Mavzu: Pul oqimlarini boshqarishning omilli tahlili. Pul oqimlari harakatini tezlashtirish imkoniyatlarini aniqlash. Reja


Download 40.61 Kb.
bet1/4
Sana28.02.2023
Hajmi40.61 Kb.
#1236362
  1   2   3   4
Bog'liq
Pul oqimlarini boshqarishning omilli tahlili. Pul oqimlari harakatini tezlashtirish imkoniyatlarini aniqlash.


Mavzu: Pul oqimlarini boshqarishning omilli tahlili. Pul oqimlari harakatini tezlashtirish imkoniyatlarini aniqlash.

Reja:
1.Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot tahlilining maqsadi vazifalari va axborot manbaalari.
2.Asosiy moliyaviy va investitsion faoliyat bo’yicha pul oqimlari tahlili.
3.Pul oqimlari tahlilining to’g’ri va egri uslubi.

1.Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot tahlilining maqsadi vazifalari va axborot manbaalari.
Tahlil maqsadi: moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida pul oqimini obyektlari, faoliyat turlari, shakli va davri bo‘yicha o‘rganish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ichki va tashqi omillarga bog‘liq holdagi o‘zgarishlarini retrospektiv va perspektiv tahlilini amalga oshirish orqali ularni maqsadli boshqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Tahlil vazifalari:

  • pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni tasniflash, pul oqimini tarkib qatorlari bo‘yicha o‘rganish;

  • pul oqimini joriy tahlilini va istiqboldagi prognozlarini tashxislash;

  • pul oqimining sof kirimi va chiqimiga baho berish orqali biznes samaradorligiga baho berish;

  • pul oqimining moliyaviy holat va barqarorlikka ta’sir darajasini, ular naqdligining likvidlik va to‘lovga qobillikka ta’sirini baholash;

  • operatsion va moliyaviy richaglar orqali pul oqimini moliyaviy koeffitsiyentlarda baholash;

  • pul oqimini taktik boshqarishning aniq chora-tadbirlarini belgilab berish va ularni amalga oshirish.

Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va ularning kamchiliklari.
Inflyatsiya darajasi, moliyaviy hisobotlarni tuzish davriyligining uzoqligi, hisobga olish va kassali usulning muvofiq kelmasligi, pul oqimi to‘g‘risidagi analitik ma’lumotlarni olish imkoniyatlari cheklanganligi, axborotlarning ishonchligidagi muammoli jihatlar tahlilning eng muhim kamchiliklari hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarini keltirib chiqarish, shuningdek‚ keltirib chiqarilgan pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlaridan maqsadli va samarali foydalanish juda qiyin jarayon. Ya’ni pulni topish qiyin uni ishlatish undanda qiyin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida, xo‘jalik jarayonlarida doimo pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlariga zaruriyat seziladi. Negaki barcha munosabatlar ushbu oqim harakati bilan boshlanadi va tugaydi. Barcha moliyaviy munosabatlar ham ushbu birlik orqali tartiblanadi.
Har bitta xo‘jalik yurituvchi subyekt yetarli miqdorda pul va pul ekvivalentlari bilan ta’minlangan holdagina uning ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyati uzluksizligi ta’minlanadi. Agar ta’minotda uzilish bo‘ladigan yoki zaruriy likvid mablag‘larga yetishmovchiliklar kuzatiladigan bo‘lsa bunday subyektning nafaqat operatsion faoliyati‚ balki butun xo‘jalik faoliyatida tanglik yuzaga keladi, moliyaviy ahvoli qiyinlashadi va uni boshqarish yanada murakkablashadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromad keltiruvchi faoliyat turlari, shakllari qanchalik farqli bo‘lmasin, ularning pul mablag‘lari va

pul ekvivalentlariga bo‘lgan ehtiyojlari bir xil sabablardan kelib chiqadi. Bu uzluksiz va davomli faoliyatni amalga oshirish aktivlarni sotib olish va joylashtirish, o‘z majburiyatlarida amalga oshirish, investorlarga daromadlarini to‘lash yuzasidan zaruriy amallarning bir xilligidan kelib chiqadi.


Pul mablag‘larining manbalarida birinchi navbatda xususiy kapitalning shakllanishiga ahamiyat qaratish lozim. Xususiy kapital xo‘jalik yurituvchi subyektning boshlang‘ich kapitalidir. Ushbu kapital asosiy va aylanma kapital minimumini ta’minlab beradi.
Pul oqimlarining shakllanishi va ularning ishlatilishidagi umumiy jihatlar bilan bir qatorda albatta har bitta korxonaning ularning harakati, tezligi yuzasidan o‘ziga xos jihatlari mavjud. Masalan: pul va pul ekvivalentlarining harakati savdoda, umumiy ovqatlanishda, qurilishda, sanoatda, qishloq xo‘jaligida bir-biridan tubdan farq qiladi. Bu tarmoq va bo‘g‘inning, korxona faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Pul mablag‘laridan samarali foydalanishni tashkil etish ko‘p jihatdan korxonalarda pul mablag‘larining harakatini optimal boshqarishni tashkil etilganligiga va ular ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yilganlik darajasiga bog‘liq. Biroq, ko‘plab korxonalarda pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarini boshqarish va doimiy nazorat qilishdagi kamchiliklar tufayli moliyaviy natijaviylikdagi ijobiy holat, debitorlik majburiyatlarini oshirib yuborish, undirilmagan qarzdorlikning ko‘payishi hisobiga moliyaviy holat yomonlashganligini ko‘rish mumkin. To‘g‘ri bu holat keyingi faoliyatlar uchun manba sifatida qaralishi mumkin, lekin ularning doimiy aylanishdan chetlanishlari tufayli korxona ish faolligi, likvidligi sustlashadi, moliyaviy ahvoli qiyinlashadi. Shu sababli, pul mablag‘larini boshqarishda har bitta korxonaning pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining faoliyat uzluksizligini ta’minlash, majburiyatlarning ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan taktik boshqaruvini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi.

Download 40.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling