Mavzu: qadimgi dunyo xalqlarining jismoniy tarbiyasi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana24.09.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1687212
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-Amaliy. Jis.Tar.tarixi

koptokchovgonlardan foydalanib o‘ynaladigan xokkey to‘pidagi yozgi va qishki 
o‘yinlar rasm bo‘lgan. 
Ba’zi bir manbalar ibtidoiy jamoa odamlarida disk uloqtirish mashqi ham 
bo‘lganligi ko‘rsatadi. To‘g‘ri, hali bu musobaqa turi har tomonlama mustaqil 
bo‘lmagan balki kompleks xarakterdagi o‘yinlar tarkibiga kirgan. 
“Disk” kaktus o‘simligidan tayyorlangan va yumaloq shakilda bo‘lgan. Oldin 
kaktusdan tikanlar tozalangan. Disk ham o‘ng, ham chap qo‘l bilan uloqtirilgan. 
O‘ynovchilar ikki to‘daga bo‘lingan. Birinchi to‘dadagi o‘yinchilar navbat bilan 
diskni uloqtiradigan paytda ikkinchi to‘dadagi o‘yinchilar (navbat bilan) uchib 


kelayotgan diskga yoy o‘qi bilan tekizishga harakat qilganlar. O‘qi nishonga 
tegmagan o‘yinchilar o‘yindan chiqarilgan. 
Yuqorida aytilgan gaplar hozirgi zamon sporti va jismoniy mashqlarning qator 
elementlari onalik urug‘chiligi davrida paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. 
Patriarxat davrida jismoniy madaniyat xususiyatlari. 
Temir plug va boltaning paydo bo‘lishi, plug bilan ishlash dehqonchiligi va 
chorvachilikning rivojlanishi ovning xo‘jalik ahamiyatini barbod qildi. Chorva 
mollari tutish va dehqonchilik qilish uyda erkak kishining hukumron bo‘lishini 
ta’minladi. Oila katta patriarxat oilaga aylana boshlaydi. Monogamiyaga-yagona 
nikohlikka o‘tila boshlanadi. Patriarxat oilalar yig‘indisi patriarxal, urug‘ini yoki 
urug‘chilik jamoasini tashkil etadi, urug‘lar yig‘indisi va umum qabila еrlariga ega 
bo‘lish qabilalarni hosil qiladi. 
Qabilalararo munosabatlarning rivojlanishi bilan o‘zaro madaniy ta’siri 
kuchayadi, jismoniy madaniyat tajribasi ham boyib boradi. Ko‘pgina qabila o‘yinlari 
va jismoniy mashqlardan endi bir qancha qabilalar bahramand bo‘ldi. Onalik 
urug‘chiligi sharoitida ma’lum bo‘lmagan, jangovar musobaqa o‘yinlari paydo 
bo‘ladi. Jangovar shon-shavkat va shuhrat tushonchalari tug‘uladi.
Patriarxat taraqqiyotining ilk bosqichida qabilalar o‘rtasida tug‘iladigan 
janjallar ko‘pincha bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan qabila sakillarining kurashi 
(yakkama-yakka kurashi) bilan hal etilar edi. Ba’zan janjallar birgalikda shodiyona 
mehmondorchiliklar tashkil etish, bir-biriga sovg‘alar berish, aka-o‘g’a tutinish va 
hokazolar bilan tugar edi.
Jismoniy mashqlar qabilalar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarining rivojlanishi 
va mustahkamlanishida katta rol o‘ynar edi. Qabilalar o‘rtasida o’tkaziladigan 
musobaqalar jarayonida jamoa shon-sharaf, o‘zaro bir-birini quvvatlash ancha zaif 
raqibga rioyagarchilik qilish tushunchalari va boshqa tushunchalar rivojlanib borar 
edi. Kelishmovchiliklarni musobaqa yo‘li bilan hal etish patriarxat sharoitida 
yashagan ko‘pgina qabila va elatlarda ko‘rilgan. Masalan, eskimoslarda (XIX 
asrning boshlarida) turli guruhlarning to‘qnashuvi vaqtida har bir guruhdan 
jangchilar tanlab olishgan. Ular tayoqbozlikda musobaqalashib, ulardan biri 


еngildim, demago‘ncha musobaqa davom etgan. Qoryaklar, to‘nguslar va 
cho‘qchilar orasida sport kurashi shaklidagi yakkama-yakka olishuv keng tarqalgan 
edi. Yangi Tvineyadagi ko‘pgina G‘arbiy Yevropa tadqiqotchilari musobaqa 
o‘yinlarining bolalar va kattalar o‘rtasidagi o‘zaro musobaqalarni doimiy urushlar 
shaklida, musobaqa o‘yinlarini esa “bu urushlarning nus’hasi” shaklida tasvirlashga 
harakat qilgan burjua olimlarining uydirmalarini rad etadi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling