Mavzu: Qadimgi Yunoniston


Download 454 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2023
Hajmi454 Kb.
#1379484
  1   2
Bog'liq
qadimgi yunoniston

Mavzu: Qadimgi Yunoniston

  • Reja:
  • Qadimgi yunoniston davlatining vujudga kelishi
  • Yunonistondagi diniy qarashlar
  • Yunonistonning boshqa davlatlar bilan a`loqalari.
  • Xulosa
  • Yunoniston geografik jihatdan 3 qismga bo’linadi: Fessaliya va Epir, shimolda Moli va Pagasey ko’rfazlari, janubdan Korinf va Saronika bilan cheklangan, markaziy qismi Peloponnes yarim orolidan iborat janubga bo’linadi. Shimoliy qismida Fessaliyani Epirdan Pind tog’lari zanjiri ajratib turadi. Qadimda bu ikki viloyat yunon madaniyati shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu yerda ilk bor shimoldan janubga tomon yunon qabilalari siljib kelgan.
  • Fessaliyada qadimgi yunon afsonalari paydo bo’ldi. Uning janubidagi Sperxa daryosi vodiysidagi axey Ftiotidasi axil va mirmidonlar vatani. Fessaliyadan afsonaviy Yason uzoq Kolxidaga oltin mo’yna uchun jo’nab ketgan. Dodonda Sella kohinlari muqaddas dub daraxtining barglarini shitirlashiga qarab fol ochganlar. Epir yunon madaniyatiga aloqasi bo’lmagan yovvoyi o’lka bo’lib, uni markaziy Yunoniston bilan faqat xaon, tesprot, moloss va oresta kabi epir qabilalari joylashgan Axeloy daryosi bog’lab turgan.
  • Fessaliya barcha tomondan tog’lar bilan o’ralgan bo’lib, bu yerda ikki tekislikni Fessaliyalik bosqinchilar ishg’ol qilganlar. Ular mahalliy aholini qaram penestlarga aylantirganlar. Qisman ularni vodiydan tog’larga siqib chiqarganlar. Fessaliya g’arbiy qismida g’alla va chorvachilik rivojlangan. U yerda qulay qirg’oq va qo’ltiqlar yo’q. Shimoliy Yunonistonni markaziy Yunonistondan dengiz va Oyta tog’lari orasida yotgan Fermopil daryosi ajratib turadi.
  • Markaziy Yunonistonda kam sonli tog’lik qabilalar joylashgan. Egey dengizi qirg’og’ida Evbey oroli qarshisida Opunt lokrlari joylashgan. Er. avv. V asrda afinaliklar uchun lokrlar qoloqlikning namunasi bo’lgan.
  • Parnas (2450 m) va Kifris tog’larida joylashgan vakiy qabilalari yanada qoloq bo’lgan. Markaziy Yunoniston yo’lidagi eng muhim joy bu Elateya shahri bo’lgan. Delfa qadimgi Elladaning diniy markazi vazifasini o’tagan. Parnasdan shimolda Yunonistonning eng kichik viloyati – Dorida (185 kv.km) bo’lgan, aftidan doriylar shu yerdan kelib chiqqanlar.
  • Qadimgi Yunoniston tarixiga oid manbalar ko’pligi va yaxshi saqlanib qolganligi bilan boshqa hududlar tarixidan farq qiladi. Yunoniston tarixi manbashunosligida qadimgi tarixchilarning asarlari muhim o’rin tutadi. Er. avv. VI-V asrlarda tarix fani gullab yashnagan davridir. Bu davr tarixchiligini g’arb olimlari “Aholida polislar tarixi” deb atashadi. Bu davrdagi ko’zga ko’ringan tarixchilardan: Gerodot, Fukidid va Ksenofontni olish mumkin.
  • Makedoniyalik Aleksandrning sharqqa yurishlaridan so’ng Yunoniston tarixida yangi tarix maktabi – Arastu maktabi shakllandi. Bu davrning eng ko’zga ko’ringan asari Arastuning “Politiya” asaridir. Bu asar Arastu va uning shogirdlari tomonidan yozilgan bo’lib, yunon polislari, O’rta Yer dengizi qirg’oqlaridagi yunon koloniyalari haqida muhim ma’lumot beradi. Asar juda ko’p bo’limlardan iborat bo’lsa-da, uning faqat bizgacha “Afina politsiyasi” qismi yetib kelgan.
  • Moddiy manbalar
  • SHAHARLAR. Yunon tarixiy manbashunosligiga shahar qoldiqlari muhim o’rin tutadi. Shaharlardagi saroylar, ibodatxonalar yaxshi saqlangan. Krit-Miken davri saroylari, inshootlari juda ko’plab topilgan. Yunon me’morchigining asosiy yodgorliklaridan bu Palestlar va Gimnasiylardir. Palestlar – bu sport inshootlari jumlasiga kirib, u yerda asosan yosh bolalar muntazam sport bilan shug’ullanishgan. Gimnasiy – sport inshooti bo’lib, bu yerda asosan kattalar sport va fan bilan shug’ullanganlar. Bizgacha Afinaning ikki katta gimnasiyasi saqlanib qolgan. Ulardan biri qahramon Akadem bog’ida joylashgan, ikkinchisi likeylik Appolon dala hovlisida joylashgan.
  • Yunon tarixini davrlashtirish
  • Yunon tarixi Qadimgi dunyo tarixining bir qismi hisoblanadi. Qadimgi yunon tarixi doirasida Bolqon yarim oroli, Egey dengizi havzasi, janubiy Italiya, Sitsiliya oroli va shimoliy Qora dengiz bo’yi, Kichik Osiyoning g’arbiy qirg’og’idagi qadimgi jamiyatlarning shakllanishi, gullab-yashnashi va tushkunlik davrini o’rganadi. Yunon sivilizatsiyasi tarixi uch bosqichga bo’linadi: birinchisi - bu er. avv. II ming yillikda Krit va Mikenada ilk sinfiy jamiyatlar va davlat birlashmalarining paydo bo’lishi va halokati. Ikkinchi bosqich - bu Krit-Miken sivilizatsiyasining halokatidan keyin antik Yunonistonning er. avv. XII asrdan er. avv. IV asrning so’ngi choragigacha bo’lgan taraqqiyot davrini o’z ichiga oladi. Qadimgi Yunon jamiyati taraqqiyotining eng yuqori cho’qqisi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy davlat tuzilmasi bo’lgan yunon polislarining tug’ilishi, yuksalishi va tushkunligi bosqichi bo’ldi.

Download 454 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling