Mavzu: pulning xalqaro munosabatlardagi xarakati


Xalqaro rezerv valyutalar


Download 0.49 Mb.
bet4/17
Sana23.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1388873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
PULNING XALQARO MUNOSABATLARDAGI XARAKATI.

3. Xalqaro rezerv valyutalar.
Xalqaro rezerv valyutalar (reserve currency) – dunyoning
Barcha mamlakatlarida xalqaro to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan Yetakchi valyutalar. Yetakchi valyutalarga “xalqaro rezerv valyuta” degan maqomni Xalqaro valyuta fondi (XVF) ekspertlari beradi.
XVF mezonlari bo‘yicha, xalqaro rezerv valyuta deganda
Davlatlaming xalqaro zaxiralari saqlanadigan va xalqaro kreditlar Beriladigan valyutalar tushuniladi. XVF tomonidan hozirgi kunda AQSH dollari (USD), yevro (EUR), Buyuk Britaniya funt sterlingi (GBP), Yaponiya (JPY) iyeni va Xitoy yuaniga (CNY) xalqaro rezerv valyuta maqomi berilgan.
AQSH dollari va Buyuk Britaniya funt sterlingiga xalqaro rezerv
Valyuta maqomi 1944-yilda, Bretton-vuds jahon valyuta tizimi shakllanayotganda berilgan edi. 1976-1978-yillarda Yamaykada bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada to‘rtinchi jahon valyuta tizimi tashkil topdi va unda yana ikkita valyutaga – Yaponiya iyeni va GFR markasiga xalqaro rezerv valyuta maqomi berildi. 1999-yilning 1-yanvaridan boshlab yevroning muomalaga kiritilishi doychemarkani muomaladan chiqib ketishiga sabab bo‘ldi va uning maqomi yevroga berildi.
Xalqaro rezerv valyutalar nominal almashuv kursining barqaror emasligi, ularni sezilarli diapazonlarda tebranayotganligi jahon valyuta tizimining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib turibdi. Ayniqsa, AQSH dollari va yevroning nominal almashuv kurslarini tez-tez tebranib turishi kuzatilmoqda. AQSH davlat qarzining nisbatan katta ekanligi, savdo balansida katta miqdordagi defitsitning mavjudligi, davlat byudjeti defitsitining katta ekanligi Federal zaxira tizimi (FZT) tomonidan amalga oshirilayotgan qayta moliyalash siyosatining moslashuvchanlik
Darajasining yuqori ekanligi dollaming nominal almashuv kursini sezilarli darajada katta diapazonlarda tebranishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, jahon valyuta tizimining barqarorligiga nisbatan salbiy ta’simi yuzaga keltiradi. Holbuki, AQSH dollari hamon Dunyoning asosiy rezerv valyutasi b o‘lib turibdi. 2018-yilning 1-yanvar holatiga, SDRning “valyuta savatida” AQSH dollarining salm og‘i 41,7 foizni tashkil etadi.
So‘nggi yillarda AQSH dollari kursining sezilarli darajadagi
Diapazonlarda tebranishi kuzatilmoqda. Bu esa, boshqa mamlakatlaming haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Buning sababi shundaki, boshqa davlatlar o‘zlarining milliy valyutalarining nominal almashuv kursini AQSH dollariga nisbatan belgilaydilar. Shu sababli, AQSH dollari kursining tebranishi milliy valyutalaming almashuv kurslarini Tebranishiga olib keladi.
Xalqaro rezerv valyutalar kurslarining nobarqarorligi o‘zbekistonRespublikasi iqtisodiyotiga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, milliy valyutamiz – so‘mning nominalalmashuv kursi asosiy rezerv valyuta bo‘lgan AQSH dollariga nisbatan aniqlanadi. Demak, AQSH dollari kursining barqaror emasligi bevosita
So‘mning nominal almashuv kursining barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadi.Shu sababli, xalqaro rezerv valyutalaming almashuv kurslarini nobarqaror emasligini hisobga olgan holda, o ‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so’mning nominal almashuv kursi barqarorligini ta’minlash maqsadida uning valyuta kursini AQSH dollari, yevro va yaponiya ienidan tashkil topadigan “valyuta savati”ga nisbatan aniqlashni joriy qilish taklifi muhim ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida so‘mning nominal almashuv kursining tebranish diapazoni sezilarli darajada qisqaradi.
Xalqaro valyuta operatsiyalarining 90 foizga yaqin qismi xalqaro
Rezerv valyutalar maqomiga ega bo‘lgan 5 ta valyutada (AQSH dollari, yevro, Yaponiya ieni, Buyuk Britaniya funt sterlingi, Shveytsariya firanki) amalga oshiriladi.
Rezerv valyuta — mamlakat hukumati va Markaziy banki valyuta, pul mablagʻlari zaxiralarini tashkil etishda, tashqi savdo operatsiyalari va boshqalarda foydalanadigan erkin almashtiriladigan, kurelari boʻyicha gʻoyat barqaror chet el valyutalari.
Rezerv valyutadan koʻpincha davlatlar oʻrtasida xalqaro hisob-kitoblarda hamda tashqi savdo, investitsiya va boshqa operatsiyalar bilan bogʻliq toʻlovlar uchun foydalaniladi.
Rezerv valyuta sifatida faqat erkin almashtiriladigan, istiqbolda barqaror toʻlov qobiliyatiga ega valyutalar tanlab olinadi. Rezerv valyuta — Xalqaro valyuta fondi (XVF) Nizomining 8bandida belgilangan talablarga toʻliq javob bera oladigan hamda mazkur fondning kapitalini toʻldirib borish uchun aʼzo davlatlar tomonidan toʻlovlarni amalga oshirishda foydalaniladigan valyuta turi boʻlishi zarur. Undan tashqari, Rezerv valyuta sifatida jahon iqtisodiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsata oladigan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda oʻziga xos mavqega ega mamlakatlarning milliy valyutalari tanlab olinadi.
Xalqaro amaliyotda dollar (AQSH), yevro, Buyuk Britaniya funt sterlingi, Yaponiya iyenasi, Shveysariya frankidan Rezerv valyuta tarzida foydalaniladi. Valyuta kurelaridan koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar boʻyicha xatarlarning oldini olish maqsadida Markaziy banklar hukumat tasarrufidagi oltinvalyuta zaxiralarini turli valyutalar boʻyicha diversifikatsiya kilishda aynan Rezerv valyutaga (Mas, AQSH dollariga) asoslanadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling