Mavzu: pul oqimilari tahlili. Reja: kirish asosiy qism pul oqimlari to’g’risidagi hisobot tahlilining maqsadi vazifalari va axborot manbaalari
Pul oqimlari tahlilining to’g’ri va egri uslubi
Download 111.03 Kb.
|
PUL OQIMILARI TAHLILI KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- PM db + PM k - PM ch = PM do
- -jadval Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot qatorlari
- Asosiy (joriy) faoliyatdan pul mablag‘larining harakati
- Investitsion faoliyatdan pul mablag‘larining kirimi
- Moliyaviy faoliyatdan pul mablag‘larini harakati
- Faoliyat turlari bo‘yicha pul oqimi
- Ko‘rsatkichlar O‘tgan yilning shu davrida Hisobot
- Sum ma, ming so‘m Salmo g‘i, % Sum
- Pul mablag‘larini egri usuldagi tahlili.
- SPX = SF + AA - (ΔA + AA) + (ΔP - SF)
- PMj.f. = SF+ AA - ΔZ - ΔDM + (ΔKjamg‘. -SF) + ΔKM
3. Pul oqimlari tahlilining to’g’ri va egri uslubi.
To‘g‘ri usulda tahlilning metodologik asoslari. To‘g‘ri usul – xo‘jalik faoliyatidan pul mablag‘lari harakatini ijobiy va salbiy farqlanishlarini aniqlashning kassa usulida hisob-kitob qilinishidir72. Pul mablag‘larini to‘g‘ri usulda tahlil etishning metodologik asosi balans usuli hisoblanadi. Uning mazmunini quyidagilar tashkil etadi: pul qiymatliklarining davriy qiymatini hisobga olmaslik pul mablag‘larini qoldiq qismini aniqlash quyidagi tenglikka teng: Bu yerda: PMdb + PMk - PMch = PMdo PMdb, PMdo – pul mablag‘larining davr boshi va oxiriga qoldig‘i; PMk – pul mablag‘lari kirimi; PMch – pul mablag‘lari chiqimi. -jadval Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot qatorlari
Pul oqimini asosiy faoliyat bo‘yicha ijobiy natijasi moliyaviy salohiyatning yaxshiligini ifoda etadi Faoliyat turlari bo‘yicha pul oqimi
Korxonada pul oqimini tahlilidan shuni qayd etish lozimki, joriy davrda pul oqimining davr boshiga qoldigi 171.6 ming so‘mni, pul mablag‘lari kirimi (operatsion, investitsion, moliyaviy faoliyatdan) 6 280 ming so‘mni, pul mablag‘lari chiqimi 5 983.3 ming so‘mni tashkil etgan. Pul mablag‘larining davr oxiriga qoldig‘i 468.9 ming so‘mni tashkil etgan. Pul mablag‘lari kirimi va chiqimida asosiy ulushni asosiy faoliyatdan daromad va xarajatlar, investitsion faoliyatdan xarajatlar tashkil etgan. To‘g‘ri usulda tahlil etishning imkoniyatlari. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ma’lumotlar asosida pul mablag‘larining kirimi va chiqimini hisoblashni nazarda tutadi. Ya’ni, joriy manbasi buxgalteriya hisobining schyotlar rejasidagi axborotlar hisoblanadi. Pul mablag‘lari schyotidagi debet va kredit aylanmalari hajmi tahlilning zaruriy manbasi hisoblanadi. Barcha schyotlar bo‘yicha debet va kredit aylanmalari hajmi faoliyat turlari bo‘yicha qayta tarkiblanadi. To‘g‘ri usulda pul mablag‘larini tahlil etish quyidagi savollarga aniq javob topish imkonini beradi73: joriy faoliyatdan keladigan pul mablag‘larini faoliyat uzluksizligini va rejalashtirilgan investitsion faoliyatni ta’minlashga yetarlimi yoki yetishmasligini baholash; moliyaviy faoliyatdan keladigan pul mablag‘larining balanslangan sifatiga erishish uchun qancha mablag‘; asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyatdan xarajatlar va ularning kelish manbalarini korxona bo‘yicha jamlangan holda baholash; pul mablag‘lari kirimi va chiqimining ularning davr oxiriga qoldiq summalariga qay darajada ta’sir etishini baholash; faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘lari tarkibiga, har bitta faoliyat turi bo‘yicha sof pul mablag‘lari sof kirimi (chiqimi)ni baholashga imkon beradi. Joriy faoliyatdan sof pul mablag‘lari kirimi (chiqimi) ijobiy va salbiy holatlari kuzatiladi. Ijobiy holat – korxona faoliyatining va kelgusidagi rivojlanish strategiyasining o‘z mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligidan dalolat beradi. Investitsion faoliyatdan pul mablag‘larining salbiy holati uzoq muddatli aktivlarga investitsiya kiritish holatlarida kuzatiladi. Bu holat samaradorligi va natijaviyligida strategik qarorlar to‘g‘ri belgilangan bo‘lsa, joriy davr bo‘yicha xarajatlarni ko‘paytiradi va kelgusi davrlar bo‘yicha pul tushumlarining oshishiga olib keluvchi holat sifatida baholanadi. Moliyaviy faoliyatdan pul mablag‘larining sof harakatida ijobiy holat korxonaning kengaytirilgan faoliyatini tashqi manbalar hisobiga moliyalashtirilayotganligini bildiradi. Yuqoridagilarning aksi salbiy holatni ifoda etadi. Pul mablag‘larini egri usuldagi tahlili. Egri usulda pul mablag‘larini tahlil etishning axborot ta’minoti sifatida buxgalteriya balansi, metodologiya asosi tahlilning balans usuli hisoblanadi. Mazkur usulda pul mablag‘larining kirimida balans passivi moddalarining o‘sishi va aktiv moddalarning kamayishi, pul mablag‘lari chiqimida balans aktiv moddalarining ko‘payishi va passiv moddalarining kamayishini xarakterlaydi. Pul mablag‘lari ko‘payishida asosiy manba joriy davr foydasi va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Umumiy ko‘rinishda pul mablag‘lari harakatini, hisob-kitobini quyidagi formula asosida topish mumkin SPX = SF + AA - (ΔA + AA) + (ΔP - SF) Bunda: SF – joriy davr sof foydasi; AA – amortizatsiya ajratmalari; ΔA – aktivlarning o‘zgarishi; ΔP – passivlarning o‘zgarishi. Joriy faoliyatdan pul mablag‘larining sof harakati hisob-kitobi: PMj.f. = SF+ AA - ΔZ - ΔDM + (ΔKjamg‘. -SF) + ΔKM Bunda: ΔZ – zaxiralarning o‘sishi; ΔDM – debitorlik majburiyatlarining o‘sishi; ΔKM – kreditorlik majburiyatlarining o‘sishi (ΔKjam. - SF) – jamg‘arilgan kapitalning o‘sishi (taqsimlanmagan foyda va rezerv kapitalining) joriy davr foydasidan farqi (farq – joriy davrda ishlatilgan foyda summasi)ni xarakterlaydi. Joriy faoliyatdan sof pul mablag‘lari harakati: “+” sof foyda summasi amaortizatsiya, kirimga olingan schyotlardagi kamayish, kelgusi davr xarajatlarining o‘sishi, nomoddiy aktivlarni sotishdan zararlar, soliqlar bo‘yicha majburiyatlarning ortishi qo‘shiladi. “-” qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushumlar, avans to‘lovlari ortishi, TMZ o‘sishi, to‘lovga qabul qilingan schyotlarning kamayishi, majburiyatlarning kamayishi, bank kreditlarining kamayishi. Investitsion faoliyatdan sof pul mablag‘lari harakati hisob-kitobi: Download 111.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling