Mavzu: Qalandariylik taʼlimoti va Mashrab sheʼriyati


Download 28.27 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi28.27 Kb.
#1129899
Bog'liq
Kurs ishi adabiyot


Mavzu: Qalandariylik taʼlimoti va Mashrab sheʼriyati.

Kirish.


I bob.Qalandariylik taʼlimotining kelib chiqishi, Mashrab hayoti va ijodiy merosi.

II bob. Mashrab sheʼriyatida oʻziga xos qarashlar, gʻoyalar va ruhiy kechinmalar.

Xulosa.

Adabiyot — fikr ommasi, qalb hislari bilan doimo sayqallanadigan, to’xtashni bilmaydigan, borgan sari hamisha nurlanishi, chaqnashi oshib boradigan bir soha.


Adabiyot turmushni aks ettiradi, turmushdagi voqealar, hodisalar, fikr va tuyg’ularni umumiylashtirib, obrazlar bilan turmushni, dunyoni anglashga tirishadi
Adabiyotimizning tasvir obyekti — xalqimiz turmushi. U o’z taraqqiyotida xalq hayotini, kurashini, orzu-armonlarini, his-tuyg’ularini, fikr-xayollarini yangi jamiyat qurish yo’lidagi faoliyatini badiiy aks ettirib rivojlandi, benihoya yutuqlarni qo’lga kiritdi...
(Qalandariylik, qalandarlik) tariqati XI-XII asrlardan e’tiboran shakllana boshlagan. Ilmiy manbalar bu tariqatning asoschisi Jamoliddin Soviy (vaf. 1232) ekanligini ta’kidlaydi. Qalandariya o‘ziga xos urf-odatga ega bo‘lgan tariqat bo‘lib, ko‘p olimlar uni malomatiylikdan ajralib chiqqanligini e’tirof etishgan. Moskvadan chiqqan "Islom qomusiy lug‘atida" ham shunday deyilgan. (Islam. Entsiklopedicheskiy slovar. – M.: "Nauka", 1991, 129-130 b). Qalandariylikning paydo bo‘lishi va kelib chiqishi haqida turli-tuman fikrlar yo‘q emas. Qalandarlik – tasavvufga aloqasi bo‘lmagan, tashkillashgan bir jamoadir, degan olimlar ham bor. Qalandarlik tarixiga nazar solsak, dastlabki davrlarda uyushgan va ma’lum qonun-qoidalar asosida qurilgani, a’zolarining maxsus liboslar kiyib yurgani ma’lum bo‘ladi.
Qadimgi lug‘at va ilmiy manbalarda qalandar atamasining bir necha ma’nolari berilgan. Jumladan: "eshik tez ochilib ketmasligi uchun orqasidan qo‘yiladigan tarashlanmagan (yo‘nilmagan) yog‘och"; "diniy g‘azallar o‘qib, ham dinni targ‘ib qiluvchi, ham darbadar kezuvchi darvesh"; ko‘chma ma’noda "dunyodan voz kechgan, tarki dunyo qilgan kishi, zohid"; "o‘zbek xalq kuylaridan birining nomi"; "erkaklarga qo‘yiladigan nom". Qalandarbachcha – qalandarning shogirdi. Qalandarxona – qalandarlar yig‘iladigan va tunaydigan joy.
Sayyid Ja’far Sajjodiy degan Eron olimining fikriga ko‘ra: "Qalandarlikdan maqsad, ikki dunyodan o‘zini yiroq tutish va ikki olam uyidan chetga, uzlatga ketish. Qalandar biror mansab, maqomga ega bo‘lmagan, dunyoning ortiqcha g‘am-tashvishlaridan forig‘ bo‘lgan kishidir. U jamiyatga ichdan emas, tashqaridan ta’sir ko‘rsatadi, joriy urf-odatlarni buzadi. Shu sababdan ayrim manbalarda ular "so‘fiyoni xorij", ya’ni tasavvufdan, jamiyatdan tashqarida bo‘lgan so‘fiylar, deb nomlangan. So‘fiy, malomatiy va qalandar orasidagi qisqacha farq shunday: so‘fiyning qalbi xalq bilan emas, doim Haq bilan bog‘liq bo‘ladi,Malomatiy qilgan ibodatini xalqdan yashiradi, xalqning ta’nayu malomatidan cho‘chimaydi, hazrat Muhammad alayhissalomni malomatiylarning sardori biladi, qalandar esa xalq urf-odatlarini oshkora buzadi. Faqat majburiy farz amallarini bajarib, ortiqcha toat-ibodatga mayl ko‘rsatmaydi. Qalandar va qalloshni tajrid va tark ahli
deydilar".Qalandariylik, – deydi tojik olimi Qurbon Vose – malomatiy ta’limi asosida o‘sib, rindlik, javonmardlik va hurufiylikka bir qadar hamohangligi (monandligi, uyg‘unligi) bo‘lgan. Bu hamohanglikni hammadan oldin rasmiy islom va tasavvufga bo‘lgan munosabatda ko‘rish mumkin.
Malumki, darveshlik tariqatlari orasida qalandariylik ham o‘z uyushmasiga ega bo‘lib, ular odamlarning xayr-ehsoni hisobiga yashar edilar.
Turkistonda rasmiy islom dini bilan bir qatorda tasavvuf ham keng tarqaldi, ommalashdi. Yassaviylik, naqshbandiylik, kubraviylik, qodiriylik kabi mashhur tariqatlarning falsafasi, axloqi va qonuniyatlari xalqqa yaqin bo‘lganligi uchun butun xalq ommasini o‘ziga jalb etdi. Qalandariylikning bir qator qonuniyatlarini xalq o‘ziga singdirolmagani uchun ham bu tariqat xalq orasida ommalashmagan.
Alisher Navoiy "Mahbub ul-qulub" asarida zohiran qalandar, aslida insoniy g‘ururini oyoq osti qilib tilanchilik va gadolik bilan mashg‘ul bo‘luvchi kimsalarni nafrat bilan tilga olib, odamshavandalikdan yiroq, hayvonsifatlar, deb baholaydi: "Bular orasida o‘ziga qalandar ot qo‘yg‘on mal’un odamiylig‘din mag‘bun. Va dev va shayton olida mat’un. Insoniyat va musulmonlikdan yiroq, to‘ng‘uz va ayiq odamiylig‘da alardin yaxshiroq. Shakl tag‘yiri bila odamiylig‘din karona, po‘stin evura kiymaklari hayvonlig‘ va sabu’iyatdin nishona. Ulug‘ kichikdin har turlukda gadoyi muvahish fosil xavotirdek soʻfiy ko‘ngulga mushavvash". Bobur esa "Boburnoma"da xalqni din yo‘lidan chalg‘itishga uringan Shahboz qalandarning qabrini tekislab tashlagani haqida yozadi. Abdurahmon Jomiy ularni: "Islom kamandini bo‘ynidan olib tashlagan soxta qalandarlar" deb atasa, eronlik olim doktor Ali Asg‘ar Halabiy qalandarlarni sharobxo‘rlik va qoradori iste’mol qilishda ayblaydi.Navoiyga qadar yashab o‘tgan turkiy adabiyot vakillari ijodida qalandariylik ta’siri keng miqyosda bo‘lmasa-da, mavjud. Hofiz Xorazmiy, Xo‘jandiy, Yusuf Amiriy Sayyid Ahmad, Sayyid Qosimiy, Haydar Xorazmiy, Lutfiy, Gadoiy, Atoyi singari shoirlar asarlarida qalandarona ruh va ohanglar bilan sug‘orilgan baytlar talaygina. Ular qalandarlik tariqati haqiqatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri targ‘ib qilmasalar-da, ruh hurligi, faqru fanolik, analhaqlik, ishq iztiroblarining zavqu hayajonli manzaralarini qalandarona usulda tasvirlab berganlar. Hofiz Xorazmiy g‘azallaridan birida yozadi:
Hofizo, rindu qalandarvashu qallosh o‘lg‘il,
Chun bu atvorda yo‘q mansabsanji islom.
Alisher Navoiy esa qalandarlik haqiqati va timsollariga keng ahamiyat bergan. Ulug‘ shoir qalandarlik maslagi talablarini naqadar teran mushohada etgan bo‘lsa, uning odobu shartlariga ham alohida e’tibor bilan qaragan. Navoiyning "Badoe’ ul-vasat" devonidan joy olgan "Qirqib erdi qoshin ul bodaparast xudroy" satri bilan boshlangan g‘azali boshdan oxir qalandarlik istilohi va tushunchalari asosida yozilgan. Tasavvuf ta’limoti, qalandarlik odoblarini yaxshi bilmagan kishining ushbu g‘azaldagi nozik ma’no va ishoralarni ilg‘ab olishi maholdir. Shoirning ishq ta’rifida qalandarlikdan ham bahs yuritishi bejiz emas:
Ishq aro poku qalandarlik kerak,
Shu’la bahrida samandarlik kerak.
Qalandarona ishqu oshiqlikning yirik namoyandalaridan biri – Boborahim Mashrab. Uning g‘azallarida qalandarona ruh yetakchilik qiladi. Shoir bir muxammasida: “Kulohu jandani kiygil, qalandarlikni xo‘ qilgin”, deb yozadi. Uning "Qalandar bo‘l" radifli maxsus g‘azali ushbu bayt bilan boshlanadi:

Murodingga yetay desang, qalandar bo‘l, qalandar bo‘l,


Sitam ahlin yutay desang, qalandar bo‘l, qalandar bo‘l.
Mazkur g‘azalda "og‘izdan dur sochmoq", "sharobi ishq ichmoq", "yomonlardan qochmoq", "fasod ahlin quvmoq", "jahonni sayr etmoq", "razolatni kuydurmoq", "haqiqatni ochmoq", "hammani kuldurmoq" uchun qalandar bo‘lmoqqa da’vat qilinadi. Zero, shoir Haqni talab qilish yo‘lini qalandarlikda ko‘radi:

Nigorim vaslini izlab talabda bir qalandarman,


Kechib dunyoi foniydin talabda bir qalandarman.
Manbalardan ma’lumki, Mashrab tug‘ma valiy, orif va yurt kezgan qalandar shoir bo‘lgan. Is'hoq Bog‘istoniyning "Tazkirai qalandaron" asarida Mashrabning shogirdi Pirmat Setoriy va qirq qalandar bilan qilgan sayohatlari tasvirlanadi. Shoirning qalandarligi – oddiy tilanchilik, darbadarlik emas. Balki dunyo sevgisidan kechib, tajrid ahlidan bo‘lish, "Bir Xudodan o‘zgasini g‘alat bilib", faqat Haqni sevish, visol umidida ikki dunyoni "pushti po urish", chinakam ruh erkinligiga erishishdan iborat edi. Mashrabning qalandarona ruhdagi she’rlari ishq va jununning yoniq ehtiroslari bilan sug‘orilgan.
Oʻzbek va boshqa turkiyzabon xalqlar adabiyotida oʻzining otashnafas, xalqchil sheʼrlari
bilan keng shuhrat topgan mumtoz oʻzbek adabiyotining ulug namoyandalaridan biri Boborahim
Mulla Vali oʻgʻli Mashrabdir.
Mashrab taxallusi bilan yozilgan uning sodda va ravon tilda hamda isyonkor ruhdagi
asarlarini oʻqigan yo eshitgan sheʼr shaydosi darhol ularni yodda saqlab qolishga harakat
qiladi. Shoirning jozibador sheʼrlari bilan aytiladigan qoʻshiqlari tinglovchining koʻngil
mulkidan mustahkam oʻrin oladi.
Mashrabning sarguzashtlarga boy hayot yoʻli, maʼlum darajada ziddiyatlardan holi boʻlmagan
ijodiy faoliyati u hayotlik davridayoq turli tarix va tazkiralardan oʻrin olib, kitobxon va
tadqiqotchilarni hamon maftun etib kelmoqda.
Boborahim Mashrab haqidagi dastlabki yozma maʼlumot uning zamondoshi — samarqandlik
olim va mudarris Badeho Maleho tomonidan tuzilgan «Muzakkir ul-as’hob» («Suhbatdoshlar
tazkirasi») nomli asarda uchraydi. Shuningdek, oʻtmishda birin-ketin yuzaga kelgan Ziyovutdin
Bogʻistoniyning «Tazkirayi qalandaron», Abdulmutallibxoʻjaning «Majmuayi Fahmiy»,
Hakimxontoʻraning «Muntaxab ut-tavorix» («Saylanma tarixlar») kitoblari orqali berilgan.
Boʻlajak otashnafas shoir Mashrab qoʻl kuchi bilan boʻz toʻqib, shu orqali tirikchilik qiluvchi
Mulla Vali va Bibi Salimalar oilasida 1640 pilda Namangan shahrining Maddohon guzarida
tavallud topgan. Mashrab keyinchalik yozgan gʻazallarida oʻzining namanganlik ekanligiga
ishora qilib, qator quyidagicha tarjimai holga oid mazmundagi misralarni yozib qoldirgan.
Chunonchi:
Gʻazna, Namangan ichida yurdi Rahimbobo soʻrab,
Topmadi bir hodisni, tolibi rahbar oʻzum.
Na malakman, na farishta, men ham odam naslidin,
Men tavalludi oʻshal farzandi Namongoniyman.
Namangan shahridin ketsam, meni yoʻqlar kishim bormu,
Gʻariblik shahrida yursam meni yoʻqlar kishim bormu,
va boshqa yana qator misollarni keltirish mumkin.
Yosh Rahimbobo mahalliy domla qoʻlida ilk saboqni olgach, ilm-maʼrifatda Namanganda dong
taratgan Mullo Bozor oxund qoʻlida taʼlim-tarbiya koʻradi, shu davrdan ijodiy ishga kirishib,
Umam, Mahdiy, koʻproq Mashrab taxalluslari bilan oʻzbek va fors-tojik tillarida sheʼriy
asarlarni yarata boshlaydi.
Soʻngra ustozi mulla Bozor oxund maslahati bilan Namangandan Qashqarga borib, oʻz
davrining nufuzli ulamolarndan Ofoqxoʻja eshon dargohida «bir poʻstinni yetti yil kiyib»
xizmat qilib, bilim olganligi maʼlum.
Mashrabning shaxsiy-oilaviy hayoti haqida fikr yuritganda, manbalar uning uylanmay
oʻtganligini qayd etganligini koʻrsatib oʻtish kerak. Bu haqda 1911-yilda Oʻrta Osiyo
arxeologlari ilmiy jamiyatida qilgan maʼruzasida Pantusov yuqoridagi masala boʻyicha oʻz
mulohazalarini bayon qilgan. Shu manbada taʼkidlanishicha, Mashrab uylanmagan, undan
zurriyod qolmagan, ammo uning singlisidan Normuhammadxoʻja va Inogʻomxoʻja ismli ikki oʻgʻil
farzand qolganligini maʼlum qilgan.
Mashrab oʻz gʻazallarida yozishicha, «koʻh-bakoʻh, sahroma sahro kezib» koʻpgina oʻlka-yurtlar,
shahar-qishloqlarni qalandarlarga bosh boʻlib kezib chiqqan. U Qashqarda Ofoqxoʻja huzurida
qattiq tan jazosi, yaʼni: «erlik iqtidoridan» mahrum qilinib, bu dargohdan quvilgach, u
dastlab onasining ziyoratiga kelib, soʻng Andijon, Oʻsh, Xoʻjand, Toshkent, Sayram, Turkiston,
Buxoro kabi qator katta-kichik shahar, tumanlarda boʻlib Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband kabi aziz zotlarning qadamjolarini ziyorat qilib, Makkaga bormoqchi boʻladi.
Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak,
Ibrohimdan qolgan ul eski doʻkonni na qilay?
Urayinmu boshima sakkiz bihishtu doʻzaxin,
Boʻlmasa vasli manga, ikki jahonni na qilay?
deb safar yoʻlini Balx tomonga buradi va u yerda baʼzi «beadabliklar» sodir qilgani uchun
yurt hukmdori Mahmudbiy Qatagʻon tomonidan 1711-yilda dorga osib oʻldirishga farmon
beriladi. Mashrab qoʻllarini bogʻlab oʻlimga olib ketmoqchi boʻlgan jallodlarga mardona boqib shunday deydi:
Chun qoʻlim birla oyogʻim bogʻlamoq hojat emas,
Man oʻlimgʻa roziman chun turgʻali toqat emas.
Muncha shiddat birla boshim kesgali zoʻr aylama,
Baski odam qoni toʻkmak sanga ham toat emas.
Chun muborak boʻlsun, ey Mashrab, qizil qoning seni,
Xoʻb ish boʻldi senga jon berganing ofat emas.
Mashrabning adabiy merosida asosan gʻazal, muxammas, murabbaʼ kabi sheʼriy janrlar koʻp
uchraydi. Adabiyotshunos Fitratning yozishicha, oʻzbek adabiyoti tarixida Mashrab mustazod
janrida eng koʻp ijod qilgan shoirlarning biridir. Shuningdek, Imom Gʻazzoliyning «Qimyoyi
saodat», Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi maʼnaviy» asarlari «Kimyo» va «Mabdayi nur»
(«Nurning kelib chiqish joyi») nomlari bilan Boborahim Mashrab tomonidan oʻzbek tiliga
oʻgirilgan.
Shoirning adabiy merosi turli yillarda xrestomatiya, oʻquv qoʻllanmalari, alohida
nashrlar orqali nashr qilinib kelinayotgan boʻlsa-da, maʼlum sabablarga koʻra, uning «Kimyoyi
saodat» va «Mabdayi nur» nomli yirik hajmli asarlari hanuz kitobxonlar mulkiga
aylanganicha yoʻq. Buning sabablaridan biri ularning avvalo diniy ruh bilan sugʻorilganligi
boʻlsa, ikkinchidan ayrim olimlar bu asarlarning muallifi Boborahim Mashrab ekanligiga
shubha bilan qarab keldilar. Bu shubhali fikrni ilk bor rus arxeolog-tadqiqotchilaridan
V.Vyatkin Mashrabning asarlariga emas, hatto uning tarixiy shaxs ekanligiga ham shubha
bildirib, professor A. E. Shmidt sharafiga shogirdlari tomonidan bagʻishlangan ilmiy
toʻplamga kiritgan «Fargʻonalik mistik shoir — devonai Mashrab» nomli maqolasida shunday
mulohazalarni yozgan: «XVII va XVIII asr boshlaridagi Fargʻona tarixida mistik Mashrabning
original figurasi koʻzga tashlanadi. Afsuski, uning tarjimai holi mutlaqo nomaʼlum.
Shu davrlarga oid va boshqa xil musulmon manbalari uning tarjimai holini yoritish u yoqda
tursin, hatto u haqida mutlaqo maʼlumot bermaydi. Bu hol Mashrab tarixiy shaxs emas, balki
afsonaviy siymo, u haqdagi qissa bir uydirmabopdir», degan.
V. Vyatkinning bunday shubhali qarashlari professor Fitrat tomonidan dalillar bilan
keskin rad etiladi. Chunonchi, Fitrat Mashrab haqida maʼlumot beruvchi XVII—XVIII asrlarda
yozilgan «Muzakkirul-as’hob», «Majmuani Fahmiy, «Muntahabut-tavorix» kabi bir necha
manbalarni dalil sifatida keltiradi.
V. Vyatkin «Mabdayi nur» Boborahim Mashrabniki emas, boshqa bir muallifniki boʻlsa
kerak, deb taxmin qiladi.
Fitrat bu daʼvoni ham misollar bilan rad etadi. Fitrat «Mabdayi nur» nomli mashhur
asarni Mashrab Ofoqxoʻjaning taklifi bilan shu dargohda turkiy-oʻzbek tiliga forsiydan
oʻgirganligini «Mabdayi nur»dan olingan quyidagi misralar bilan isbotlashga harakat
qilgan.
Darveshlik Mashrab uchun shohlikdan baland. U «jon toʻtisini ishq ila sarboz etay deb», jandani kiyib oʻzni darbadarlikka chogʻlagan edi. Mashrab chin maʼnodagi oshiq shoirdir. U «Shariat sharbatin ichgon», «Tariqat halqasin tutqon», «Haqiqat shohini surgon», «Malomat kuyida yurgon», «Muhabbat yoʻlida kuygon» «suyar qullar», yaʼni Haq oshiqlari fikru kechinmalari ifodachisi. Mashrab haqiqiy ishq bahriga choʻmgan sanʼatkor edi: «Shudam paygʻambari savdo, mani devonai Mashrab»
Boborahim Mashrab oʻzbek mumtoz sheʼriyatiga yangi ruh va oʻziga xos ijodiy nafas olib kirgan ulkan sanʼatkordir. Mashrab sheʼriyati oʻzining samimiyligi, samoviyligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi. Bu sheʼriyat haqiqiy shoir shaxsi va qismatini yorqin bir tarzda namoyon etishi bilan ham eʼtiborga molikdir. Mashrab sheʼrlarida soʻz, ohang va tasvir hech bir ijodkornikiga oʻxshamaydigan tarzda yuqori maqomga koʻtarilgan. Uning gʻazallarida soʻz ruhdan, maʼno ruhoniyat va holdan quvvatlanadi.
Shoir gʻazallaridan birida «Tinmayin yurdim bu gʻam dashtida hayronliq bilan», – degan edi. U chindan ham dard, gʻam va armon dashtidagi bir oshiq-darveshdir. U hayronlikdan hayratga, hayratdan haqiqat va maʼrifatga tomon intiladi:

Maqomi hayrat ichra gohi bexudman,


Junun bozorida mastmanki istihnoha sigʻmamdur.

Mashrabdagi junun – ilohiy ishq jazbasi. U ishqning shiddatli tugʻyonlarida «junun vodiy»siga qochadi. Uni hamma joyda hamma tomondan «ham lashkari» taʼqib qiladi. «Gʻam lashkari ichra» «hayronu xarob» shoir goh «jismi joni»ning afgorligidan soʻzlasa («Lashkari ham bu sinuq koʻnglumni afgor ayladi»; «Jismi jonimni figor etti gʻamingni lashkari»), goh oʻzligini ham tarozusiga tortadi («Gʻam tarozusigʻa tushgan bori vazminmen bugun»). «Gʻamdin oʻzga boʻlmadi dardimga darmon oqibat», – deganida u haq edi. Mashrabning shaxsiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlmoq uchun uning sheʼrlaridagi mana bunday jumla va iboralarga nazar tashlash kifoyadir: «Ishq sargardoniman», «Dard ila xarob oʻldim», «Tinmay kuyub yondim», «Manga motam tutib yigʻlar daru devor», «Tilim lolu koʻzim giryon», «Nolishimdan qoʻrqaman», «Sahar soʻzimgʻa chirmashdim», «Dilim daryoi nurdur», «Gunahim hayrdin emas, koʻzimdin», «Oʻlturub qon yigʻlasam arzir», «Tah-batah qondur yurak», «Mandin zabunroq yoʻq kishi», «Men qonlar yutay to oʻlguncha», «Dardu gʻam ichra sargʻaydi yuzum», «Aylandim keldim yana gʻam uyiga», «Mehribonim yoʻq mani», «Yotibmen qoru yomgʻir ustima oʻtib», «Musibat selini barbodi boʻldum», «Koʻngulda gʻussa koʻp», «Gʻam loyi ichra qolmishman».


Bir martabada turmas emish shoh ila darvesh,
Bas jandani kiydim oʻzimi darbadar ettim.

Darveshlik Mashrab uchun shohlikdan baland. U «jon toʻtisini ishq ila sarboz etay deb», jandani kiyib oʻzni darbadarlikka chogʻlagan edi. Mashrab chin maʼnodagi oshiq shoirdir. U «Shariat sharbatin ichgon», «Tariqat halqasin tutqon», «Haqiqat shohini surgon», «Malomat kuyida yurgon», «Muhabbat yoʻlida kuygon» «suyar qullar», yaʼni Haq oshiqlari fikru kechinmalari ifodachisi. Mashrab haqiqiy ishq bahriga choʻmgan sanʼatkor edi: «Shudam paygʻambari savdo, mani devonai Mashrab».

«Yoʻlni koʻrganlar hama dunyoni tarkin qildilar», deydi shoir. Qaysi dunyoni? Mashrab gʻazallaridan biri shunday satrlar bilan boshlanadi:

Dunyoga kelib bilmay loyigʻa bota qoldim,


Darmon yoʻqidan zahri balosin yuta qoldim.
Koʻrdum men oni dushmani ruhi tan ekandur,
Lo oʻqi bilan ikki koʻzini ota qoldim.

Albatta, dunyo boshdan-oxir botqoqdan iborat emas, lekin loy – uning bir ramzi. Shoir dunyo haqidagi qarashlarida hurlik tuygʻusiga alohida ahamiyat beradi. Hurlik nima? Ishq. Haqiqiy hur odam kim? Oshiq va orif. «Ishq yoʻligʻa kirgan, albatta, kechar jondin, Kechmasa jondan aytgon soʻzidur yolgʻon», – deydi Mashrab. U asl maqsadga yetish uchun parda boʻlgan dunyoni tark etish tarafdori: «Koʻtarsang pardani nogoh jamolingni koʻray derman, Jamoling partavin solsang, ki husningga toʻyay derman», «Pardangni olib men sari gar birgina boqsang, Ul dam meni motamzada dar xanda boʻloyin».

Mashrab tavba maqomiga doir fikr-mulohazalarida «Malomat kuyida yurgon» soliklarning axloqiy-falsafiy qarashlarini yoqlab, gunoh va gunohkorlik tuygʻularini idrok etishga chaqiradi:

Ey bandai purgunoh, turgʻil saharda, yigʻlagʻil,


Koʻz yoshingni hurmatidin har kunda ming navo kelur.
Shoir oʻzini «bosh-oyogʻ» «joʻshi gunahdin» oluda, bandai purgunah hisoblaydi: «Gunahimdan xabar olsam juhud, tarso meningdek yoʻq…», «Ayo doʻzax, meni kuydir, xaloyiq kuymasin hargiz, Tamuhdin ishq oʻti purzoʻr, aning zahrin yutub uttum», «Bul havasni magʻzi yoʻqdur, poʻstdur beeʼtibor». «Maʼniparvar odam» koʻngulni gunohlardan poklash uchun azobu aziyat va malomatdan qochmaydi. Shu tariqa Yor «charohi husni roʻyi»dan dilni munavvar qilishga erishadi.

Sirri dilim izhor agar boʻlsa malakka,


Ul moh bila shamsi munavvar chidayolmas.

Ishq ahli agar nola-yu faryod chiqarsa,


Masjid kuyaru voizu minbar chidayolmas.

Mashrab bir qator gʻazallarida tasavvuf taʼlimotining umumiy gʻoya va tushunchalarini talqin etadi:

Maʼrifat bozorining devonasi,
Ham haqiqat ishqining mayxonasi.

Oh urub ikki jahonni kuydurur


Ishq elining ziynati – sarmoyasi…

Shoirning koʻpchilik orifona gʻazallarida esa haqiqiy ishqning yuqori nuqtasini aks ettiradigan tuygʻu va kechinmalar tasvirlangan. Shunday gʻazallardan birida oʻqiymiz:

Onqadar nurga toʻlibman, osmongʻa sigʻmadim,
Toqi arshu kursi-yu lavhu jinongʻa sigʻmadim.

Mashrab forsiy gʻazalida «Anal-Haq goʻi ejodam, tajalliparvari ishqam» – ijodimni Anal-Haqlik desang, men ishqning tajalliparvariman, deb yozgan edi. Yuqoridagi satrlar bilan boshlanadigan gʻazalning gʻoyaviy tarkibi Anal–Haqlik va tajalliparvarlik mohiyatidan tashkil topgan. Gʻazalning navbatdagi baytlarida bu haqiqat toʻliq ravshanlashadi:

Kimga soyam tushsa bir nuri yaqin boʻldi u ham,
Daftari ruhi qudsdurman zabongʻa sigʻmadim.

Doʻzaxi saqar manam, jannati kavsar manam,


Bir oʻzimdurman bu kun haft osmongʻa sigʻmadim.

Bor edim Nuh vaqtida gʻarq etmadi toʻfoni ham,


Hamrohi Muso boʻlib Turi Sinongʻa sigʻmadim.

Ellik yil Iso bilan yurdim oʻlikni tirguzub,


Boisi bir nuktadin, Mashrab, zamongʻa sigʻmadim.
Gʻazalda ilohiy «ishq sirrin bayoni» berilgan. Bu «ishq oʻtidin» kishiga «zarraye yetsa», kifoya, u – giryon, besabru betoqat, uning tili lol, soʻngaklari nihon oʻrtangani oʻrtangan. Chunki u olamu bu olamni oʻzida birlashtiradigan kenglikka erishadi. Sheʼrdagi Nuh, Muso, Isoga tegishli talmihlardanoq tavhid holatining tasvirini mushohada qilish mumkin. Lekin shoir «haft osmongʻa», «Turi Sinongʻa» va «zamongʻa» sigʻmaslik sababini «Boisi bir nuktadin», deb taʼkidlaydiki, bu nukta – Anal-Haqlik zavqidir. Mashrab buni «Ajab Majnun»lik, «ajab devona»lik deb ham xarakterlaydi.

Tarixdan maʼlumki, tasavvufdagi qalandariya mazhabiga Jamoliddin Sovajiy asos solgan. Qalandariya malomatiya silsilasi bilan uzviy bogʻliqdir. Boborahim Mashrab qalandariya mazhabiga aloqador shoirlardan. Bu toʻgʻrida O.Sharafiddinov va S.Husaynning «Oʻzbek adabiyoti» maqolasida shunday deyilgan: «Mashrab oʻz zamonasida keng yoyilmoqda boʻlgan qalandarlikning (soʻfizmning bir oqimi) yirik vakili sifatida tanilgan va xalq ichida katta taʼsirga ega shoirdir. Qalandarlik vakillari rasmiy islom va uning qonunlari bilan kelisha olmas va shu qonunlarni himoya qiluvchi hokimlarga, rasmiy ortodoksal ruhoniylarga qarshi kurashar, ularni shiddatli tanqidga olar edilar» . Maqola mualliflari qalandarlik tariqati vakillarini «ogʻir zulmlarni boshidan kechirmoqda boʻlgan va juda qashshoqlashgan» ommaning oʻrtasida «dushmanlardan oʻch olish va zulmdan qutulish uchun yordam beruvchilar» sifatida baholab, Mashrabni ana shu kurash qurboni boʻlganini qayd etganlar. Ularning hukmiga binoan, Mashrab ijodiyoti «bir-biriga oʻta qarama-qarshi boʻlgan qutblarga ega». Bu «qutb»lardan biri – «rasmiy islom, ruhoniylarni, hokimlarni, shariat qonunlarini ayamay tanqid qilish» boʻlsa, ikkinchisi – «tarkidunyochilik, darbadar va qalandarona hayot kechirishga daʼvat». Mashrab butun ijodi davomida tasavvufdan uzoqlashmagan va vahdati vujud ideali bilan yashagan mistik shoir. Zohiriy olamdan botiniy dunyoga u juda vaqtli chekingan.


Meni zohir koʻzida koʻrgan el oʻzdin gumon aylar,
Vale, el ichra oʻzdin, barchadin begona Mashrabman.

«El ichra oʻzdin» va «barchadin begona»lik – Mashrab mistik hayotining mazmunini xarakterlaydigan bundan aniq ifoda topish qiyin. Mashrabdagi yolgʻizlik – «oʻzdin» ham begona bir tanholik. Aks holda u shayx tili bilan, «etagimni yelpishidin yuz Xudo paydo boʻlur», demagan boʻlurdi. Mashrabdagi insoniy yolgʻizlik ilohiy yolgʻizlikka evrilgandir. Undan «Yolgʻizlik nima?» – deb soʻralganda u, albatta, «Xudo!» – deb javob bergan boʻlar edi. Yoki quyidagi singari misralarni eslatardi:

Hu desam, Anal-Haq, deb olam borisi Haqdur,
Layliga boʻlub shaydo, Majnunga oʻtay derman.

Boborahim Mashrabni shu taxallus bilan ijod qilgan boshqa shoirlardan ajratish uchun oʻzbek adabiyotshunosligida ancha ishlar amalga oshirildi. Shu maʼnoda shoir sheʼrlarini yigʻib, nashr ettirgan olimlarning mehnatlari tahsinga loyiqdir. Lekin asl Mashrabning qiyofasi – uning sheʼriyatida, adabiyotshunoslik ilmida Mashrabning insoniy va ijodiy Oʻzligi tubdan oʻzgartirilgan hamda soxta talqinlarga giriftor etilgan.

Mashrab sheʼriyatining gʻoyaviy, falsafiy, axloqiy zamini – tasavvuf. Shoir ijodiyotiga doir tadqiqotlarida uning sheʼrlari ongli ravishda oʻz zaminidan ajratilib, tahlil qilingan. Natijada, ilohiy ishq mohiyatini ochuvchi fikru kechinmalar dunyoviy muhabbatga mansub tasvirlar sifatida tavsiya etilgan. Mashrab ijodiyotidagi «antiklerikal motiv»lar haqida aytilgan mulohazalar ham biryoqlama, goho juda chalkashdir. Buning sabablari izohlanganda, ikki jihatga alohida diqqat qilish kerak boʻladi. Birinchisi, davlat va siyosat miqyosida dinga qarshi hujumning avj oldirilgani, ikkinchisi, tasavvuf taʼlimotining yuzaki oʻrganilgani.
Tasavvuf Mashrab dunyoqarashining «cheklangan tomonlari» emas, balki ichki ziyosidir. Tasavvuf, birinchi galda, Ruh tarbiyasi. Tasavvuf – axloq va odob kamoloti uchun qaygʻurish demak. Tasavvuf – Xayol va tasavvur goʻzalligi. Haqiqiy tasavvuf olamdagi jamiki kuchsizlik, jamiki tobeliklarga ishtiboh bilan qarashga oʻrgatadi. Tasavvufning deyarli barcha mazhablarida gʻamgin va gʻussakash inson «Meni»ning botiniy faolligi aks etadi. Tasavvuf taʼlimotida tarbiyalangan kishining hayot zavqidan qoʻl siltashi mumkin emas. U oʻtkinchi zavqlarga beparvo qarashi tabiiy, albatta. Din singari tasavvufning ham olamshumul mafkurasi Ishqdir. Shu maʼnoda din va tasavvuf oʻrtasida keskin ixtilof yoʻq.

Din nomidan hukmlar chiqarib, «rohi shayotin»dan yurguvchi, rishvaxoʻr, «buxlu havodorliq bilan» umr oʻtkazgan dilozor, riyokor mullo va eshonlarga Mashrab salbiy munosabatda boʻlgan. U ana shunday kaltabin va aqidaparast din ahlining imonini imonsizlik, dinparastligini dinsizlik deb bilgan. Qalbi ilohiy ziyodan yiroq dindor – shoirga qoloqlik, cheklanganlik timsoli boʻlib koʻringanligi rost. Ammo Mashrab hech payt islom dinining asl mohiyatiga shak keltirmagan. Shuning uchun ham «Bir Xudodan oʻzgasi barcha gʻalatdur», – deb hisoblagan. Mashrabga koʻra, olamning mazmuni, xayoliy goʻzalligi va abadiyati birgina soʻzda ifodalanadi. Bu soʻz – Xudo. Shu soʻz dunyoning Dili, dunyoning tili. Jahonning qaysi goʻshasiga nazar tashlamang, husn nurini sochayotgan va zaboni gʻaybda takallum etmoqda boʻlgan Haq zohirdir: «Olam hama koʻz boʻldi tamosho qilayin deb».

Vosili Haq boʻlay desang, ishqu muhabbat hosil et,
Oʻrta havou kibr uyin shamʼi yuzin ziyosigʻa.

Mashrab ilohiy «ishqu muhabbat hosil» etmoq maʼnosida qalandarlik tariqatini tanlagan va qalandar oshiqning birinchi vazifasi – bu, vahdat mayidin qonmoq, deb bilgan. Uning qator baytlarida shu mohiyat aksini topgandir:

Soqiy, qadahni qilgʻil muhayyo,
Vahdat mayidin ichgoli keldim.

Mashrab devonida vahdat tushunchasidan ajralib qolgan sheʼr yoʻq. Shoir gʻazallaridan birida:

Bagʻri rahmatgʻa kirib qildim vujudimni adam,
Maʼrifatdan bexabarsan gavharimni kavlama, –

degan edi. Baytning birinchi misrasi oʻzlikdan kechib, fanolikka erishish toʻgʻrisida. Undagi umumiy fikrning sharhini boshqa gʻazalda uchratamiz:

Boʻldum fano men tufrogʻ ichinda,
Bir dona erdim, ming dona boʻldum.
Ul yuz oʻtida bud boʻldi nobud,
Jon jongʻa kirdi, jonona boʻldum.
«Jon jongʻa kirdi, jonona boʻldum» – Mashrab dunyoqarashining eng oliy va yakuniy nuqtasi ana shu. «Jon jongʻa» qovushgungacha boʻlgan yoʻl – mashaqqatli yoʻl.

Soldim tunu kun nafs itim birla urushni,


Tanho qilichi birla urub hay-haylab oʻttum.

«Nafs iti» birla boʻlgan «urush»da gʻolib kelgan oshiq, albatta, xomushlik va miskinligini topadi. Miskinlik ruhi uygʻonmaguncha, Haq tolibi ojizu afkorligini anglay olmaydi, gunohlaridan tavba qilmaydi, sir pardasining ochilishini tilab zoru tavallolar etmaydi. Mashrabning oʻnlab gʻazallarida «xomush pichoqini» nafs boʻynigʻa qoʻygan oshiq holati va kechinmalari tasvirlangan.

Mashrab «tolibi diydor»likda Mansur Xalloj, Shayx Boyazid Bistomiy, Farididdin Attor, Nasimiy singari «tolibi sodiq»larga izdosh va maslakdosh. U Mansur Xallojdan keyin mashhur soʻfiy Ibrohim Adham tariqini oʻzi uchun ibrat va namuna sifatida eʼtirof etadi:

Jahonni tark qildi Mashrab Ibrohim Adhamdek,


Saropo dard koʻrdim, muddaoni koʻrmadim hargiz.

Maʼlumki, Muhammad paygʻambarning faqirlik haqidagi hadislari mohiyati juda terandir. Faqr – ehtiyoj negizidagi xorlikni chuqur payqaydi. Faqr – Haq maʼrifatidan oʻzga hech nimani talab qilmaydi. Mashrab faqirlik yoʻliga sodiqligi uchun ham:

Shahi roʻyi zaminu taxtu tojin orzu qilmay,
Gadoyi faqr boʻldum, sayr etarman bahru bar tanho, –

deb yozgan edi. Faqirlik maqomiga yuz burmagan oshiq haqiqiy ishq sirrining koshifi boʻla olmaydi.

Asli muhabbat istasang, kulli sivoni tashlagʻil,
Faqr libosin kiyib darbadari gado kelur.

Xullas, Mashrab sheʼriyati hali toʻliq kashf qilinmagan bir xazinadir. Bu sheʼriyat bilan qancha koʻproq qiziqilsa, inson oʻzligini oʻshancha teran anglash imkoniga erishadi, shaxs va jamiyat, odam va olam, Haq va banda munosabatlarini toʻgʻri mushohada aylash darajasiga koʻtariladi.


Boborahim Mashrab ko’p bilimlar sohibi, fozil Ofoq Xojaga sidqidildan murid
tushadi, uni o’ziga murshidi komil deb qabul kilishadi va yetti yil uning dargohida
xizmatini o’taydi, yumushlarini bajarib, saboq oladi, muridlari qatorida kun
kechiradi. Ofoq Xoja dargohida Mashrab murid sifatida eshon tomonidan buyurilgan
turi og’ir ishlarni bajaradi: uch yil o’tin tashidi, uch yil sanochda suv tashidi va bir yil
eshon ostonasida qorovullik qildi. Shu davrlar ichida shoir kiyimi bitta po’stindan
iborat bo’lib, yozda junini tepasiga, qishda esa ichiga qilib kiyib yurardi. Yetti yillik
og’ir tayyorgarlik, o’zining jismoniy va ruhiy qobiliyatini chiniqtirish tufayli
Mashrabga tasavvufiy jozibalik singib boradi. U tasavvuf ilmini to’la egalladi.
Mashrab Ofoq Xoja xizmatida ilohiyot bilan ham shug’ullanib, tariqat sulukini
o’tadi. Ibrohim Adham va Mansur Hallojni g’oyibdan piri komil deb bildi. Ijodda
Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Imomiddin Nasimiy yo’lidan bordi. Lutfiy,
Navoiy g’azallariga naziralar yozdi, muxammaslar bog’ladi.
Shoir adabiy merosidagi diniy mazmun va tasavvufiy yo’nalish ruhidagi
sherlarning ko’pchilik qismi Ofoq Xoja dargohida va uning targ’ibot-saboqlari
tasirida yaratilgan desak, xato bo’lmas. Ofoq Xojaning shahsiy xislat-fazilatlarini
madh etuvchi, uni “piru rahbar” deb tan oluvchi bayt-misralarni tarkibida jam etgan
g’azal va muxammaslar ham (“Koshki”, “O’zim” radifli g’azallar, “Qolmadi” radifli
muxammas) shu muridlik yillari mahsulidir.
Bu davrdagi Mashrab sheriyatiga xos asosiy xususiyatlardan biri Allohga
bo’lgan ishqdir. “Nafs ajdahosi” komidan xalos bo’lganlar uchun faqat Alloh –
haqdir, haqiqatdir. Shu bois inson faqat Allohni sevishi, unga oshiq bo’lishi, komil
inson bo’lishga astoydil intilishi, bu mashaqqatli yo’lda barcha uqubatlarga chidashi
lozim. Barcha yaxshilik, ezgulik – Allohdandir, binobarin Uni sevgan kishi o’z
yaqinlarini, ota­onasini, el­yurtini, jamiki yaxshi odamlarni ham sevadi.
Mashrab tahminan 1672 – 1673-yillarda Ofoq Xoja dargohini tark etishga majbur
bo’ldi. Shoir hayot yo’lini bayon etuvchi qissalarda qayd etilishicha, bunga
Mashrabning piri dargohidaga kanizlarining biriga ko’ngil qoygani, sevib-sevilgani
rasmiy sabab bo’lgan. Ma`lumki, Ofoq Xoja dargohida uning ko’plab muridlari,
haramida esa tortiq qilingan va sotib olingan cho’rilar xizmat qilar edi. Shu
cho’rilardan biriga Mashrabning ko’zi tushadi va uni yaxshi ko’rib qoladi.
U adabiyot, falsafa, tasayovvuf-tariqatlari soxasida boy ilmiy meros qoldirdi.

Mashrabning nafs xaqidagi fiklari ayniqsa etiborlidir:

Shuhrat aylab kim alardek xudnamolarni ko’rung,

Zohiru suvratparast nooshnolarni ko’rung.

Zohirida sufiyman deb, tarki dunyo aylagan,

Botini dunyoga moyil baxti qarolarni ko’rung.

Xalqning ko’ziga har dam suvratin digar qilib,

Nafs uchun shayton bilan borgan gadolarni ko’rung.

Shuhratim ofat bo’lur deb Mashrabing qo’l olmadi,

Ko’zda yoshim qatrasi durri baqolarni ko’rung.

Nafsni yengish quroli esa pok ishqdir. Ishq insonga mislsiz kuch-qudrat,

g’ayrat-shijoat beradi. Ishq, deganda mehr-muhabbat, muruvvat, saxovat, ezgulik,

iroda, sabot, ilm, ibodat, oqillik, xokisorlik, adolat, sabr, qanoat, g’ayrat, kamtarlik,

halimlik, mardlik, hayo, pokizalik, shirinso’zlik, shafqat, umuman, inson qalbini

poklashga xizmat qiladigan, uni o’z Yaratuvchisiga yaqinlashtiradigan barcha ezgu

fazilatlar tushuniladi. Zero, pokiza so’z va manolar dard va muhabbatdan tug’iladi.

Ishqning manzili inson ko’nglidir. Ko’ngil ishq tufayli poklanadi. Poklangan

ko’ngildagi ishq ilohiy mohiyat kasb etadi, yani ishq insonni yuksaltiradi.

Lomakonni shahrida oshiqni shaydo qildi ishq,

Anbiyou avliyolarni hovaydo qildi ishq.

Jilvasin ko’rsatib zohirda elga rang-barang,

Oru nomusdin kechib olamga g’avg’o qildi ishq.

Bildiyu eshitti, Mashrabning qarori yo’q ekan,

Zohrin go’yo qilib, botinin bino qildi ishq.

Mashrab she'rlarida odam zotining asosiy nuqsoni nafsu hirs balosiga mubtalo

bo’lganligini, bu nuqson uni ilohiy fazilatlardan mahrum etishi, axloqan

tubanlashtirishi, o’tkinchi mayl-istaklarni uyg’otishi, insoniy xislatlardan, haqiqat,

maʼnaviyat va maʼrifatdan yiroqlashtirishini aytib, nafs ajdahosi komidan xolos

bo’lganlar uchun faqat Alloh – Haq, haqiqatdir degan qarashni ilgari suradi.
Tasavvuf olamida sheʼriyatning nufuzi o’ziga xos bo’lib, ilohiy ishq mayidan

sarxush bo’lgan shoirlar zavqu shavqini majoziy timsollar orqali tasvirlashga harakat

qilganlar. Bunday kishilar mutasavvif deb ataladi. Mashrab sheʼriyatining g’oyaviy,

axloqiy, falsafiy, irfoniy zamini tasavvufdir. Mashrab tasavvuf adabiyotining vakili

sifatida nafsini yengish orqali ko’nglini yuksaltirish, ruhni poklab, o’tkinchi dunyo

hoyu havaslaridan ustun bo’lishga intilgan. Mashrab insonning mavqei-darajasiga

uning to’kin hayoti, moddiylikdan emas, aksincha, insonning axloqiy go’zalligi,

yuksak maʼnaviy fazilatlaridan kelib chiqib yondashadi.

Mashrab ilohiy ishq kuychisidir. Mashrab ana shu ilohiy ishq devonasi bo’lib,

qalbida kechayotgan tug’yonlarni qanday bo’lsa, shundayligicha qaynoq sheʼrlari

orqali izhor etadi. Uning so’zlari misoli lag’cha cho’g’, yondirguvchi olov, oxu

nolasining chegarasi yo’q, shoirning ishq dardidan olam larzaga keladi. Mashrab

sheʼrlarini o’qish jarayonida uning ko’nglida kechayotgan shavq, zavq, majnunlik,

betoqatlik va o’z aslini topishga intilayotgan qalb nolalarini yurakdan his etish hamda

bandaning Xudoga bo’lgan haqiqiy ishqi qanday bo’lishi anglanadi.

Mashrab o’z sheʼrlarini dardnoma, ko’nglini esa hasratxona, jarohatxona deb

ataydi. Mashrabning dardi bir burda non topish umidida yurgan, mansab-amal uchun

jonini jabborga beradigan kishi dardi emas, shavq va iztirobda tunlarni bedor

o’tkazib, ko’zlaridan qonli yoshlar to’kkan, Allohga intizor yurakning nolayu fig’oni,

ilohiy muhabbat dardidir:

Men nola qilay shomu sahar dod eshigingda,

Jonimni beray, sho’xi parizod eshigingda.

Ul lolavu rayxonu suman, toza qizil gul

Ham sarv bukuldi, qaddi shamshod eshigingda.

Zulfing seni bu jonima yuz domi balodur,

Jonim qushi sayd o’ldi chu sayyod eshigingda.

Savdoyi muhabbatga tushubman seni izlab,

O’lturdi g’aming, ko’zlari jallod, eshigingda.

Ashkim to’kubon xajru g’amingda kecha-kunduz,
Bu dardning davosi Alloh vasli, tavhid va fano bo’lib, insonni bu martabaga

ishq olib boradi. Mashrab talqinida ishq barcha mushkul ishlarning kaliti, insonning

haqiqiy xaloskori, vujudni poklovchi olov, iksiri azamdir. Mashrab uchun maqsad

Haqqa yetishmoq, mohiyatga yetish yo’li esa ishqdir. Mashrabning sheriyati

ishqning tafsiri, o’z aslidan ajralgan ruhning nola va iztiroblar olamida o’zligini

topishidir. Shunga ko’ra, Mashrabning ishqi dinlar, mazhablar, turli talimot va

qarashlar, tushunchalardan ustun turgan. Mashrab mazhablararo tortishuvlarni

manisiz va behuda narsa, deb hisoblagan. Kishilarni ana shu haqiqatni anglashga

chaqirgan. Mashrab insonda ilohiy fazilatni ko’rish va sevishni, ruh va jism talablari

orasida azobda qolgan insonni qutqarishni, fisqu fujur gunohlarini muhabbat o’tida

kuydirishni niyat qilgan.

Mashrab talqiniga ko’ra, barcha yaxshilik va ezgulik Xudodan, shuning uchun

Xudoni sevgan inson yer yuzidagi barcha narsalarni, yoru birodari, ota-onasi, elyurtini sevadi, karamli va sahovatli bo’ladi. Mashrab nopoklik olamidan poklik

olamiga, hayvoniy hirs va nafs qutqulari olamidan ilohiy olamga ko’tarilish uchun

malomatiylik tariqatining qalandarlik harakatiga qo’shiladi. Bundan asl murod ilohiy

ishq hosil qilish edi. Mashrab qalandarlikning birinchi sharti va vahdat mayidan

qonish deb bilgan.

Aksari tadqiqotchilar Mashrabdan inqilobchi, isyonkor yasamoqchi bo’lib,

Mashrabning sherlarini ijtimoiy hayot xodisotlari bilan bog’lashga xarakat qilganlar.

Mashrabni “isyonkor shoir sifatida zulm va razolat ildizlarini qirqish uchun yovuzlik

va yomonlikka qarshi qalqon bo’lib, amaldorlarning kirdikorlariga qarshi o’z

nafratini bildirgan, shuning uchun qalandarona hayot kechirgan”, deb tariflaganlar.

Aslida qalandar tasavvuf yo’liga kirib, xayr-exson bilan kun kechiruvchi kishi bo’lib,

zikr va samo` orqali Allohga ruhan yaqinlashib, faqru fano darajasiga erishish va

xaqiqatga yetish uchun o’z jismi va qalbini poklashga intilgan. Qalandar o’z murshidi

(piri)ning ko’rsatmalarini so’zsiz bajarishi shart bo’lgan. Shoir bu xaqida shunday yozadi:


Murodingga yetay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l,

Sitam ahlin yutay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l.

Og’izdan dur sochay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l,

Yomonlardan qochay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l.


Riyozatsiz bo’lay desang, tanim ozod yuray desang,

Jahonni sayr etay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l.

Razolat kuyduray desang, zalolat o’lduray desang,

Hamasin supuray desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l.

Guharrezlik qilay desang, hamani kulduray desang,

Chu Mashrabdek bo’lay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l

Mashrab xalq, ichida yurib Haq, bilan birga bo’lgan. Mashrab qalandarlik bilan

shuxrat qozongan. Ko’ngilni qalandar tutish, dunyo va nafs havaslaridan xoli ekanlik,

xamisha buyuk Alloh zikri bilan mashg’ullik va Xudo buyurgan ezgu amallarni o’z

hayotining mazmuniga aylantirish – qalandarlarning asosiy maslagi bo’lgan.

Mashrabning Boborahim deyilishi sababi bir jihatdan qalandarlikka borib taqaladi.

Qalandarlar o’z pir, shayx va raxnamolarini bobo deb ataganlar.

Qalandar har qanday bog’lanishlardan, rasmiyatchilikdan xoli, ozod bo’lgan,

har turli diniy amal va odatlarni xalqdan yashirincha amalga oshiradigan, xalqning

malomat qilishi uchun ayrim noshariy amallarni qilishdan toymaydigan, izzat-nafsini

xor qiladigan barcha amallarga tayyor, shu bilan Alloh rizoligiga erishishni orzu

qiladigan so’fiydir. Qalandarlar bir-birlari bilan abdal tilida so’zlashganlar, maxsus

soch qo’yib yurganlar. Ularning mahsus kiyimlari kuloh (bosh kiyim, qalpoq), dalq

(darveshlarning jundan to’qilgan kiyimi), kamar (belbog’), aso (xassa), kachkul

(kashkul, qalandarlar beliga osib yuradigan qovoqdan yasalgan va suv yoki yeguliklar

solinadigan beli siqiq qopqoqli, o’yma naqshli chelaksimon idish), kadu-matbax

(suvqovoq, ovqat solinadigan idish)dan iborat bo’lgan. Ularning maskanlari shahar

yoki qishloq tashqarisida bunyod etilgan qalandarxonalar bo’lgan.

Qalandarlar shariat amallarini to’g’ri bajargan xolda, shariat ahlining

mutaassibligi, turli bidatlarga o’ralib, shaklparast bo’lib qolgan mulla, eshon, imomxatiblalarning ustidan kulganlar, ularni zohirbinlar deb ataganlar. Mutasavvif olim N.

Komilov so’zlari bilan aytganda, Boborahim Mashrab, kaltafahm, kekkaygan xonu

beklarni, man-man kimsalarni, zohirbin betafiq ruhoniylarni hajv etib, Alloh oldida

shohu gado barobar, degan aqidani ilgari surgan. Mashrab o’ta rostgo’y, soxtalikni

yoqtirmaydigan, cho’rtkesar, haq gapni aytishda hech narsadan odam bo’lgan, yuragi

bir olovday yonib turgan. Mashrab deydi:

Agar mardu durustsan, hujrai dil posboni bo’l,

Yomonni yaxshisi bo’lguncha, yaxshini yomoni bo’l.


Xulosa.
Mashrab qalandar bo’lsa ham, naqshbandiylik va yassaviylik tariqatining turli o’lkalarga yoyilishiga katta xissa qo’shgan. U ma`naviy pirlari bo’lgan Ibrohim Adham, Mansur Xalloj, Boyazid Bistomiy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Imoduddin Nasimiy maslaklarining davomchisidir.
Mashrab ijodidagi ijtimoiy mazmundorlik va kuchli tanqidiy yo’nalish shoirning ilg’or dunyo qarashi, xalqchil falsafasi, zamonasidagi salbiy voqea-hodisalarga aniq, tanqidiy munosabatidan shakllangan. Qatʼiy aytish mumkinki, chuqur ijtimoiylik va kuchli tanqidiy munosabat Mashrabning umumijodiy faoliyatida ustuvorlik qilgan hamda yaratgan ko’pdan ko’p asarlarining asl fazilati darajasiga ko’tarilgan.
Shahar va qishloqlar ezilgan ommasining g’amu hasratlarga to’la kulfatli
hayotini badiiy tasvirlash xalqchil shoir ijodida yetakchi mavzulardan biri bo’lgan.
Doimo xalq ichida yurib, uning yashash sharoiti va orzu-intilishlaridan yaqindan
xabardor bo’lgan Mashrab mashaqqatli hayotni haqqoniy badiiy lavhalarda mahorat
bilan tasvirladi, nihoyatda sodda, ravon, ammo mazmunan zalvorli misralarda
samimiy hamdardlik va yurakdan achinish tuyg’ularini ta'sirchan ifodaladi.
Sherlaridan birida “Azaldin men dili g’amgin xaloyiq xaylini sevdim!” deb yozgan
shoir boshqa bir o’rinda “O’zimdek xonavayronlarni ko’rsam zor yig’larman!” deya
ezilgan ommaga to’la xayrixoh ekanligini alodida takidlaydi.
Mashrab she`riyatida “ko’zi yoshli”, “baxti qaro”, “dard ahli”ga, “g’am xayli”ga
hamdardlik, ular bilan hamdamlik g’oyalari qayta- qayta takrorlanishi bejiz emas.
Mashrabning “Tanho” radifli muhammasida bevosita xalq va uning turmush
sharoitini haqqoniy ko’rsatuvchi lavhalar chizilgan. Har bir o’quvchi yuragini
o’rtovchi mana bu misralar shoir ijodining to’la xalqchil mohiyatiga ishonchli
dalildir:
Dilini tig’i sitamdin pora bo’lgan xalqni ko’rdim,
Tanu dardu alamdin yora bo’lgan xalqni ko’rdim,
Ko’zi vaqti sahar sayyora bo’lgan xalqni ko’rdim...
Birgina qudratli Yaratuvchidan boshqa hamma-hammasi “g’alat”, yani
xatodir, deydi shoir. Baytda Mashrab birinchi misra mazmunini ikkinchi misrada
hayotiy va tasavvufiy ramz-timsollar vositasida namoyon etadi.
Mashrab sheriyatida uchrovchi shakkoklik zaminida, jumladan, namoz, ro’za,
jannat (behisht), Makka, Kaba (baytul-haram), xur g’ilmon, do’zax tushunchalariga
hurmatsiz munosabat, bazan esa ochiqdan-ochiq mensimaslik, “bir pulga sotish”ga
tayyorlik ostida, shuningdek, riyokor, munofiq din arboblarining, zohidu
mullolarning ayovsiz fosh etish asosida ana shu etiqodga buyuk ishonch, qat’iy
sadoqat mavjud. Umuman tasavvuf talimotida bo’lganidek, Mashrab ijodida ham,
faqat Allohnigina tan olish, yakka ungagina chin muhabbat qo’yish va uning vasliga
talpinish jarayonida barcha “g’alat”larni rad etish so’fiy adabiyotda asrlar davomida
qaror topgan ramz-timsollar, tushuncha-iboralar (“Ishq,”, “Muhabbat”, “Yor”,
“Jonona”", “Gul”, “May”, “Boda”, “Visol” va boshqalar) vositasida amalga
oshirilgan. Shoir sherlarida bu mazmun qatt’iy keskin ruhda, bazan, hatto qo’pol,
dag’al ohangda, ammo doimo ravshan ifodasini topgan:
...Yorsiz ham bodasiz Makkaaga bormoq, ne kerak?!
...Urayinmu boshima sakkiz bexishtu do’zaxin?!
...Ko’rmasam bir dam Seni bayt ul-haramni naylayin?!
...Ikki dunyodin ko’zum yumdum Sening zavqing bilan!
...Meni devona Mashrabg’a Muhabbatdin bayon aylang,
...Nomozu ro’zadan forig’ bo’lib sayyora Mashrabman!
...Xonaqoyu Kabadin, Mashrab, muroda yetmadim!
Yuqorida aytilganlar to’la nazarda tutilsagina Mashrab ijodiy merosida ko’plab
uchrovchi bu kabi xitob-takidlarning asl mazmuni, tasavvufiy mohiyati yuzaga
chiqdi, faqat shundagina shoir falsafasi, kuzatayotgan bosh maqsadi to’g’ri baholanadi

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


1.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yо‘q. – T.: “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bosh tahririyati, 1998. – B. 29.
2.Abdullayev V. A. О‘zbek adabiyoti tarixi. – T.: О‘qituvchi, 1980. – 346 b.;
3..Hayitmetov A. Mashrab lirikasi // Sharq yulduzi. 1980, №3. – B. 80-85;
4.Hayitmetov A. Mashrab qayerda tug‘ilgan? // О‘zbekiston adabiyoti va san’ati. 1982, 19 noyabr;
5.Hayitmetov A. Mashrab haqida sо‘z. // Adabiy meros. 1992. №3. – B. 22-25; 9.Hayitmetov A. Adabiy merosimiz ufqlari. – T.: О‘qituvchi, 1997. – 238 b.
6.Abdug‘afurov A. Mashrab biografiyasining ba’zi nuqtalari. // О‘zbek tili va adabiyoti. 1978. №6. – B. 10-14;
7. Abdug‘afurov A. Mashrab qachon tug‘ilgan? // Adabiy meros, 1980. №4. 13.Abdug‘afurov A. Toshlarni yoradi kо‘ksimning ohi. //О‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 1992, 22 may;
8.Abdug‘afurov A. Qalb qa’ridagi qadriyatlar. – T.: О‘qituvchi, 1998. – 216 b.
9.Abdullayev I. Yana Mashrab tavalludi haqida. // О‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 1983, 28 oktabr;
10Abdullayev I. Mashrab va “Mabdai nur”. // О‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 1991, 12 aprel;
Download 28.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling