Mavzu: pulning xalqaro munosabatlardagi xarakati


Download 0.49 Mb.
bet1/17
Sana23.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1388873
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
PULNING XALQARO MUNOSABATLARDAGI XARAKATI.



MAVZU: PULNING XALQARO MUNOSABATLARDAGI XARAKATI.
Reja:
Kirish
1.Pulning xalqaro munosabatlardagi harakatini yuzaga keltiruvchi omillar.
2.Erkin ishlatiladigan valyutalar.
3. Xalqaro rezerv valyutalar.
4. Qattiq valyutalar.
5. Yumshoq valyutalar.
6. Xalqaro valyuta bozori.
7. Valyuta kurslari va unga tasir qiluvchi ommillar.
8. Valyuta kursi rejimlari.
9. Savdo balansi, to`lov balansi va ularning holati.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.
Tayanch iboralar : Pul. Qatiq valyuta. Yumshoq valyuta. Savdo balanisi. Valyuta kurslari. Pulning jahon xo‘jaligida amal qilishi. Kapitalning xalqaro harakati.


Kirish
Kapitalning xalqaro harakati - bukapitalning chet elda joylashtirilishi ` va faoliyat qilishi. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:
- xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo`li bilan harakati ko`pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi.
- pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar,
patentlar, nau-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo`lishi mumkin.
- qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida;
- ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida.
Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar bo`yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. Tadbirkorlik kapitali to`g`ridan-to`g`ri va portfeli investitsiyalardan iborat bo`ladi. To`g`ridan- to`g`ri investitsiyalar shu kapital hisobiga qurilgan ob’ekt (korxona)lar ustidan nazorat qilish huquqini beradi, portfelli investitsiyalar esa bunday huquqni bermaydi. U odatda aksiya paketlari hamda obligatsiya va boshqa qimmatli qog`ozlar shaklida beriladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o`z ifodasini mehnat resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko`chib o`tishida topadi. Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy, oilaviy va boshqa xarakterdagi omillar ham taqozo qiladi. Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o`z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya-mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishni, immigratsiya-mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling