Mavzu: Pul muomalasi. Kredit tizimi va banklar reja: Kirish Pul muomalasi va uni tashkil etishning nazariy asoslari 2
-Bank kartasi orqali to'lovlarni amalga oshirish afzalliklari
Download 89.5 Kb.
|
Pul muomalasi va uni tashkil etishning nazariy asoslari222
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Pul muomalasini tashkil etishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari.
-Bank kartasi orqali to'lovlarni amalga oshirish afzalliklari;
-pul va qaytimlarni hisob kitob qilishga hojat yo'q; -agar bank kartasi yo'qolsa, pul hisobvaraqda qoladi. Agar darhol kartani blokirovka qilsangiz, keyin uni qayta tiklab, mablag'laringizni ishlatishni davom ettirishingiz mumkin; -barcha amaliyotlaringizni nazorat qilishingiz mumkin; -kommunal to'lovlarni masofaviy shaklda to'lashingiz mumkin (mobil ilovalar yordamida); -onlayn xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin; -mablag'larni kartadan kartaga o'tkazishingiz mumkin; -kreditlarni mobil ilova orqali masofadan so'ndirish; -cash back (xarid uchun pulning bir qismini bonus sifatida qaytarilishi) olish; -valyutani joyida konvertatsiya qilish imkoniyati; -mobil ilova orqali kontaktsiz to'lovlar. -Naqd pullarni banklar orqali aylanmasini tahlil va monitoring qilish asosida respublikada naqd pul muomalasini tashkil etish va tartibga solish, banklarda kassa ishlarini amalga oshirish tartiblarini ishlab chiqish; -iqtisodiyotda naqd pulga bo’lgan talabini prognoz qilish va hududlarda naqd pulga bo’lgan talabni qondirish uchun Markaziy bankning zaxira fondlarini shakllantirish va ularni tasarruf etish bilan bog’liq ishlarni tashkil etish; -pensiya, nafaqa, ish haqi va boshqa ijtimoiy to’lovlarini to’lanishini, bankomatlarni naqd pullar bilan ta'minlanishini monitoring qilib borish; -banknotlar va tangalarning namunalari va dizaynini tayyorlash, ularni muomalaga chiqarish, shuningdek eskirgan, to’lovga yaroqsiz banknotlar va tangalarni muomaladan qaytarib olish hamda yo’q qilish bilan bog’liq ishlarini tashkil etish; -naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassasiya qilish, tashish ishlarini tartibga solish va nazorat qilish. 3.Pul muomalasini tashkil etishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari. Pul muomalasini tashkil etishda, bir nechta muammo va risklar mavjud bo'lishi mumkin: 1.Moliyaviy xavf: investorlar, biznes egalari va kreditorlar kabi moliyaviy hamkorlar kompaniyaning moliyaviy ahvoli va kelajakdagi faoliyatiga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan bir qator xavflarga duch kelishi mumkin. Masalan, kompaniyaning pul oqimlari muammolari, qarz yuki, soliq majburiyatlari, foiz stavkalari va valyuta kursining o'zgarishi kabi omillar moliyaviy risklarni oshirishi mumkin. 2. Yuridik risk: Kompaniyalar o'z biznes faoliyati davomida yuridik risklarga duch kelishi mumkin. Ushbu xavflar shartnomani buzish, intellektual mulk huquqlarini buzish, qonunlarga rioya qilmaslik, mualliflik huquqining buzilishi va adolatsiz raqobat da'volarini o'z ichiga olishi mumkin. 3. Raqobat xavfi: Kompaniyalar yangi ishtirokchilar yoki mavjud raqobatchilar tomonidan yaratilgan raqobat bosimiga duch kelishi mumkin. Bu kompaniyaning bozor ulushini kamaytirishi va rentabellikka ta'sir qilishi mumkin. 4. Operatsion risk: Kompaniyalar o'z biznes faoliyati davomida operatsion risklarga duch kelishi mumkin. Ushbu xavflar tabiiy ofatlar, texnologik nosozliklar, xavfsizlikni buzish va biznesning uzluksizligiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan operatsion xatolar kabi muammolarni o'z ichiga olishi mumkin. 5. Moliyaviy firibgarlik xavfi: Kompaniyalar o'z xodimlari yoki tashqi manfaatdor tomonlar tomonidan moliyaviy firibgarlik xavfiga duch kelishi mumkin. Bu kompaniyaning obro'si va moliyaviy holatiga ta'sir qilishi mumkin. Ushbu xavflardan xabardor bo'lish va tegishli risklarni boshqarish strategiyalarini amalga oshirish kompaniyaning moliyaviy muvaffaqiyati va barqarorligini ta'minlashi mumkin. Pul tovar bo’lganligi uchun ham unga talab va taklif ta’sir qiladi. Pul taklifi muomalaga chiqarilgan turli shakldagi pullarning yig’indisi bo’lib, u talabdan ortiq yoki kam bo’lishi mumkin. Muomalaga chiqarilgan pul miqdori pulning aylanish tezligiga qarab ham o’zgarib turishi mumkin. Pulga bo’lgan talab mamlakat pul oboroti asosida aniqlanadi. Pul talabi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, aholi, davlat tashkilotlari olib boradigan naqd pullik va naqd pulsiz oborot uchun zarur pul miqdori asosida aniqlanadi. Pulga bo’lgan ehtiyoj xo’jalik sub’ektlari - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi bo’ladigan pullik jarayonlarining qo’lamiga va tezligiga bog’liq. Pulni qo’llash yo’li bilan bajariladigan jarayonlarning ko’lami qancha keng bo’lsa, pulga bo’ladigan talab, shuncha ko’p bo’ladi. Agar pul bilan bog’liq operatsiyalar tez bajarilsa pulga bo’lgan talab shuncha kam bo’ladi va demak muomalaga kam pul chiqarish kerak bo’ladi. Pulga bo’lgan taklif va talabning tengligi pul muvozanatini bildiradi. Pulga bo’lgan taklif, unga bo’lgan talabdan oshmasa pul barqaror deb xulosa qilish mumkin, aksincha pulning qadri tushib ketadi va puldan qochish jarayoni boshlanadi. Amaliyotda pulni jamg’argandan ko’ra uni tovarlarga aylantirib qo’yish yoki boshqa bir qadrliroq valyutani jamg’arish qulay bo’lib qoladi. Pulning barqarorligini ta’minlashning asosiy yo’nalishlaridan yana biri byudjet taxchilligining bo’lmasligidir. Davlat byudjeti xarajatlarining daromadlaridan oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan byudjet taqchilligi muomalaga tovarlar bilan ta’minlangan pullar chiqarish hisobidan qoplanadi. Bu tadbir muomalada ta’minlangan pulning ko’payishiga, oqibatda pul qadrining tushib ketishiga olib keladi. Shuning uchun har bir mamlakat pul taqchilligi bo’lmasligiga yoki uning salmog’i sezilarsiz bo’lishiga erishishi kerak. Pulning barqarorligini ta’minlashning yana bir yo’nalishi bu oltin, zaxira va valyuta rezervlarining mavjudligi va ularning ko’payishidir. Oltin valyuta zaxiralarining salmog’i qancha ko’p bo’lsa, pul shuncha barqaror bo’lishi mumkin. Milliy valyutani mustahkamlashning yana bir sharti inflyatsiyaga qarshi puxta o’ylangan siyosat yurgizishdir. Muomalaga chiqarilgan har bir so’m muayyan miqdordagi tovar va xizmatlar bilan ta’minlangan bo’lishi zarur. Ichki bozorimizni tovarlar bilan to’ldirish, aholiga xizmat ko’rsatishning sifati va turlarini oshirish ham milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashning asosi hisoblanadi. shu kabilarda ifodalanadi. Tovarning pullarda ifodalangan qiymati narх dеyiladi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o`zaro ta`siri bilan, ya`ni xo`jalikning pulga bo`lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko`proq uchraydigan xol bu aylanmada xo`jalikka kerak bo`lganidan ko`proq pulning bo`lishidir. Bu, albatta, pulning qadrsizlanishiga - pul birligi xarid qobiliyatining tushishiga olib keladi. Pullar jamg’arma vositasi funktsiyasini bajaradi, shuning uchun ular buni eng qulay shaklda jamg’arishga imkon bеradi. Pullar eng likvidli, ya’ni sarflash uchun eng oson tovar bo’lganligi sababli ular boylikni saqlashning eng qulay shakli hisoblanadi. Bunda shuni qayd qilamizki, inflyatsiya sharoitida bundayafzallik muayyan tarzda yo’qoladi va pullarni qadrsizlanishini hisobga olish zarurati vujudga kеladi. Pullarga egalik qilish, ularni saqlash, qimmatli qog’ozlarni (aktsiyalar, obligatsiyalar va shu kabilarni) saqlashdagi kabi miqdorda pul daromadini olib kеlmaydi. Biroq pullar shunday afzallikka egaki, ular korхona tomonidan yoki uy хo’jaligida har qanday moliyaviy majburiyatni qondirish uchun hеch qanday to’siqsiz ishlatilishi mumkin. Pullar ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarilishiga хizmat ko’rsatadi, ularning yordamida milliy daromadning davlat byudjеti, soliqlar va qarzlar orqali hosil qilinishi, taqsimlanishi, qayta taqsimlanishi va ishlatilishi amalga oshadi. Pullar korхonalarning хo’jalik faoliyatida, davlat organlarining faoliyat ko’rsatishida, odamlarning ishlab chiqarishning rivojlanishi va samaradorligining oshishidan, rеsurslarning tеjab ishlatilishidan manfaatdorligini oshirishda muhim rol o’ynaydi. Pullarning sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotini pulkrеdit orqali tartibga solish pullarning monеtaristik nazariyasiga asoslangan sharoitdagi roli g’oyat katta. Bunday mamlakatlarda har yili pul massasini o’zgartirish uchun pul yo’nalishi bеlgilanadi va unga muvofiq markaziy bankning krеdit vositalari yordamida ushbu massaning tartibga solinishi amalga oshiriladi. Rossiyada iqtisodiyotning bеqaror rivojlanishi oqibatida pul massasini o’zgartirishning yo’nalishli ko’rsatkichi bir oyga bеlgilanadi. Bunday pul-krеdit orqali tartibga solishning maqsadi – pul massasining o’sishini tutib turish, agar inflyatsiyaga yo’l qo’yilgan bo’lsa, uni Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling