Mavzu: Qadimgi Xitoy, Hindiston, Misr va Mesopotamiya madaniyati
Download 0.56 Mb.
|
Ahmedov Jasur Misr va Mesapotamiya madaniyati.
Qadimgi Mesopatamiya madaniyati.
Moddiy madaniyat sohasida Shumerda arxitektura qurilishi sohasi muhim o‘rin tutgan. Bu yerda xom g‘isht kashf qilingan bo‘lib, ulardan xramlar (ibodatxona) – olti, yetti qavatli zikkuratlar qurilgan. Ularning ichida taniqlisi Ur shahridagi «Xram-tog‘i» (er. avv. XXII-XXI asrlar) edi. Zikkuratlar observatoriya vazifasini ham bajarganlar. Osmon jism-lari harakatini kuzatish bilan astronom kohinlar shug‘ullangan. Qadimgi Mesopotamiya astronomlari Quyosh va Oy tutilishini oldindan bilgan-lar. Ular quyosh yili 365, oy yili 354 kunligini aniqlab, shu asosda astro-nomiya taqvimini tuzganlar. Haykaltaroshlik sohasida kichik hajmdagi haykalchalarni ibodatxo-nalar uchun yasalgan. Misol uchun Lagashdagi ayol haykalchasida (bo‘-yi 26 sm.) etnik qiyofa belgilari ham namoyon qilingan. Bu davrga taal-luqli misdan yasalgan Sargonning boshi tasvirlangan haykalchada pod-shoning botirligi, kuchli irodasi va qahrli xarakteri ifoda qilingan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling