Mavzu: pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi va
Download 176.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi va hisobi
MAVZU: PUL TUSHUMLARINI INKASSATSIYA QILISH TARTIBI VA HISOBI. Bankda kassa ishini tashkil etish Bankda naqd pullar va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarish, bank kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlash hamda ularni tashish, bank kassa tarmog‘ini hamda bank binosi va binodan tashqarida kassalarni qurish, jihozlash va qo‘riqlash ishlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishi lozim. Bosh bank tomonidan bir yilda kamida bir marotaba o‘z tasarrufidagi bank filiallarida kassa ishini tashkil etilishi va kassa operatsiyalarini qonunchilik hujjatlarida talablariga rioya etilishi tekshirilishi lozim. Bank o‘z mijozlariga kassa xizmatini ko‘rsatish uchun alohida ajratilgan kassa tarmog‘iga hamda kassa xodimlariga ega bo‘lishi lozim. Naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan hamda kassa operatsiyalarini bajaruvchi barcha xodimlar bilan (shu jumladan, kechki kassaning buxgalter-nazoratchisi bilan ham) moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Bankning kassa tarmog‘i, tashkil etiladigan kassalar Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qo‘yiladigan texnik talablarga (ro‘yxat raqami 2816, 2016-yil 26-iyul) to‘liq rioya etilgan holda qurilishi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jihozlangan bo‘lishi shart. Bank tomonidan mijozlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatish uchun bank (filial) binosida va binodan tashqarida tashkil etilgan barcha turdagi kassalarni qurilishi, zaruriy asbob-uskunalar bilan jihozlanishi, kassa uzelining tayyorligi va dasturiy- texnik vositalar bilan jihozlanganligi bo‘yicha Bosh bank mutaxassislari tomonidan berilgan ijobiy xulosa asos bo‘lib hisoblanadi. Bank rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri kassa ishini to‘g‘ri tashkil etish, naqd pullar va boshqa qimmatliklar but saqlanishini ta’minlash hamda mijozlarga ushbu Yo‘riqnoma talablari asosida kassa xizmatlari ko‘rsatilishi uchun mas’uldirlar. Bank tomonidan mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bankda kassa operatsiyalarini bajarish va mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish uchun aylanma kassa va chakana amaliyotlar kassalari tashkil etiladi. Aylanma kassa bank binosida tashkil etilib, bank mijozi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatadi hamda unga tegishli bo‘lgan barcha banknot va tangalar hisobi 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘ida yuritiladi. Bank aylanma kassasi orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatishda, buxgalteriya bo‘limi xodimlarini chetlab o‘tgan holda kassir tomonidan kassa hujjatlarining ijro uchun qabul qilinishi taqiqlanadi. Bank tomonidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan chakana kassa xizmatlari turi hamda kassa operatsiyalarining hajmidan kelib chiqqan holda, Bosh bank ruxsati bilan aholidan omonatlarni qabul qilish, qaytarish va ularga hisoblangan foizlarni to‘lash, kommunal, soliq va boshqa bir martalik to‘lovlarni qabul qilish, shuningdek valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatish uchun (milliy va xorijiy valyutalarda alohida yoki birlashtirilgan holda) chakana amaliyotlar kassalari tashkil etilishi mumkin. Mijozlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida bank (filial) binosidan tashqarida mini bank kassasi, bank xizmatlari ofisi kassasi va maxsus kassalar ham tashkil etilishi mumkin. Bank binosida va bank binosidan tashqarida tashkil etilgan chakana amaliyotlar kassalarida kassa operatsiyalari bilan birgalikda valyuta ayirboshlash operatsiyalari ham amalga oshirilgan taqdirda, ulardagi naqd pul va qimmatliklar hisobi bankning hisob siyosatiga muvofiq yuritiladi. Mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish bank xodimlari tomonidan qabul qilib olingan kassa hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bank kassasi orqali mijoz bajaradigan barcha kassa operatsiyalariga asos bo‘lib xizmat qiluvchi kassa hujjatlari mijoz tomonidan to‘ldiriladi. Kompyuterda rasmiylashtirilib, chop etilgan hamda mijoz tomonidan imzolangan hujjatlar ham bank kassirlari tomonidan qabul qilishini mumkin, qat’iy hisobda turuvchi blanklar bundan mustasno. Kassa operatsiyalarini bajarish uchun asos bo‘lgan barcha kassa hujjatlarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi (tegishli hisobvaraqlarni to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilishi, hujjatdagi mijoz imzosining bankka taqdim etilgan imzo namunasiga mos kelishi, mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarni kassa hujjatida to‘g‘ri qayd etilishi) hamda ularning hisobini yuritilishi (mijozga chiqim kassa operatsiyalarini uning hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida bajarilishi) uchun bank buxgalteriyasining tegishli xodimlari mas’ul hisoblanadi. Download 176.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling