Mavzu: pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi va


Kirim kassa operatsiyalarini bajarish


Download 176.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana20.11.2023
Hajmi176.08 Kb.
#1787425
1   2   3   4
Bog'liq
Pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi va hisobi

 
Kirim kassa operatsiyalarini bajarish 
Bank kassasiga kirim qilinayotgan naqd pullar va boshqa qimmatliklar 
kassirlar tomonidan saralangan va donalab sanalgan holda qabul qilinishi shart. 
Bank kassalariga naqd pullarni qabul qilish quyidagi hujjatlarga asosan 
amalga oshiriladi: 
a) 
bank 
mijozlari 
bo‘lgan 
xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektlardan 
Yo‘riqnomaning 2-ilovasidagi naqd pullarni topshirish e’loni bo‘yicha; 
b) bank xodimlari tomonidan bankka yetkazilgan zararni qoplash uchun, 
xizmat safariga olingan bo‘nakning sarflanmagan qismini qaytarish va boshqa shu 
kabi holatlarda bank xodimlaridan mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasidagi kirim 
kassa orderi (bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan naqd puldagi kirim 
operatsiyalarini, xususan bankning bir hisobvarag‘idagi naqd pullarini ikkinchi bir 
hisobvaraqqa kirim qilishda, shuningdek olib kelingan madad pullarini bank 
kassasiga kirim qilishda foydalaniladi) bo‘yicha; 
v) jismoniy shaxslardan kommunal to‘lovlarni qabul qilish, aholiga 
kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan maxsus 
blanklar bo‘yicha; 


g) jismoniy shaxslardan bir martalik (soliq to‘lovlaridan tashqari) to‘lovlarni 
mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi aholidan bir martalik 
to‘lovlarni qabul qilish blanki bo‘yicha; 
d) aholidan bank depozit hisobvaraqlariga omonatlarni naqd pulda qabul 
qilish mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi kirim kassa orderi 
bo‘yicha; 
e) jismoniy shaxslardan soliq to‘lovlarini qabul qilish mazkur 
Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi jismoniy shaxsning soliq to‘lovlari 
uchun maxsus blanki asosida amalga oshiriladi. 
Naqd pullarni topshirish e’loni uch qismdan — “e’lon”, “kvitansiya” va 
“order”dan iborat. Ushbu kirim hujjatining “e’lon” qismi kunlik kassa hujjatlariga 
tikiladi, “kvitansiya” qismi kirim kassasi kassiri tomonidan imzolangan va 
kassaning muhri bosilgan holda naqd pulni topshirgan mijozga, “order” qismi esa 
buxgalteriya xodimiga beriladi. 
Kirim kassa orderi uch nusxada to‘ldiriladi. Uning birinchi nusxasi kunlik 
kassa hujjatlariga tikiladi, ikkinchi nusxasi buxgalteriya xodimlariga va uchinchi 
nusxasi kirim kassasi kassirining imzosi va muhri qo‘yilgan holda naqd pulni 
topshirgan bank xodimiga beriladi. 
Bank bir hisobvaraqdagi naqd pullarni ikkinchi bir hisobvaraqqa kirim 
qilishda kirim kassa orderi ikki nusxada rasmiylashtiriladi hamda uning birinchi 
nusxasi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi va ikkinchi nusxasi buxgalteriya 
xodimlariga beriladi. 
Fuqarolardan soliq to‘lovlarini qabul qilishda foydalaniladigan jismoniy 
shaxsning soliq to‘lovlari uchun maxsus blanki uch qismdan — “xabarnoma”, 
“patta” va “kirim orderi”dan iborat. Maxsus blankning “kirim orderi” deb 
nomlangan qismi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, “patta” qismi soliqni to‘lagan 
jismoniy shaxsga va “xabarnoma” qismi (bankning buxgalteriya bo‘linmasi 
xodimlari tomonidan) tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga, ularning 
so‘rovnomasiga asosan taqdim etiladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt bank kassasiga naqd pullarni topshirishdan oldin 
buxgalteriya bo‘limi xodimlariga murojaat etishi lozim. Buxgalteriya xodimlari 
kirim kassa hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini 
yuritish 
va 
buxgalteriya 
ishlarini 
tashkil 
qilish 
tartibi 
to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) talablari asosida 
to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirib, ularni kirim kassa jurnaliga qayd etgan 
holda kirim kassasi kassiriga topshiradi. 
Kirim kassasi kassiri kirim hujjatlarini qabul qilishda: 
hujjat bankning buxgalteriya xodimlari tomonidan imzolanganligini
ushbu imzolarning kassirda saqlanayotgan imzo namunalariga mos kelishini; 
hujjat mijoz tomonidan imzolanganligini; 
hujjatda ko‘rsatilgan summaning raqam va so‘zlar bilan to‘g‘ri 
yozilganligini hamda ularning o‘zaro mosligini tekshiradi va kirim kassa jurnaliga 
imzo qo‘yib, kirim kassa hujjatlarini qabul qilib olganligini tasdiqlaydi. 
Kirim kassasi kassiri kirim hujjati bo‘yicha mijozni chaqirib, u 
topshirayotgan naqd pullarini saralab va birma-bir sanab, qabul qilib oladi. 


Mijoz naqd pullarni bir vaqtning o‘zida bir qancha hisobvaraqlarga kirim 
qilish uchun bir nechta kirim hujjatlari asosida topshirsa, bunday hollarda kassir 
naqd pulni har bir kirim hujjati bo‘yicha alohida qabul qilib olishi shart. 
Kirim kassasi kassiri mijozdan naqd pullarni qabul qilib olayotganida, uning 
stoli ustida qabul qilinayotgan pullardan boshqa naqd pul va boshqa qimmatliklar 
bo‘lmasligi, kassir tomonidan avval qabul qilingan barcha pullar stol tortmalarida, 
metall shkaflarda yoki seyflarda saqlanishi kerak. 
Kirim kassasi kassirining ish joyi shunday jihozlangan bo‘lishi kerakki, unda 
naqd pullarni topshirayotgan mijozga, uning pullarini kassir tomonidan saralash, 
sanash jarayonini bevosita kuzatish uchun imkoniyati yaratilgan bo‘lishi kerak. 
assir mijozning naqd pullarini qabul qilib olganidan so‘ng, kirim kassa 
hujjatida ko‘rsatilgan summani, saralab va sanab qabul qilinganida haqiqatda 
chiqqan naqd pullar summasi bilan taqqoslab ko‘radi. Tafovut aniqlanmasa kirim 
kassasi kassiri: 
naqd pullarni topshirish e’lonining “e’lon”, “kvitansiya” va “order” 
qismlariga imzo qo‘yib, kvitansiya qismiga muhr bosadi hamda uni mijozga beradi; 
kirim kassa orderlarining uchta nusxasiga ham imzo qo‘yib, uchinchi 
nusxasiga muhr bosadi va uni mijozga beradi. 
33. Mijoz tomonidan topshirgan naqd pullar summasi kirim hujjatidagi 
summadan: 
kam bo‘lsa, mijozga yetishmayotgan summani topshirish yoki kirim kassa 
hujjatini qaytadan rasmiylashtirish; 
ko‘p bo‘lsa, mijozga ortiqcha summa qaytariladi yoki kirim kassa hujjatini 
qaytadan rasmiylashtirish taklif etiladi. 
Mijoz kirim kassa hujjatini qaytadan rasmiylashtirgan taqdirda, buxgalteriya 
xodimi kirim kassa jurnalidagi tegishli (dastlabki) summa ustidan chiziq tortadi va 
haqiqatda topshirilgan naqd pul summasini yozib, qayta rasmiylashtirilgan hujjatni 
belgilangan tartibda kirim kassasi kassiriga topshiradi. 
Kirim kassa hujjatlari buxgalteriyaning kirim kassa jurnalida qayd etilib, 
kirim kassasi kassiriga taqdim etilganidan so‘ng, mijoz tomonidan bank kassasiga 
naqd pullar topshirilmasa, kassir ushbu kirim kassa hujjatini buxgalteriya xodimiga 
qaytarib berishi lozim. Bunda bank kassasiga mijoz tomonidan naqd pullar nima 
sababdan topshirilmaganligi aniqlangach, buxgalteriya xodimi kirim kassa 
jurnalidagi tegishli yozuvlar ustidan chiziq tortadi va ushbu tuzatish kassir imzosi 
bilan tasdiqlanadi. Ushbu ijro etilmagan kirim kassa hujjati bank bosh buxgalteri 
xabardor etilgan holda buxgalteriya xodimi tomonidan yo‘q qilinadi. 
Kassir bank ish kuni davomida qabul qilib olgan naqd pullarni mazkur 
Yo‘riqnomaning 7-bobida belgilangan tartibda saralaydi, sanaydi va o‘rab 
bog‘laydi. 
Mijoz tomonidan topshirilayotgan naqd pullar orasidan shubhali, to‘lovga 
yaroqsiz yoki qalbaki pullar aniqlanganda, kirim kassasi kassiri bu haqida kassa 
mudiriga xabar qilishi hamda bunday pullarni tekshirish uchun unga topshirishi 
shart. 
Bank kassa mudiri shubhali pullarni to‘lovga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligi 
bo‘yicha asoslangan holda xulosa chiqarishga qiynalsa, bunday hollarda shubhali 


pullarni mazkur Yo‘riqnomaning 15-bobida belgilangan tartibda mijoz arizasiga 
asosan ekspertizaga qabul qilinishi mumkin. 
Favqulodda vaziyatlar, baxtsiz hodisalar oqibatida naqd pullar jiddiy 
shikastlangan bo‘lsa, ularning haqiqiyligi va to‘lovga yaroqli ekanligiga to‘liq 
ishonch hosil qilingach, bank kassa mudirining ruxsati bilan ular muomalaga yaroqli 
pullarga almashtirib berilishi mumkin. 
Bank kassalariga topshirilgan shikastlangan, lekin to‘lovga yaroqli ekanligi 
shubha uyg‘otmaydigan banknot va tangalarni almashtirib berilishi, buxgalteriya 
o‘tkazmalarisiz, hech qanday kassa hujjatlari rasmiylashtirilmagan holda amalga 
oshiriladi. 
Shikastlangan, lekin “to‘lovga yaroqli” banknotlar almashtirib berilganida, 
ularga “Almashtirilgan” degan bank kassirining to‘rtburchak muhri bosiladi. 
Shikastlangan banknotlarga, uning almashtirilgan sanasi, pulning haqiqiyligini 
ko‘zdan kechirgan kassa xodimining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilib, 
imzosi qo‘yiladi. Shikastlangan banknotlar “eskirgan” pullar toifasiga o‘tkaziladi. 
Shikastlangan, lekin “to‘lovga yaroqli” banknotlarning butligini saqlash 
maqsadida, kassirlarga ushbu banknotlarni butun holda kalkaga yoki yupqa 
qog‘ozga yopishtirish shuningdek, tabiiy eskirish, kislota to‘kilgan yoki yong‘in 
oqibatida kuygan pullarni alohida o‘rab-bog‘lash tavsiya etiladi. Bank kassirlari 
tomonidan shikastlangan, lekin “to‘lovga yaroqli” pullarni polimer materiallar 
(skotch, sellofan va boshqalar) bilan yelimlash qat’iyan man etiladi. 
Kassirlar tomonidan banknot va tangalarning to‘lovga yaroqli ekanligini 
aniqlashda qiyinchilik tug‘ilsa, bunday holda yakuniy xulosani kassa mudiri, zarur 
hollarda esa bank rahbari qabul qiladi. 
Mijoz tomonidan bank kassasiga topshirilayotgan naqd pullar orasida 
“to‘lovga yaroqsiz” yoki “qalbaki” pullar mavjud ekanligi aniqlanib, ushbu holat 
kassa mudiri tomonidan tasdiqlansa, bunday holatda mijozga bu haqida batafsil va 
asosli tushuntirishlar berilishi shart. Mijoz bank kassasiga topshirayotgan naqd 
pulini “to‘lovga yaroqsiz” ekanligiga ishonch hosil qilgach, bunday banknotga kirim 
kassasi kassirining bank nomi tushirilgan “Almashtirib berish rad etildi” yozuvli 
to‘rtburchak muhri bosiladi va mazkur qarorni qabul qilgan kassa xodimining imzosi 
qo‘yiladi. “Almashtirib berish rad etildi” degan to‘rtburchak muhr bosilgan 
banknotlar mijozga qaytarib berilmaydi. 
Mijoz kassa xodimlari tomonidan qabul qilinayotgan pulning “to‘lovga 
yaroqsiz” yoki “qalbaki” ekanligini asoslash bo‘yicha bildirilgan mulohazalaridan 
qoniqish hosil qilmasa, u holda mijozning xohishiga ko‘ra, uning arizasiga asosan 
(ushbu 
banknotga 
hech 
qanday 
muhr 
bosilmagan 
holda) 
mazkur 
Yo‘riqnomaning 15-bobida belgilangan tartibda ekspertizaga qabul qilinishi 
mumkin. 
Qabul qilinayotgan naqd pullar orasidan shubhali, to‘lovga yaroqsiz yoki 
qalbaki pul aniqlansa, ushbu pul summasi bank kassasiga mijozdan qabul qilingan 
naqd pullar summasini hisoblashda hisobga olinmaydi, balki mijozga uning o‘rnini 
qoplash yoki haqiqatda qabul qilingan naqd pullar summasiga kirim kassa hujjatini 
qaytadan rasmiylashtirish taklif etiladi. 


 Har qanday holatda ham shubhali, to‘lovga yaroqsiz, qalbaki pullar 
mijozlarga qaytarib berilmaydi. Bunda bankda aniqlangan: 
shubhali pul ekspertizaga qabul qilinganida, bunday pulning nominal 
qiymati bo‘yicha 90141 — “Ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va 
boshqa boyliklar” hisobvarag‘iga kirim qilish uchun mazkur Yo‘riqnomaning 6-
ilovasiga muvofiq shaklda balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha kirim kassa 
orderi rasmiylashtirilishi lozim; 
qalbaki yoki to‘lovga yaroqsiz pulning har bir donasini 1 so‘m shartli bahoda 
90145 — “To‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar” hisobvarag‘iga kirim qilish 
uchun balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha kirim kassa orderi rasmiylashtirilishi 
kerak. Qalbaki pul bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 81-bandi talablari asosida 
tegishli choralar ko‘rilishi lozim. 
Kirim kassasi kassiri qabul qilib olgan naqd pullarni, zarur hollarda, bank ish 
kuni davomida kassa mudiriga bir necha marta topshirishi mumkin. Bunday hollarda 
har safar, kirim kassasi kassiri naqd pullarni kassa mudiriga topshirishdan avval, 
haqiqatda qabul qilib olgan naqd pullarini kirim kassasi hujjatlarida qayd etilgan 
summalarga mos kelishini tekshirishi, topshirayotgan naqd pul bog‘lamlari 
(dastalarini) qayta sanab ko‘rishi lozim. Shuningdek, tegishli yozuvlarni mazkur 
Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq 155-shakldagi kitobga qayd etib, kassa 
mudiriga imzo qo‘ydirgan holda topshirishi kerak. 
Kirim kassasi kassiri bank ish kuni yakunida kirim kassasi hujjatlarining 
umumiy sonini va umumiy summasini 155-shakldagi kitobda qayd etadi hamda 
kirim kassa hujjatlari summasini haqiqatda qabul qilib olgan naqd pullar summasi 
bilan taqqoslab ko‘radi. Shuningdek, saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarni 
93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” balansdan tashqari hisobvarag‘i 
bo‘yicha rasmiylashtirilgan kirim kassa orderlarida qayd etilgan ma’lumotlar bilan 
taqqoslaydi. Tafovutlar aniqlanmasa, mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq 
109-shakldagi kirim kassa hujjatlarining soni va summasi hamda saqlashga qabul 
qilingan qimmatliklar soni va summasi to‘g‘risida ma’lumotnoma tuzadi hamda 
imzolaydi. 
Kirim 
kassasi 
kassiri 
va 
buxgalteriya 
xodimi 
109-shakldagi 
ma’lumotnomada qayd etilgan kassa aylanmalarini, kirim kassasi jurnalidagi 
yozuvlar bilan taqqoslaydi. Tafovutlar aniqlanmagan taqdirda, kirim kassasi 
jurnalini yurituvchi buxgalteriya xodimi 109-shakldagi ma’lumotnomaga, kirim 
kassasi kassiri esa buxgalteriyaning kirim kassasi jurnalidagi umumiy summani 
tasdiqlagan holda imzo qo‘yadi. Ushbu taqqoslashning amalga oshirilishi va mas’ul 
xodimlar tomonidan yuqoridagi hujjatlarning imzolanishi bankning bir kunlik kirim 
kassa operatsiyalari yakunlanganligini hamda bir kunlik kirim kassa operatsiyalari 
tegishli hujjatlarda to‘g‘ri qayd etilganligini bildiradi. 
Kirim kassasi kassiri kassadagi naqd pullar qoldig‘ini o‘rab-bog‘laydi 
hamda qoldiq summasini o‘zining 155-shakldagi kitobiga qayd etadi. Kirim kassasi 
kassiri 109-shakldagi ma’lumotnoma bilan birga kirim kassa hujjatlarini kassa 
mudiriga topshiradi. 
Kassa mudiri 109-shakldagi ma’lumotnomada qayd etilgan yozuvlarni kirim 
kassa hujjatlari bilan taqqoslaydi hamda kassirning 155-shakldagi kitobida qayd 


etilgan yozuvlarni tahlil qiladi. Shuningdek, saqlash uchun topshirilgan 
qimmatliklarni, balansdan tashqari hisobvaraq bo‘yicha kirim kassa orderida qayd 
etilgan ma’lumotlar bilan taqqoslab ko‘radi. 
Tafovutlar aniqlanmasa, kassa mudiri kirim kassasidagi barcha naqd pul va 
boshqa qimmatliklarni, kassirning 155-shakldagi kitobiga imzo qo‘ygan holda qabul 
qilib oladi va o‘zining 155-shakldagi kitobiga bu to‘g‘risida tegishli yozuvlarni qayd 
etadi hamda kirim kassasi kassirining 109-shakldagi ma’lumotnomasi to‘g‘ri 
tuzilganligini tasdiqlagan holda, uni imzolaydi va kirim kassa hujjatlarini kunlik 
kassa hujjatlari yig‘majildiga tikish uchun ushbu ishga mas’ul bo‘lgan kassa 
xodimiga topshiradi. 
Bank kassalariga bank ish kuni davomida kirim qilingan barcha naqd pullar 
va boshqa qimmatliklar, shu ish kunining o‘zida aylanma kassaga kirim qilinishi va 
bank balansining tegishli hisobvaraqlarida aks ettirilishi lozim. 
Naqd pul tushumiga ega bo‘lgan mijozlardan tushum pullarini bevosita bank 
kassasiga qabul qilib olish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. 
Naqd pul tushumlari solingan va belgilangan tartibda plombalangan 
sumkadagi (qopdagi) naqd pul tushumlarini bank filialiga o‘zlari olib kelgan 
mijozlar mazkur Yo‘riqnomaning 8a-ilovasiga muvofiq shakldagi blankni to‘ldirgan 
holda inkassa xonasiga topshiradi. 
Naqd pulni qabul qilgan kassa xodimlari (bank ish kuni mobaynida mas’ul 
kassa xodimlari, bank ish kuni yakunlangach yoki dam olish kunlari kechki kassa 
xodimlari) mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan blankning kvitansiya 
qismiga imzo qo‘ygan va muhr bosgan holda uni mijozga qaytarib beradi. 
Bank kassa tarmog‘ida inkassa xonasi alohida yoki ish hajmidan kelib 
chiqqan holda kirim, chiqim kassalarida yoki mijozlarga kassa xizmati 
ko‘rsatiladigan boshqa kassa xonalarida tashkil etiladi. 
Bank filialining qayta sanash kassasi kassirlari ushbu sumkadagi (qopdagi) 
naqd pullarni saralanishi, sanalishi, tushum pullarni mijozning hisobvarag‘iga kirim 
qilinishi, bankdagi mijozning bo‘sh sumkasini (qopini) unga qaytarib berish hamda 
ushbu kassa operatsiyalarini bajarishga doir hujjatlarning rasmiylashtirilishi mazkur 
Yo‘riqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

Download 176.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling