Mavzu: Qadimgi Hindiston va Xitoydagi falsafiy maktablar


Download 83.27 Kb.
Sana20.11.2020
Hajmi83.27 Kb.
#148627
Bog'liq
2-mavzu

Samarqand Davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakulteti 204-guruh talabasi Abduvohidov JavohirningFalsafa fanidan tayyorlagan prezintatsiyasi

Mavzu:Qadimgi Hindiston va Xitoydagi falsafiy maktablar.

Qadimgi hind jamiyati hayoti haqida xabar beruvchi birinchi manba Vedalar bo’lib, taxminan eramizdan oldingi 1500 va 600 yillar orasida tarkib topgandirlar .

  • Vedalar - samxitlar – to’rt xilda mavjuddirlar . Rigvada
  • (xudolarga madhiya), Samaveda (kuylar, ashulalar, hamdu sano),
  • Yadjurveda (qurbonlik qilish paytida aytiladigan ifodalar va
  • hikmatli so’zlar) va Atxarveda (afsunlar).
  • Vedalar adabiyotining ikkinchi qatlam Braxmanlar bo’lib, ularda
  • dunyoning kelib chiqishi va paydo bo’lishi, birinchi javhar
  • sifatidagi suv haqidagi qoidalar to’g’risidagi fikrilar va boshqalar
  • uchraydi.

Vedalar adabiyotining uchinchi qatlami Aranyaklar, yoki «O’rmonlar kitobi» bo’lib, o’rmonlarda yashovchi tarki dunyo qilgan kishilar uchun mo’ljallangan. Uy sohibi holatidan tarki dunyochilikka o’tish «faoliyat yo’li»dan «bilimlar yo’li»ga o’tish sifatida qabul qilindi.

  • To’rtinchi qatlam – Upanishadlar vedalar adabiyotini yakunlaydi.
  • Upanishadlarning eng muhim qismi hayot charxi (sansara)
  • haqidagi qoida va qilmishiga yarasha mukofot qonuni (karma)dir .
  • Inson hayoti cheksiz qayta tug’ilish zanjirida muayyan shakl
  • sifatida qabul qilinadi.

Xitoy falsafasining manbalari - Bilim darajasining mumtoz kitoblarida yoritilgan. Ashulalar kitobi (er . oldingi XI-VI asrlar) xalq she’riyatining to’plamidir; Tarix kitobi (er .ol. 1-mingyillikning boshlari) – rasmiy hujjatlar to’plami bo’lib, tarixiy voqealar bayonidir;

  • Tartib kitobi (er .ol. IV -I asrlar) siyosiy va
  • diniy rasm-rusumlarni, ijtimoiy va siyosiy faoliyat me’yorlarini
  • tasvirlaydi. Bahor va kuz kitobi (er .ol. VII-IV asrlar) axloqiy va
  • rasmiy - adabiy masalalarni hal etish uchun namuna sifatida
  • xizmat qildi. Xitoy falsafasi o’zining gullab-yashnagan vaqtiga «urushuvchi
  • davlatlar» deb atalgan davrda erishdiki, uni Xitoy falsafasining
  • «oltin davri» (er .av . VI-III asrlar) deb atadilar .

Asosiy falsafiyyo’nalishlar quyidlagilardan iborat edi:inyan,konfusiychilik,daosizm, ismlar maktabi,moizm,legizm.Konfusiychilik axloqiy qoidalar va ijtimoiyboshqaruvmasalalariga diqqat-e’tiborni qaratdi.

  • Konfusiychilik uchun eng mukammal
  • namuna o’tmish edi. Konfusiy (er .ol. 551-449 yy .) o’zi haqida
  • shunday degan edi: «Eskini bayon qilaman va yangini
  • yaratmayman». U va uning izdoshlari jamiyatning parchalanib
  • ketishidan bezovta bo’lganliklari sababli asosiy e’tiborni insonni
  • o’z atrofdagilarga va jamiyatga nisbatan hurmat ruhida
  • tarbiyalashga qaratdilar . Shaxs o’zi uchun emas, balki jamiyat
  • uchun shaxsdir . Konfusiychilik axloqi insonni uning ijtimoiy
  • vazifasi bilan bog’liq ravishda tushunadi, ta’lim va tarbiyani esa,
  • insonni ana shu vazifasini bajarishga olib keladigan narsa sifatida
  • idrok qiladi.

Konfusiychilikning asosiy axloqiy-siyosiy qoidalari quyidagilardan iborat edi:

  • 1. «xalqni shafqat bilan boshqarish va xalq ichiga xulq-atvor
  • qoidalari yordamida tartibni joriy qilish»;
  • 2. «osmon irodasidan qo’rqish» va «o’lganlar ruhini hurmat bilan
  • yodga olish»;
  • 3. «tug’ma bilimlarga ega bo’lganlar» (mukammal donishmandlar)
  • va «o’qish-o’rganish natijasida bilimga ega bo’lganlar»
  • mavjudligini tan olish, ya’ni o’qish-o’rganish tufayli bilimlarni
  • kasb etish imkoniyati borligi va ta’lim-tarbiyaning buyuk rolini
  • qayd etish;
  • 4. «Oltin o’rtamiyonalik yo’li», «ikki qarama-qarshi qirrani qo’lda
  • ushlab, ammo xalq uchun o’rtachasidan foydalanish» qoidasini
  • qo’llash, ya’ni qarama-qarshiliklarni yumshatish va murosasozlik
  • nazariyasiga rioya etish.

Download 83.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling