishida namoyon boiadi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob-kitoblar bilan amalga oshirilayotgan to’lovlar hajmining yuqori yoki pastligiga pulning barqarorligi, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va boshqa qator omillar ta’sir qiladi.
Naqd pul - aholi tomonidan ishlatiladigan va jismoniy ekvivalentda ifodalangan davlatning valyutasidir. Naqdsiz shakldagi pul- bu moliyaviy amaliyotlarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarining bank hisob-varaqlarida va jismoniy shaxslarning bank kartalarida saqlanadigan mablag'dir. Naqd pulsiz to’lovlar – bank kartalar, to'lov talabnomalari, hozirda esa, mobil hamyonlar va elektron pullardan foydalangan holda naqd pulsiz ko'rinishda amalga oshiriladigan to'lovlardir. Naqd pul shaklidagi to'lovlarni amalga oshirish juda oson – cho'ntagingizda yetarli mablag'lar hamda kerakli valyuta bo'lsa bas. Uning eng katta afzalligi – xoxlagan joyingizda to'lovni komission to'lovlarsiz amalga oshirish imkoniyati. Uning salbiy tarafi shundan iboratki, naqd pulingiz o'g'irlanishi yoki yo'qolishi ehtimoli kattadir, bu bilan Siz hamyonizdagi barcha pulingizdan ajralib qolishingiz mumkin. Undan tashqari, naqd pul gigiyena talablariga ham javob bermaydi.
Naqd pulda to'lashning afzalliklari:
naqd pul hech qanday texnik qurilmalar, mobil yoki internet aloqasini talab qilmaydi;
- naqd pul umumiy qabul qilingan to'lov vositasi;
- naqd pullar karta va pul o'tkazmalariga xizmat ko'rsatish bo'yicha qo'shimcha komission xarajatlarini talab qilmaydi;

Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling