Mavzu: pul oqimilari tahlili. Reja: kirish asosiy qism pul oqimlari to’g’risidagi hisobot tahlilining maqsadi vazifalari va axborot manbaalari


Download 111.03 Kb.
bet3/9
Sana21.04.2023
Hajmi111.03 Kb.
#1373297
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PUL OQIMILARI TAHLILI KURS ISHI

Tahlil maqsadi: moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida pul oqimini obyektlari, faoliyat turlari, shakli va davri bo‘yicha o‘rganish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ichki va tashqi omillarga bog‘liq holdagi o‘zgarishlarini retrospektiv va perspektiv tahlilini amalga oshirish orqali ularni maqsadli boshqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Tahlil vazifalari:

  • pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni tasniflash, pul oqimini tarkib qatorlari bo‘yicha o‘rganish;

  • pul oqimini joriy tahlilini va istiqboldagi prognozlarini tashxislash;

  • pul oqimining sof kirimi va chiqimiga baho berish orqali biznes samaradorligiga baho berish;

  • pul oqimining moliyaviy holat va barqarorlikka ta’sir darajasini, ular naqdligining likvidlik va to‘lovga qobillikka ta’sirini baholash;

  • operatsion va moliyaviy richaglar orqali pul oqimini moliyaviy koeffitsiyentlarda baholash;

  • pul oqimini taktik boshqarishning aniq chora-tadbirlarini belgilab berish va ularni amalga oshirish.

Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va ularning kamchiliklari.
Inflyatsiya darajasi, moliyaviy hisobotlarni tuzish davriyligining uzoqligi, hisobga olish va kassali usulning muvofiq kelmasligi, pul oqimi to‘g‘risidagi analitik ma’lumotlarni olish imkoniyatlari cheklanganligi, axborotlarning ishonchligidagi muammoli jihatlar tahlilning eng muhim kamchiliklari hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarini keltirib chiqarish, shuningdek‚ keltirib chiqarilgan pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlaridan maqsadli va samarali foydalanish juda qiyin jarayon. Ya’ni pulni topish qiyin uni ishlatish undanda qiyin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida, xo‘jalik jarayonlarida doimo pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlariga zaruriyat seziladi. Negaki barcha munosabatlar ushbu oqim harakati bilan boshlanadi va tugaydi. Barcha moliyaviy munosabatlar ham ushbu birlik orqali tartiblanadi.
Har bitta xo‘jalik yurituvchi subyekt yetarli miqdorda pul va pul ekvivalentlari bilan ta’minlangan holdagina uning ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyati uzluksizligi ta’minlanadi. Agar ta’minotda uzilish bo‘ladigan yoki zaruriy likvid mablag‘larga yetishmovchiliklar kuzatiladigan bo‘lsa bunday subyektning nafaqat operatsion faoliyati‚ balki butun xo‘jalik faoliyatida tanglik yuzaga keladi, moliyaviy ahvoli qiyinlashadi va uni boshqarish yanada murakkablashadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromad keltiruvchi faoliyat turlari, shakllari qanchalik farqli bo‘lmasin, ularning pul mablag‘lari va pul ekvivalentlariga bo‘lgan ehtiyojlari bir xil sabablardan kelib chiqadi. Bu uzluksiz va davomli faoliyatni amalga oshirish aktivlarni sotib olish va joylashtirish, o‘z majburiyatlarida amalga oshirish, investorlarga daromadlarini to‘lash yuzasidan zaruriy amallarning bir xilligidan kelib chiqadi.
Pul mablag‘larining manbalarida birinchi navbatda xususiy kapitalning shakllanishiga ahamiyat qaratish lozim. Xususiy kapital xo‘jalik yurituvchi subyektning boshlang‘ich kapitalidir. Ushbu kapital asosiy va aylanma kapital minimumini ta’minlab beradi.
Pul oqimlarining shakllanishi va ularning ishlatilishidagi umumiy jihatlar bilan bir qatorda albatta har bitta korxonaning ularning harakati, tezligi yuzasidan o‘ziga xos jihatlari mavjud. Masalan: pul va pul ekvivalentlarining harakati savdoda, umumiy ovqatlanishda, qurilishda, sanoatda, qishloq xo‘jaligida bir-biridan tubdan farq qiladi. Bu tarmoq va bo‘g‘inning, korxona faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Pul mablag‘laridan samarali foydalanishni tashkil etish ko‘p jihatdan korxonalarda pul mablag‘larining harakatini optimal boshqarishni tashkil etilganligiga va ular ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yilganlik darajasiga bog‘liq. Biroq, ko‘plab korxonalarda pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarini boshqarish va doimiy nazorat qilishdagi kamchiliklar tufayli moliyaviy natijaviylikdagi ijobiy holat, debitorlik majburiyatlarini oshirib yuborish, undirilmagan qarzdorlikning ko‘payishi hisobiga moliyaviy holat yomonlashganligini ko‘rish mumkin. To‘g‘ri bu holat keyingi faoliyatlar uchun manba sifatida qaralishi mumkin, lekin ularning doimiy aylanishdan chetlanishlari tufayli korxona ish faolligi, likvidligi sustlashadi, moliyaviy ahvoli qiyinlashadi. Shu sababli, pul mablag‘larini boshqarishda har bitta korxonaning pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining faoliyat uzluksizligini ta’minlash, majburiyatlarning ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan taktik boshqaruvini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi.
Pul muomalasi – bu pullarning mamlakatning ichki iqtisodiy aylanishi, tashqi iqtisodiy aloqalar tizimidagi, tovarlar va xizmatlarning sotilishiga, shuningdek, uy xo’jaligidagi tovarsiz to’lovlarga xizmat ko’rsatadigan naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi harakatidir. Tovar ishlab chiqarish pul muomalasining ob’ektiv negizi bo’lib, undagi tovar olami tovarlarning ikki turiga: tovarlarning o’ziga va tovar-pullarga bo’linadi. Naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi pullar yordamida tovarlar, shuningdek, ssuda va fiktiv kapitallarning muomalasi jarayoni amalga oshiriladi.
Siyosiy iqtisod matematik maktabining yirik vakili, Xalqaro iqtisodiy jamiyat asoschilaridan biri va uning birinchi prezidenti (1931-1933) Irving Fisher (1867-1947) pullarning miqdoriy nazariyasini zamonaviylashtirishga katta hissa qo’shdi. U «Pullarning xarid qilish kuchi. Uning belgilanishi va kredit, foizlar va tanazzullarga munosabati» asarida (1911) pullar massasi bilan tovarlar narxlari darajasi o’rtasidagi bog’liqlikni formallashtirishga harakat qilgan. Tovarlar uchun to’langan pullar soni va sotilgan tovarlar narxlari summasi teng bo’lgani uchun buni I.Fisher tarozi bilan o’xshatmoqchi bo’ladi.
Matematik shaklda ayirboshlash tenglamasini quyidagi formula shaklida tasavvur etish mumkin:
M V = PQ,
bunda:  – (Expenditure) – pul muomalasining umumiy hajmi, ya’ni mazkur jamiyatda shu yil davomida tovarlarni sotib olish uchun sarflanadigan pullar summasi; M (Money) – ushbu jamiyatda yil davomida muomalada yurgan pullarning o’rtacha miqdori;

(Velocity) – ne’matlarga ayirboshlashdagi pullar aylanishlarining o’rtacha soni; P – (Price) – ushbu jamiyatda sotib olinadigan har qanday alohida tovarning o’rtacha sotish narxi; Q – (Quantity) – tovarlarning jami xarid qilingan soni.
Fisher formulasi oltin tangali standart sharoitida to’g’ri bo’lmaydi, chunki u pullarning ichki qiymatini hisobga olmaydi. Biroq oltinga almashtirilmaydigan qog’oz pullar muomala qiladigan sharoitda u muayyan mazmun kasb etadi. Bunday sharoitda pul massasining o’zgarishi, garchi I.Fisher tovarlar narxlarining mutloq elastikligini nazarda tutib, narx mexanizmini ma’lum ma’noda ideallashtirsa-da, lekin tovarlar narxlari darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Boshqa neoklassiklar kabi Fisher ham mukammal raqobatchilikka asoslanadi va o’z xulosalarini monopoliyalar hukmronlik qiladigan va narxlar oldingi elastikligini jiddiy yo’qotgan jamiyatga tegishli deb biladi.
Ko’pgina hozirgi iqtisodchilar ayirboshlash tenglamasini bir xillik, ya’ni MV=PQ sifatida tavsiflashadi. Gap shundaki, bu tenglama D – T ayirboshlash harakatini tovarlarning jami massasiga daxldor deb ifodalashga urinadi, ya’ni tovarlar sotib olingan pullar summasi sotib olingan tovarlar narxlari summasiga teng (bir xil). Bu tavtologiyadir va shuning uchun ayirboshlash formulasi narxlarning umumiy (mutloq) darajasini izohlash uchun xizmat qila olmaydi.
Miqdoriy nazariya tarafdorlarining faraz qilishicha, ayirboshlash formulasi mutloq kattalikni EQo ni izohlaydi (ayni bir vaqtda talab va taklif mexanizmi undan nisbiy tebranishlarni izohlaydi).
I.Fisher va uning izdoshlari shunday nuqtai nazarga amal qilishgan. Ular pullarning aylanish tezligi (V) va ishlab chiqarish darajasi (Q) muomalada yurgan pullar miqdoriga (M) va narxlar darajasiga (P) bog’liq bo’lmasligini asoslashga urinishgan. Ular pullarning aylanishi tezligi avvalo demografik (aholining zichligi va hokazo) va texnik (transport vositalarining soni va sifati va hokazo) parametrlarga bog’liq bo’ladi, deb faraz qilishgan. Ishlab chiqarish darajasi esa asosan mehnat bozorida yuzaga kelayotgan shart-sharoitlar bilan belgilanib, narxlar darajasi va muomalada yurgan pullar soniga bog’liq bo’lmaydi. Shubhasiz, bozor xo’jaligi hukmronlik qiladigan sharoitda bunday qoidalar yaqqol noreal tus kasb etadi.
Qiymat konuni va uning muomala doirasida yuzaga chikish shakli - pul muomalasi konuni tovar-pul munosabati mavjud bulgan barcha ijtimoiy formatsiyalarga xosdir. kiymat shakllari va pul muomalasi tarakkiyot yo’lini taxlil kilayotib, KMarks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan momala vositasi funktsiyasini amalga oshirish uchun kerak bolgan pul miqdori aniklanadi.Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina funktsiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortikcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga okib o’tishi kuzatilgan va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan. Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi muomalada pulning ortiqcha miqdori bo’lishini inkor etadi.
Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog’oz (xazina biletlari) amal qilsa, u xolda naqd pul muomalasi pul muomalasi konuniga asosan amalga oshadi.
Qog’oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo’lgan oltin pullarning miqdoriga teng bo’lganda pul muomalasida xech kanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. Yuqorida ko’rsatilgan talab pulning barqarorligini ta’minlaydi, shuningdek pul muomalasi mavjud bo’lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o’z kuchiga ega.
Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narxi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi.
Shunday qilib, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog’lik bo’lgan turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar baxosi xisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga tug’ri proportsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar baxosining oshishi muomalaga ko’p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi xisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko’rsatadi. Odatda pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo’lgan pul mikdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini boshqarishda shu muxim omillarga aloxida e’tibor berilishi zarur.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muximdir. Bular: iste’mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko’p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo’ladi;
- naqd pulsiz xisob - kitoblarning rivojlanishi;
- pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar.
Xar bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini xisobga olgan xolda ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur etkazadi. Bu xolda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar baxosidan oshib ketishi, ya’ni inflyatsiya bo’lishiga, yoki pul ocharchiligiga (etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o’zaro ta’siri bilan, ya’ni:
Xo’jalikning pulga bo’lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko’proq uchraydigan hol bu oborotda xo’jalikka kerak bo’lganidan ko’proq pulning bo’lishidir. Bu albatta, pulning qadrsizlanishiga - pul biriligining xarid qobiliyatining tushushiga olib keladi.



Download 111.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling