Mavzu: qadimiy sharlarning yubileylari va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirilishi


Download 53.09 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi53.09 Kb.
#1613917
  1   2   3
Bog'liq
TARIXIY SHAHARLAR BUXORO SAMARQAND TOSHKENT XIVA SHAHRISABZ YUBILEYLARINING (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

TURON ZARMED UNIVERSITETI
SIRTQI TA’LIM
BOSHLANG`ICH TA`LIM FAKULTETI
4-12 GURUHI TALABASI
ERGASHOVA GAVHARNING
ENG YANGI O`ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN TAYYORLAGAN



Tayyorladi: ERGASHOVA GAVHAR
Qabul qildi: ____________
BUXORO – 2023


MAVZU: TARIXIY SHAHARLAR BUXORO, SAMARQAND, TOSHKENT, XIVA, SHAHRISABZ YUBILEYLARINING XALQARO MIQYOSIDA KENG NISHONLANISHI


REJA:


1. XIVA SHAHRI YUBILEYI
2. BUXORO SHAHRI YUBILEYI
3. SAMARQAND SHAHRI YUBILEYI
4. TOSHKENT SHAHRINING 2200 YILLIK YUBILEYINING XALQARO MIQYOSIDA KENG NISHONLANISHI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Ma’lumki qadim o’tmishda shaharlar, qal’alarning vujudga kelishi sivilizatsiyaning yaqqol bir ko’rininshi bo’lgan. Qadimshunoslarni keyingi yillardagi izlanishlari natijasida mintaqamizda o’nlab noma’lum shaharlar xarobalari ochildi. Ular Turkmaniston hududidagi Elkantepa va YOrqal’a, Farg’onada Dalvarzin, Surxandaryoda, Qiziltepa, Xorazmda Ko’zaliqir, Qashqadaryoda YErqo’rg’on va boshqa manzilgohlardir. Arxeolog V. Masson o’sha davr shahar xarobalarini tahlil qilib ularda bir birlariga yaqinlik bo’lgan ilk shaharlarga xos madaniyat saviyasi yuqori darajada bo’lgan deb yozadi. Mutaxassislarning takidlashicha O’zbekiston qadimgi SHarq shahar sivilizatsiyasi ilk bor shakllangan hududga kirgan. Unga Sopolli tepa va Jarqo’ton topilmalari ham misol bo’ladi.


Mintaqamizda agrar taraqqiyot asosida shaharlarni paydo bo’lishi jamiyatni ijtimoiy tabaqalanishi va sinflarga bo’linishi dastlabki davlat uyushmalarini vujudga kelishiga olib keldi. Qadimshunos olimlar A.Sagdullaev, T.SHirinovlar fikricha yurtimizda davlatchilik miloddan avvalgi 2 minginchi yillikning oxirlarida paydo bo’la boshlagan. Odamlar qadimda urug’, qabila, so’ng elat bo’lib yashaganliklari ma’lum. Ularning o’z ma’murlari, yo’lboshchilari, rahbarlari bo’lgan.
Bevosita davlatchilik esa uch boskichdan iborat degan taxminlar bor. Avval qal’a, yirik manzilgohlar, shaharlar birlashmasi (polislar), keyin podsholiklar–kichik davlatlar, so’ng ularning konfederatsiyasimon birlashmalari vujudga kelgan. «Avesto» kitobidagi ma’lumotlar, shuningdek yunon, hind, xitoy manbalaridagi geografik nomlar ham shundan dalolat beradi. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda esa «Katta Xorazm» davlati va «Qadimgi Baqtriya» podsholigi tashkil topdi.
Xullas, davlatchilik asoslarining shakllanishi ham dastlabki sivilizatsiyaning muhim belgilaridan biridir.
Tarixning olis yo‘lida, ajdodlar o‘rnini avlodlar olganlarida, ba’zan nomlarning ma’nolari unutilishi mumkin. Ana shunday hollarda turli taxminlar o‘rtaga tashlanadi. Ulardan biri — aqlga muvofiq keladigani tanlab olinadi.
Xorazm viloyatida ham madaniyat va san’at namoyandalaridan iborat ijodiy guruh qishloqlar, korxona va muassasalarda, o‘quv yurtlarida bo‘lib, «Mustaqillik biz uchun – o‘zligimizni anglash, yurt tinchligi va barqarorligining, inson manfaati, erkinligi va farovonligining, biz ko‘zlagan demokratik jamiyat barpo etishning garovidir» mavzuida suhbatlar o‘tkazmoqda. Taniqli san’atkorlar konsert dasturlarini namoyish etmoqda. Mustaqillik yillarida Xorazm viloyati ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy hayotida ham e’tirofga molik o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xiva shahrining 2500 yillik qutlug‘ to‘yi keng nishonlandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan Xorazm Ma’mun akademiyasi o‘z ish faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ydi. Bu yerda olimlar jahon ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida izlanishlar olib bormoqda.
Vohada yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishiga ko‘maklashish maqsadida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Viloyatda yoshlarning jahon standartlari darajasida bilim olishi uchun barcha qulayliklarga ega uch oliy o‘quv yurti, 80 kasb-hunar kolleji va to‘rt akademik litsey faoliyat ko‘rsatmoqda. Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturiga muvofiq, keyingi yillarda to‘rtta yangi maktab qurildi, 94 maktab kapital rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, 177 maktabda kapital, 69 maktabda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish sohalarini va kasanachilikni rivojlantirish orqali aholining, birinchi navbatda, qishloq yoshlarining bandligini taminlashga alohida e’tibor qaratilayotir. Joriy yilning birinchi yarmida salkam 35 ming yangi ish o‘rnining asosiy qismi qishloq joylarida tashkil etildi. Vohada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qatorida aholini tabiiy gaz, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari, zamonaviy loyihalar asosida uy-joylar va madaniy-maishiy inshootlar qurilishi izchil davom etmoqda. Urganch shahrida jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirokida o‘tgan uchrashuvda so‘zga chiqqanlar mana shunday bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari, xalqimiz orzu-umidlarining ro‘yobi – mustaqillik ne’mati ekanini alohida ta’kidladilar. Vatan, Istiqlol, muhabbat tuyg‘ulari tarannum etilgan she’rlar, diltortar qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» 9-jildida «Xiva» etimolo-giyasi bilan bog‘liq quyidagi ma’lumotlarni o‘qiymiz: «X. — O‘zbekistonning qad. shaharlaridan biri. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, shahar mil. av. 5-asrda barpo etilgan. Uning nomi shaharning qad. qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudug‘i b-n bog‘liq. Ba’zi tadqi-qotchilar shahar nomini xorazmiy tiliga yaqin bo‘lgan qad. osetin tilidagi «Xiauv» — qal’a so‘zidan, boshqalari bu atamani antik davrdan X. hududidan oqib o‘tgan Xeykaniq (hoz. Polvonyop) kana-lining o‘zgartirilgan (Xeykaniq — Xeyvaniq — Xeyvaq — Xeva — Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar. Xorazmlik tarixchi-solnomachi Xudoyberdi Qo‘sh-muhammad o‘zining 1831-y.da yozgan «Dili G‘aroyib» asarida Xorazmning qad. shaharlarini nomma-nom sanar ekan, «Bu mamlakatning yana bir qal’asi — Qal’ai Ramldir. Bu qal’aga Som ibn Nuh asos solgan bo‘lib, u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir» deydi.
Xalq rivoyatlarida ham shaharning bunyod etilishi Nuh zamonlariga borib taqaladi. Bunda Nuhning o‘g‘li Som bo‘lajak shahar yoniga kelib quduq qazdirgan va shu b-n X.ga asos solgan. Haqiqatan ham X.ning Ichan qal’asida qad. Xeyvaq (Xivak) qudug‘i saqlanib qolgan»
Tinmag‘ur odamlar kutil-magan narsalarni topadilar. «Xevoq» so‘zi qadimgi yahudiy tilida mavjud bo‘lib, «suv manbai», «quduq» degan ma’nolarni bildirar ekan. Shunga asoslanib, «Xiva» atamasi haqida» maqolasida: «… biz bu quduqqa «xevoq» deb nom berganlar ham o‘sha yahudiy raxdonitlari emasmikan, degan xulosaga keldik»,1 — deb yozadi prof. Matyoqub Matniyozov.
Ayni taxmin juda qiziqarli bo‘lsa ham hayotiy asosga ega emas, deb o‘ylaymiz. Xivaday shaharni qurgan xalq uning nomini ham o‘zi ber-gan, albatta. Bunga shubha yo‘q.
Xiva — muzey-shahar, lekin Rim shahri kabi aholi yashaydigan shahardir. Sharqning ko’pgina shaharlari kabi Xiva Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xeyvak nomli suv havzasi yonida barpo etilgan bo’lib, Xorazm vohasining sug’oriladigan yerlarida rivojlanib kelgan.
Arxeologik tadqiqoitlarning ko’rsatishicha, shahar kamida 2500 yoshga kirgan. Bularning hammasi YuNESKO tashkilotiga Xivani qo’riqxona ahamiyatidagi shahar deb e’lon qilishga, shaharning ichki qismi bo’lgan Ichan-qal’ani esa jahon ahamiyatidagi tarixiy yodgorlik deb e’tirof etishga asos bergan. «Avesto» kitobi Xorazm to’g’risida tarixiy ma’lumotlar beradi. «Tarixning otasi» deb sanalgan Gerodot Xorazm va xorazmliklar to’g’risida gapirib o’tgan edi. Beruniy esa Xorazmdagi qadimiy dehkonchilik to’g’risida hikoya qilgan.
Xiva — tarixiy qurilish, butunligicha bino va inshootlar, aslida ochiq havodagi butun bir shahar amalda tarixiy holida saqlanib qolgan dunyoning bir nechtagina shaharlaridan biridir. XVIII asr oxiri — XIX asr o’rtasidagi Xiva shahrining monumental inshootlari go’yoki qaytadan barpo etilgan shaharni hosil qilgan bo’lib, u bizni bor-yo’g’i ikki-uch avlod ustalarning hayoti davomida qurilishi tezligi bilan hayratda qoldiradi. Lekin boshqa sharoitlarda halokatli bo’ladigan holatlar – kichik yer bo’laklaridagi tasodifiy qurilishlar, o’ta siqiq sharoitlar va yer kamligi bu yerda me’morchilik inshootlarining benihoya go’zalligi, nafisligi va turli-tumanligiga sabab bo’ldi. Xivaning eng ko’p va siqiq holda inshootlar qurilgan qismi bo’lgan aynan shu Ichan-qal’a taqdir taqozosi bilan me’morchilik muzeyiga aylandi, uning yodgorliklarida bizga xalq ustalarining eng go’zal asarlari namoyon bo’ladi.
Ko‘hna va boqiy Buxoro”

Buxoroga asos solinishi qadim-qadimgi asrlar tubiga borib taqaladi. 1997 yilda YUNESKO ning qaroriga ko’ra butun madaniy dunyo uning 2500-yilligini nishonlagan edi. Afsonalar shaharning paydo bo’lishini tarixiy shaxs obrazi bilan bog’liq Zardo’shtiylik xudolaridan biri – Siyovush bilan bog’laydi. Buxoroning eng qadimiy qismi uning qal’asi – Ark hisoblanadi, bu yerda arxeologlar eramizdan avvalgi IV - III asrlarga oid bo’lgan ba’zi topilmalar borligini aniqlashdi. Bu balandligi 20 metr bo’lgan katta tepalik bo’lib, u yerda ilgari Buxoro amirining saroyi, uning harami, xazinasi, qurol-yarog’ saqlanadigan xonalari, o’ta xavfli jinoyatchilar uchun zindon bo’lgan edi. Hozirgi paytda ular tiklanmoqda.
Buxoroning eng qadimiy yodgorliklaridan biri X asrning boshida Somoniylar sulolasining asoschisi tomonidan qurilgan Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbara usti yarim sfera shaklidagi gumbaz bilan yopilgan kub shaklidagi binodir. Somoniylar maqbarasi O’rta Osiyoning me’morchiligida bizgacha yetib kelgan, pishiq g’ishtdan qurilgan birinchi bino bo’lib, bunda g’ishtlar ham qurilish uchun, ham bezatish uchun ishlatilgan.
Shaharning asosiy va eng baland ko’tarilgan inshooti – 1127 yilda qurilgan Kalon minorasidir. Bu har tomonlama komil muhandislik inshooti, Buxoroning sathidan 47 metrga ko’tarilib turgan ulkan minoradir. O’zbekistonda eng baland bo’lgan ushbu minora tepaga chiqqan sari sal ingichkalashib boradi, uning dumaloq aylanasidan o’rab turgan halqalar turli rangdagi sirlangan g’ishtchalar bilan bezatilgan. Shu bilan birga minoradagi naqshlarning turli-tumanligi va takrorlanib kelishi sodda va komil me’morchilik shakllarini boyitadi.
Yigirma besh asrdan ziyod tarixga ega Buxoro jahon tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan ko‘hna va navqiron shaharlarimizdan biri. Qadimdan ilmu ma’rifat, madaniyat maskani bo‘lgan bu go‘sha ta’rifi yetti iqlimga yoyilgan.
Mustaqillik yillarida Buxoro viloyatida ham ulkan o‘zgarishlar yuz berdi. Tub maqsadi inson manfaatlari ustuvorligiga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida viloyatning sanoat salohiyati yuksaldi, aholining turmush sharoiti yaxshilanib, shahar va qishloqlar tobora chiroy ochayotir.
Yaqinda barpo etilgan “Buxoro madaniy markazi” majmui bu yerda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida alohida o‘rin tutadi. 107 gektardan iborat mazkur majmuada yirik inshootlar – 700 o‘rinli viloyat musiqali drama teatri, ikki ming tomoshabinga mo‘ljallangan amfiteatr, “Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti qad rostladi. Mazkur ob’ektlar Buxoroning o‘ziga xos me’morchilik an’analari va zamonaviy arxitektura andozalari uyg‘unligida barpo etildi.
Yurtboshimiz tashabbusi va g‘oyasi asosida bunyod etilgan ushbu 18 metrli “Qo‘hna va boqiy Buxoro” monumentini taniqli haykaltarosh, O‘zbekiston san’at arbobi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Ilhom Jabborov ishlagan.
Qutlug‘ Buxoro zaminidan Abu Ali ibn Sino, Narshaxiy, Imom Buxoriy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Orif Revgariy kabi buyuk mutafakkirlar, ko‘plab adabiyot va san’at namoyandalari yetishib chiqqan. Ularning nomlari obidada zarhal harflar bilan naqshlangan. Bu yerda ilm o‘rganish har bir musulmon erkak va ayol uchun farz ekanini, dil Allohda, qo‘l mehnatda bo‘lishi lozimligi o‘zbek, arab va ingliz tillarida zikr etilgan.
Buxoroi sharif xalqimiz ma`naviy qudratini aks ettiruvchi yaxlit bir muazzam obidadir. Bu qudrat Buxoro farzandlarining bemisl iste`dodi jahon ilm fani ma`rifatu – madaniyatiga qo`shgan ulkan hissasi orqali asrlar davomida vujudga kelgan. Buxoroning har bir qarich yeri, har bir tarixiy va madaniy obidasi el – yurtimizning buyuk iqtidori va yaratuvchanlik salohiyatidan yuksak taraqqiyot ilmu – ma`rifat ma`naviyat va madaniyat falsafa va din ravnaqi yo`lidan darak beradi. Xalqimiz buyuk ajdodlarimiz mo`tabar nomlarini umuminsoniy ma`naviyatga va umuman bashariyat rivojiga katta hissa qo`shgan go`zal Buxoroni bezab unga be`takror nafosat shakl va salobat baxsh etib turgan imoratu inshootlarni masjidu maqbaralarni, madrasalarni, islom dining sharq falsafasini o`chmas qadriyatlarini bugungi avlodlarga meros qilib qoldirgan buyuk ajdodlarimiz nomini abadul abad yodimizda saqlaymiz.
Shaharning har bir go`sha va guzarlarida qad rostlab turgan madrasayu masjidlar kishi aqlini lol qoldiruvchi turli usul va uslubda bezatilgan me`moriy san`at obidalarini asl buxoroliklar o`z qo`llari bilan bunyod etganlar. Nafaqat shaharning ichida balki uning atrof muzofotlarida ham aziz avliyolarning qadamjolari xalq e`zozlaydigan muqaddas makonlari bor. Agar biz Buxoroda yetishib chiqqan olim- u fuzalo avliyolarning nomlarini jamlasak bir necha jild kitob bo`ladi. Shu boisdan Buxoroni ilmu hikmat koni ilohiy ma`rifat nuri taralib turgan muqaddas zamin deb bilganlar.
Tarixi 3000 yillik bu zamin bag`rida hali qancha sir sinoat yashirin. Buxoro shahri avliyolari bilan bir qatorda madrasayu maqbaralari bilan mashg`uldir. Bizlar Buxoro Davlar Universiteti Tarix t`alim yo`nalishi 1 bosqich talabalari arxeologik amaliyotimiz davomida Buxorodagi Tarixiy yodgorliklari bilan tanishdik. Ular haqida juda ko`p qimmatli ma`lumotlarga ega bo`ldik. Shunday tarixiy yodgorliklaridan biri Somoniylar istirohat bogidagi Ismoil Somoniy maqbarasi hisoblanadi.

Download 53.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling