Mavzu: Qadimgi Xitoy, Hindiston, Misr va Mesopotamiya madaniyati


Download 0.56 Mb.
bet1/4
Sana24.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1395422
  1   2   3   4
Bog'liq
Ahmedov Jasur Misr va Mesapotamiya madaniyati.

Mavzu: Qadimgi Misr va Mesopotamiya madaniyati.

Ahmedov Jasur Abdusalom o’g’li sirtqi pedagogika va psixalogiya yo’nalishi 203-guruh talabasi.

Reja:

1. Qadimgi Misr madaniyati.

2. Qadimgi Mesopotamiya madaniyati.

3. Qadimgi Hindiston madaniyati.

4. Qadimgi Xitoy madaniyati.

Qadimgi Misr madaniyati.

  • Qadimgi Misr ilk sivilizatsiya o‘choqlaridan biri sifatida o‘ziga xos betakrorligi bilan ajralib turadi. U Afrikaning shimoli-sharqida joylash-gan. Nil –dunyodagi eng katta daryolaridan biri bo‘lib, u Markaziy Afri-kadan boshlanib, Misrni kesib o‘tib, O‘rta yer dengiziga quyiladi. Misr-da ilk dehqonchilikning paydo bo‘lishi ham, eng avvalo, shu daryo bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadimdan Misrda tabiati issiq, hayvonot, o‘simlik dun-yosi va yerosti boyliklari ko‘p bo‘lganligi bois, bu yerda moddiy va ma’-naviy madaniyat juda erta vujudga kelib rivojlangan. Misrda davlatning paydo bo‘lishi mil. avv. IV mingyillikning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrlarda Nil daryosining shimolida va janubida 40 dan ortiq shahar dav-latlari – nomlar paydo bo‘lgan. Nomlarni nomarxlar boshqarib, ular deh-qonchilik, chorvachilik, sug‘orish, harbiy va diniy ishlarni boshqargan-lar. Bular ilk quldorlik davlatlari edilar. Bu davlatchalarning shimoliy va janubiy birlashmalari vujudga keladi. Mil. avv. III minginchi yil bosh-larida Janub podshosi Minaning Shimoliy uyushma ustidan g‘alaba qili-shi natijasida yagona Misr davlatiga asos solinadi. Uning poytaxti Mem-fis shahri bo‘lgan.

O‘zining Vatani tarixini yozgan kohin Manefon Qadimgi Misr tari-xini to‘rtga bo‘lib: Qadimgi (mil. avv. III minginchi yil), O‘rta (mil. avv. III minginchi yil oxiri – II minginchi yil boshlari), Yangi (mil. avv. 1580-1070-yillar), So‘nggi (mil. avv. I 1070-332-yillar) podsholik davrlariga bo‘-ladi. Bu davrlar jami 30 ta fir’avnlar sulolalarini o‘z ichiga oladi. Qadimgi Misr dunyo sivilizatsiyasining tom ma’nodagi klassik na-munasi bo‘ldi. Shuning uchun ham, qadimgi yunon tarixchisi Gerodot bu mamlakatni «Nilning in’omi» deb bejiz aytmagan. Bahor oylarida Nil toshqini natijasida daryo bo‘ylaridagi yerlarda hosil bo‘lgan qora mine-ralga boy qoldiqlar dehqonchilik uchun «tekin ozuqa» bo‘lib xizmat qil-gan. Daryo bo‘ylarida turli xil granit, marmar kabi toshlarning bo‘lishi esa qurilishga yaxshi material hisoblangan.
Misr tarixining barcha davrlarida hayvonlar, tabiat hodisalari va ota-bobolar ruhiga e’tiqod qilish keng tarqalgan. Shu bilan birga, Misrda ya-gona davlatning vujudga kelishi bilan fir’avn – podsholarga e’tiqod qi-lish va ularni ilohiylashtirish paydo bo‘lgan. Birinchi o‘rinda qarchig‘ay boshli Quyosh xudosi – Ra yoki Amon-Ra bo‘lib, u har kuni oltin qayiq-chasida osmonni kezib chiqadi va g‘arbga tushadi (misrliklar tasavvuri-da). Misrliklar Quyosh xudosiga atab ibodatxonalar qurganlar. Xudolar ichida Osiris alohida o‘rin tutadi. U avval dehqonchilik ho-miysi bo‘lib, eshak boshli, qizil ko‘zli yovuz xudo Set tomonidan o‘ldi-rilgan. Osiris narigi dunyodagi podshohlikda shoh va sudya bo‘lib oladi. Xudolar misrliklar uchun birgina dunyoni yaratuvchi bo‘libgina qolmay, hunarmandchilik, san’at, yozuv, hisob, sehrgarlik va ilm-fanning yara-tuvchilari ham hisoblanganlar. Ular iyeroglif yozuvini «Xudoning so‘zi» deb tushunar edilar. Bunda so‘z va hisob hukmroni, yozuvni yaratuv-chisi, adabiyot va yozuvchilarning, sehrgarlar va tabiblarning homiysi Totu hisoblangan.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling