Mavzu: Qadimgi turkiy tilning o’zbek adabiy tili taraqqiyotidagi ro’li


Qadimgi turkiy tillarning va umuman turkiy tillarning oʻrganilishi, ularning ayrim fonetikgrammatik xususiyatlari haqida q. Turkiy tillar, Turkiyshunoslik, Eski oʻzbek tili


Download 30.64 Kb.
bet5/12
Sana01.04.2023
Hajmi30.64 Kb.
#1317908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu Qadimgi turkiy tilning o’zbek adabiy tili taraqqiyotidagi-fayllar.org

Qadimgi turkiy tillarning va umuman turkiy tillarning oʻrganilishi, ularning ayrim fonetikgrammatik xususiyatlari haqida q. Turkiy tillar, Turkiyshunoslik, Eski oʻzbek tili.

O‘rxun-Enasoy yodgorliklarining fonetik va morfologik xususiyatlari.

O‘rxun-yenisey yodgorliklari o‘zaro yaqin boMgan ikki xil alifbo - o‘rxun va yenisey xatida. Talas bitiglari esa ularga o‘zakdosh uchinchi alifboda bitilgan. O‘rxun yozuvi turkshunoslik va yozuv tarixiga oid asarlarda «0 ‘rxunYenisey yozuvi», «Yenisey-o‘rxun yozuvi», «Sibir yozuvi», «turkiy run(a) yozuvi», «ko‘k turk yozuvi» deb yuritiladi. Barcha mavjud yozuvlarda bo‘lganidek, 0 ‘rxun-Yenisey yozuvi ham zamoni va makoni bilan bogMiq boMgan ayrim shakliy farqlartufayli o‘rxun, turfon va yenisey variantlariga ega. Bulaming eng qadimiysi o‘rxun variantidir. Mazkur yozuv arab yozuvi singari o‘ngdan chapga qarab yozilgan va o‘qilgan fonetik yozuv tizimiga kiradi. Har bir tovush yoki tovushlar birikmasi maxsus harflar bilan ifodalanib, bir-biriga ulanmay, yakka-yakka yozilgan. Ko‘p hollarda (asosan, so‘z boshi va o‘rtasida) unli harflar yozilmagan, tinish belgilar ishlatilmagan. So‘zlar, ba’zan morfema yoki so‘z birikmalarini bir-biridan ajratish uchun ular o ‘rtasiga ikki nuqta (:) qo‘yilgan, shartli ravishda u «ayirg‘ich» deb atalgan.

Shunday qilib. qandaydir eng qadimgi tilning boMganligi taxmin qilinadi. Bu tilga xos umumiy leksik, fonetik va grammatik belgi-xususiyatlar esa hozirgi mo‘g‘ul, turkiy va tungus-manchjur tillarida saqlanib qolgan». Mutaxassislarning fikricha, qadimgi davrlardan milodiy V asrgacha bo‘lgan muddat “Eng qadimgi turkiy til” davri deb yuritiladi4. Adabiyotlarda bu davr oltoy va xun bosqichlariga ajratiladi. Oltoy davrining xarakteri, bu davrda yashagan xalqlar va ulaming tili haqida aniq ma’lumotlar beruvchi tarixiy yodgorliklar yo‘q. Bu davr tilining ayrim xususiyatlari o‘lik tillarning eng qadimgi belgilari bilan hozirgi jonli tillarni tarixiy-qiyosiy usul asosida o‘rganish orqali taxminiy ravishda aniqlanishi mumkin. Tarixiy taraqqiyot jarayonida tillarning qo‘shilishi, ajralib ketishi natijasida oltoy davrining oxirlarida bu tillar tabaqalanadi va ikkita katta til guruhlariga bo‘linadi, ya’ni tungus-manchjur va turk-mo‘g‘ul tillar guruhlari ajralib chiqadi.


Download 30.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling