Mavzu: pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi va
Inkassatsiya xizmatini tashkil etish
Download 176.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi va hisobi
Inkassatsiya xizmatini tashkil etish Bankning naqd pul va boshqa qimmatliklarini tashish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumlarini o‘z vaqtida inkassatsiya qilish va daxlsizligini ta’minlagan holda belgilangan manzillarga yetkazib berish maqsadida inkassatsiya xizmatlari tashkil etiladi. Bankning naqd pul va boshqa qimmatliklarini tashish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilish, shuningdek, bank yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlari bilan tuzilgan shartnomaga asosan ularning vakili tomonidan qabul qilib olingan qimmatliklarni kuzatib borish ishlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bankning naqd pul va boshqa qimmatliklarini tashish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilish Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarida maxsus tezkor (operativ) avtotransport vositasi sifatida ro‘yxatga olingan avtotransport vositalari yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashish va inkassatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajaruvchi inkassatsiya xizmatining har bir xodimi bilan moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzilishi lozim. Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalarini mas’ul tarkibiy bo‘linmalari Markaziy bankning “Respublika inkassatsiya xizmati” davlat unitar korxonasi (bundan buyon matnda Respublika inkassatsiya xizmati deb yuritiladi) ishini muntazam ravishda tekshirib va nazorat qilib borishlari shart. Tekshiruv jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklar Markaziy bankka hamda Respublika inkassatsiya xizmatiga yozma ravishda ma’lum qilinishi lozim. Respublika inkassatsiya xizmatining mas’ul xodimlari aniqlangan xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan zaruriy choralarni ko‘rishlari kerak. Download 176.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling