Mavzu: Qadimgi turkiy tilning o’zbek adabiy tili taraqqiyotidagi ro’li


Download 30.64 Kb.
bet6/12
Sana01.04.2023
Hajmi30.64 Kb.
#1317908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu Qadimgi turkiy tilning o’zbek adabiy tili taraqqiyotidagi-fayllar.org

Shunday qilib. qandaydir eng qadimgi tilning boMganligi taxmin qilinadi. Bu tilga xos umumiy leksik, fonetik va grammatik belgi-xususiyatlar esa hozirgi mo‘g‘ul, turkiy va tungus-manchjur tillarida saqlanib qolgan». Mutaxassislarning fikricha, qadimgi davrlardan milodiy V asrgacha bo‘lgan muddat “Eng qadimgi turkiy til” davri deb yuritiladi4. Adabiyotlarda bu davr oltoy va xun bosqichlariga ajratiladi. Oltoy davrining xarakteri, bu davrda yashagan xalqlar va ulaming tili haqida aniq ma’lumotlar beruvchi tarixiy yodgorliklar yo‘q. Bu davr tilining ayrim xususiyatlari o‘lik tillarning eng qadimgi belgilari bilan hozirgi jonli tillarni tarixiy-qiyosiy usul asosida o‘rganish orqali taxminiy ravishda aniqlanishi mumkin. Tarixiy taraqqiyot jarayonida tillarning qo‘shilishi, ajralib ketishi natijasida oltoy davrining oxirlarida bu tillar tabaqalanadi va ikkita katta til guruhlariga bo‘linadi, ya’ni tungus-manchjur va turk-mo‘g‘ul tillar guruhlari ajralib chiqadi.

O‘rxun-Yenisey yodgorliklari o‘z navbatida , uch tarmoqqa bo‘linadi.

O‘rxun-Yenisey yodgorliklari o‘z navbatida , uch tarmoqqa bo‘linadi.

Yenisey yodgorliklari. Bu hozirgi Yenisey va Tuva avtonom viloyatidan topilgan yodgorliklardir.

2. O‘rxun yodgorliklari. Mo‘g ‘uliston hududidagi O‘rxun daryosi bo‘yidan topilgan Kultegin, To'nyuquq yodgorliklaridir.

3. Talas yodgorliklari. Hozirgi QozogMstonning Jambul viloyatidan topilgan yodgorliklardir.

Turk xoqonligi tarkibiga kirgan turklarning bevosita davomchisi vorisi bo‘lgan uyg‘urlar juda katta meros - o‘sha davr tilini aks ettiruvchi yozma yodgorliklarqoldirganlar. Bu yodgorliklar birin-ketin yozilganligi - tadrijiy jihatdan ikki davrga boMinadi. Birinchi davrga xos obidalar eng qadimgi yodgorliklar bo‘lib, ular o‘rxun yozuvi obidalari bilan umuriiiylikka ega bo‘lgan bitigtoshlardan iborat. Bular ichida eng mashhuri Kultegin va To‘nyuquq sha’niga qo‘yilgan qabr toshlariga yozilgan yodgorlikdir. Bu toshlar O‘rxun (M o‘guliston) va Yenisey daryolari bo‘ylaridan topilganligi sababli fanda «o‘rxun-yenisey yozuvlari» deb nomlanadi.


Download 30.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling