Mavzu: pul oqimilari tahlili. Reja: kirish asosiy qism pul oqimlari to’g’risidagi hisobot tahlilining maqsadi vazifalari va axborot manbaalari


Download 111.03 Kb.
bet6/9
Sana21.04.2023
Hajmi111.03 Kb.
#1373297
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PUL OQIMILARI TAHLILI KURS ISHI

ChDPi.d. = - (Δ OTA + AA)
Bunda:
Δ OTA – oborotdan tashqari aktivlar o‘sishi.
Investitsion faoliyatdan sof pul mablag‘lari harakati:
“+” moddiy aktivlar va qimmatli qog‘ozlarni sotishdan pul mablag‘lari kirimi;
“-” moddiy aktivlar va qimmatli qog‘ozlarni sotishdan pul mablag‘lari chiqimi.

  1. Moliyaviy faoliyatdan pul mablag‘lari sof harakati hisob-kitobi:

PMm.f. = ΔKinv + Δ Mu + Δ Mq
Bunda:
Δ Kinv – investitsiyalangan xususiy kapitalning o‘sishi (sotib olingan aksiyalar va qo‘shilgan kapital summasiga farq etuvchi ustav kapitali);
ΔMu – uzoq muddatli majburiyatlarning o‘sishi;
ΔMq – qisqa muddatli kreditlar va qarzlar summasining o‘sishi.
Moliyaviy faoliyatdan sof pul mablag‘lari harakati :
“+” oddiy aksiyalarning emissiyasi;
“-” qarzlarni qoplash va dividendlar to‘lovi


Pul oqimining to‘g‘ri usulda tahlili





Ko‘rsatkichlar



Joriy davr

O‘tgan
yilning shu davri

1.

Operatsion faoliyatdan pul oqimi

OF0

OF1

1.1.

Kirim:

OFk

OFk




Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan
kelib tushgan pul mablag‘lari










Boshqa tushumlar










Jami kirim







1.2.

Chiqim:

OFch

OFch




Material, tovar, ish va xizmatlar uchun
mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lari










Xodimlarga va ular nomidan to‘langan
pul mablag‘lari










Boshqa chiqimlar










Jami chiqim










Operatsion faoliyatning sof kirimi, chiqimi

OFsk/ch

OFsk/ch

2.

Investitsion faoliyatdan pul oqimi

IF0

IF1

2.1.

Kirim

IFk

IFk




Asosiy vositalarni sotish










Nomoddiy aktivlarni sotish










Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni
sotib olish










Boshqa kirimlar










Jami kirim










2.2.

Chiqim

IFch

IFch




Asosiy vositalarni sotib olish










Nomoddiy aktivlarni sotib olish










Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni
sotib olish










Boshqa chiqimlar










Investitsion faoliyatdan sof kirim,
chiqim

IFsk/ch

IFsk/ch

3.

Moliyaviy faoliyat pul oqimi

MF0

MF1

3.1.

Kirim:

MFk

MFk




Olingan foizlar










Olingan dividendlar










Aksiyalar chiqarishdan yoki xususiy
kapital bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa instrumentlardan kelgan pul tushumlari










Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar
bo‘yicha pul tushumlari










Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing)
bo‘yicha pul tushumlari










Boshqa kirimlar










Jami kirim







3.2.

Chiqim

MFch

MFch




To‘langan foizlar










To‘langan dividendlar










Xususiy aksiyalar sotib olingandagi pul
to‘lovlari










Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar
bo‘yicha pul to‘lovlari










Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing)
bo‘yicha pul to‘lovlari










Boshqa chiqimlar










Moliyaviy faoliyatdan sof kirim,
chiqim

MFsk/ch

MFsk/ch

4.

Tahlil qilinayotgan davrda pul
oqimining jami o‘zgarishi

PO

PO

Pul oqimini egri usuldagi hisob-kitoblari natijalari quyidagi jadval ma’lumotlarida aks etgan.





Pul oqimini egri usulda tahlili

Ko‘rsatkichlar

Summa, ming so‘m

Pul oqimini qoldig‘i

171.9

Sof foyda

974.0

Hisoblangan amortizatsiya

897

Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishdan natija

-

Boshqa korxonalarda qatnashishdan daromadlar

-

Ishlab chiqarish zaxiralaridagi o‘zgarishlar

228

Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmidagi
o‘zgarishlar

-

Kelgusi davr xarajatlari o‘zgarishi

7075

Tayyor mahsulot hajmidagi o‘zgarishlar

-

Debitorlik majburiyatlari o‘zgarishi

1063

Kreditorlik majburiyatlari o‘zgarishi

1077

Qisqa muddatli qo‘yilmalar o‘zgarishi

-

Kelgusi davr daromadlari o‘zgarishi

-

Joriy faoliyat bo‘yicha jami pul oqimi




Investitsion faoliyat




Kirim

889.0

Chiqim

2256.0

Investitsion faoliyat bo‘yicha jami pul oqimi

-1367

Moliyaviy faoliyat




Kirim:

570.0

Chiqim:

559.0

Moliyaviy faoliyatdan jami pul oqimi

-11.0

Pul oqimining davr oxiriga qoldig‘i




Pul oqimining davr boshiga qoldig‘i 171.9 mln so‘mni tashkil etgan. Joriy davrda sof foyda 974.0 mln so‘mni, hisoblangan amortizatsiya (897 mln.so‘mni), asosiy vositalarni hisobdan chiqarishdan natija (0.0 mln so‘m), boshqa korxonalarda qatnashishdan daromadlar (0.0 mln so‘m), ishlab chiqarish zaxiralaridagi o‘zgarishlar (228 mln so‘m), tugallanmagan ishlab chiqarish hajmidagi o‘zgarishlar (0.0 mln so‘m), kelgusi davr xarajatlari o‘zgarishi (7 075 mln so‘m), tayyor mahsulot hajmidagi o‘zgarishlar (0.0 mln so‘m), debitorlik majburiyatlarib o‘zgarishi (1 063 mln so‘m), kreditorlik majburiyatlari o‘zgarishi (1 077 mln so‘m), qisqa muddatli qo‘yilmalar o‘zgarishi (0.0 mln.so‘m), kelgusi davr daromadlari o‘zgarishi (0.0 mln so‘m), investitsion faoliyat kirimi (889.0 mln.so‘m), investitsion faoliyat chiqimi (2256.0 mln so‘mni), investitsion faoliyat bo‘yicha jami pul oqimi (1 367 mln so‘m), moliyaviy faoliyat kirimi (570.0 mln so‘m), moliyaviy faoliyat chiqimi (559.0 mln so‘m), sof pul oqimi (11.0 mln so‘m)ni tashkil qilgan. Pul mablag‘larining davr oxiriga qoldig‘i 468 mln so‘mga teng bo‘lgan.


4.Pul oqimlarini boshqarishning omilli tahlili.
Pul oqimini omilli tahlilida koeffitsiyent usulidan foydalaniladi. Bu usul pul oqimini maqsadli boshqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganishni talab etadi:

  • sof pul oqimining etarliligi;

  • sarflangan pul mablag‘larining rentabelligi;

  • olingan pul mablag‘larining rentabelligi;

  • o‘rtacha pul qoldig‘ining rentabelligi.

Sof pul oqimining etarliligi koeffitsiyenti quyidagi formula asosida aniqlanadi.
Kpm = PMk / PMch * 100%
Bu yerda:
PMk – pul mablag‘lari kirimi; PMch – pul mablag‘lari chiqimi.
Sarflangan pul mablag‘larining rentabelligi koeffitsiyenti quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Rpmch = F / PMch * 100%
Bu yerda:
F – korxona faoliyatining moliyaviy natijasi;
Bizning pul ta’minotida pul bazasidagi o’sishiga qaramasdan, ko’paytiruvchi pul kamayishini va faqatgina uncha katta bo’lmagan miqdorda ta’minlovchi pulning oshishini taxmin qiladi.1
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o’lchash imkoniyatini beruvchi ko’rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi:
1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya’ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig’I ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi.
2. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo’l cheklari. Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi.
3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlar. M2 hisoblashda summasi uncha katta bo’lmagan muddatli va jamg’arma depoztlar olinadi.
4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + jamg’arma sertifikati.
5. M4(L- AQShda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + korporativ obligatsiya + jamg’arma obligatsiyalar + bank akseptlari + pul bozori o’zaro fondlari paylari.
Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko’ra Markaziy bank pul agregatlarining qisqa muddatli davriy orqalidagi o’sishini e’tiborga olmasligi lozim, chunki pul agregatlarining qisqa davrda o’sishi mavsumiy omillar ta’sisirida bo’ladi. Shuning uchun pul massasining yillik o’sish sur’atlarini nazorat qilish lozim.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to’plamidan (guruhidan) foydalaniladi:
M-1 agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank schyotlaridagi mablag’larni o’z ichiga oladi;
M-2 agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg’arma qo’yilmalaridan (to’rt yilgacha) tarkib topgan;
M-3 agregati – o’z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit muassasalaridagi jamg’arma qo’yilmalarini kiritgan;
M-4 agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli sertifikatlaridan iborat.
AQSh da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va Germaniyada – 3 ta, Angliya va Frantsiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi.
Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan to’g’ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-kitobi uchun quyidagi pul agregatlari qo’llaniladi.
M-O agregati – naqd pullar;
M-1 agregati – M-O agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlar (maxsus schyotlar, kapital qo’yilmalar schyotlari, akkreditiv va chek schyotlari, mahalliy byudjet schyotlari, byudjet, kasaba, uyush-malari, jamoat va boshqa tashkilotlarning schyotlari, davlat sug’urta mablag’lari, uzoq muddatga kreditlash fondi) dagi mablag’lar ti-jorat banklariga qo’yilmalar va jamg’arma banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlarning yig’indisiga teng;
M-2 agregati – M-1 agregati va jamg’arma banklaridagi muddatli qo’yilmalardan iborat;
M-3 agregati – M-2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom obligatsiyalari yig’indisidan iborat.
Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo’lish mumkin, ya’ni pul massasining aktiv qismi – bu pul mablag’larining xo’jalik faoliyatidagi turli xil shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog’liq qismi va ikkinchisi passiv qism – jamg’ar-madagi pullar va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablag’ va jamg’armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aktsiyalarini o’z ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari «kvazi» - “qariyb pullar” deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo’lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.
O‘zbekistonda pul massasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat.
M0– naqd pullar;
M1– M0 + schyotlardagi pul qoldig‘i + mahalliy byudjet mablag‘lari + byudjet, jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari;
M2 –M1 + tijorat banklaridagi muddatli jamg‘armalar;
M3 – M2 + sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Pul agregatlari M1 va M2 ning bir-biridan farqi M2 ning o‘z tarkibiga yaqin orada pulga aylanishi mumkin bo‘lgan «kvazi» - qariyb pullarni olishdadir.
Pul massasining turli xil ko‘rsatkichlarini ishlatish pul muo-malasi holatini tahlil qilishga turli tomonlardan yondashishga im-kon beradi.
Mamlakat miqyosida pul massasi hajmining o‘zgarishi muomala-dagi pul massasining o‘zgarishi natijasi va pulning aylanish tez-lashganligining natijasi bo‘lishi mumkin.
Pulning aylanish tezligi – pul muomala va to‘lov vositasi sifa-tida amal qilgandagi uning harakat ko‘rsatkichidir. Uning miqdori ni hisoblash qiyin, shuning uchun uni hisob-kitob qilishda bil-vosita ma’lumotlardan foydalaniladi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda asosan pul aylanish tez-ligi o‘sishining ikki ko‘rsatkichi hisoblanadi:
–daromadlar aylanmasi pulning muomalada bo‘lish tezligi ko‘rsatkichi. Bu ko‘rsatkich yalpi milliy mahsulot (yamm) yoki milliy daromadning pul massasiga, aniqrog‘i M-1 yoki M-2 pul agregatiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich pul muomalasi va iqtisodiy rivojlanish jarayoni orasidagi o‘zaro aloqadorlikni ko‘rsatadi;
– to‘lov aylanmasida pulning aylanuvchanlik ko‘rsatkichi. Bu ko‘rsatkich joriy bank hisob raqamlari bo‘yicha o‘tkazilgan mablag‘lar yig‘indisining pul massasi o‘rtacha qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Pulning aylanish tezligi o‘zgarishi umumiqtisodiy (iqtisodiyot-ning davriy rivojlanishi, iqtisodiy o‘sish, narxlar sur’atlari), ham to‘la monetar (to‘lov aylanmasi tarkibi, kredit operatsiyalari va o‘zaro hisob-kitoblarning rivojlanishi, pul bozorida foiz stavka-larning darajasi va h.k. lar) omillariga bog‘liq.
Pul aylanishining tezlashuviga metall pullarning kredit pul-lar bilan almashishi, o‘zaro hisob-kitoblar tizimining rivojla-nishi, banklar ishiga EHMning kiritilishi, pullik hisob-kitob-larda elektron vositalarning ishlatilishi yordam beradi.
Pul qadrsizlangan hollarda iste’molchilar pullarining to‘lov qobiliyatini saqlab qolish uchun ko‘proq tovarlar ko‘proq xarid qiladilar. Bu esa pul aylanishini tezlashtiradi. Boshqa ko‘rsatkichlar o‘zgarmas bo‘lganida pul aylanishining tezlashishi pul massasi oshishini bildiradi.
Siz hozir bitta bankning butun bank tizimidan farqli ravishda deposit jalb qilishini ko’ramiz. Chunki bitta bank faqatgina o’zining ortiqcha zaxiralariga teng miqdorda deposit jalb qila olishi mumkin, uning o’zi mustaqil bir necha marta depozitni ko’paytira olmaydi. Bankning bir o’zi ortiqcha zaxiralaridan ko’p miqdorda kredit bera olmaydi, chunki bank boshqa banklarga berilgan kreditlardan yaratilgan depozit kabi zaxiralarini yo’qotadi. Shunga qaramasdan, bank tizimi bir necha marta depositni ko’paytirishi mumkin, chunki bitta bank ortiqcha zaxiraini yo’qotgani bilan individual bank bu zaxiraidan ayrilishi mumkin, lekin bu zaxira bank tizimidan chiqib ketmaydi. Shuning uchun har bir bank kredit beradi va deposit jalb qiladi, zaxiralar boshqa bankda ham yo’lini topadi, ular qo’shimcha kredit berishda va qo’shimcha deposit yaratishda qo’l keladi. Ko’rib turganingizdek, bu jarayon depozitning bir necha marta oshishida dastlabki zaxira natijalarining oshishiga qadar davom etadi.



Download 111.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling