Mavzu: Qandli diabet tiplarining fiziologik asoslari reja
Download 34.88 Kb.
|
Mavzu Qandli diabet tiplarining fiziologik asoslari reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’llash uchun ko’rsatmalar
- Diabetik nefropatiya.
- Qand miqori me’yori
Insulinoterapiya
Insulin bilan davolash uglevod almashinuvini maksimal darajada kompensatsiyalash, gipo- va giperglikemiyani oldini olish va shu tarzda diabet asoratlarini profilaktikasini ta’minlashga qaratilgan. Insulinoterapiya 1-tip diabetli bemorlar uchun hayotiy zarur hisoblanadi. 2-tipda esa ba’zi hollarda qo’llanilishi mumkin. Qo’llash uchun ko’rsatmalar: 1-tip qandli diabet; Ketoatsidoz, diabetik giperosmolyar, giperlaktsidemik koma; Qandli diabetda homiladorlik va tug’ruq; 2-tip diabetni boshqa usullar bilan davolashning besamarligi; Kasallik vaqtida tana vaznining sezilarli darajada pasayib ketishi; Diabetik nefropatiya. Bugungi kunda insulin preparatlarining ko’plab turlari mavjud. Ular ta’sir davomiyligi (ultraqisqa, qisqa, o’rtacha va davomli), tozalanish darajasi (monopikli, monokomponentli), maxsusligi (inson, cho’chqa, buqa, gen muhandisligidan olingan va boshqalar) bo’yicha farqlanadi. Insulin teri ostiga maxsus shprits yoki pompa-dozator yordamida kiritiladi. Unga bo’lgan talabni bilish zaruriy shart hisoblanadi. 1 non birligiga kerak bo’ladigan insulin miqdorini bilib, ovqat qabuliga qarab bemor qisqa ta’sirli insulinlar dozasini samarali va xavfsiz tarzda o’ziga moslashtirib olishi mumkin bo’ladi. Organizmning fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib, bir non birligiga teng uglevodlarni o’zlashtirish uchun sutka vaqtiga qarab 0,5 — 4 birlik insulin talab etilishi mumkin. Mazkur ko’rsatkichlarni aniqlash uchun asosiy ovqatlanishdan keyin glyukoza miqdorini o’lchash, bu vaqtda qancha non birligi iste’mol qilingani va kiritilgan insulin miqdorini bilish kerak. Shunga qarab non birligi va insulin miqdori taqqoslanadi. Agar ovqatdan keyin qand miqdori me’yordan yuqori bo’lsa, keyingi kunda insulin dozasi 1-2 birlikka oshiriladi va glikemiya darajasi 1 birlik insulin uchun qancha o’zgargani hisoblanadi. Qand miqori me’yori Davolash paytida diabet va uni dinamik baholash, tashxis qo’yish uchun birinchi usul qonda glyukoza (shakar) darajasini o’rganish hisoblanadi. Davolash va keyingi harakat ana shu ko’rsatkichga qarab tayinlanadi. Mutaxassislar kasallikni o’rganish jarayonida aniq ko’rsakichlar jadvalini tuzib chiqishgan. Bu miqdor ko’rsatkichlari nafaqat endokrinologlar, balki bemorlar uchun ham kerakli bo’ladi. Uglevod almashinuvi holati Glyukoza miqdori Me’yorda Och qolganda 3,3-5,5 mmol/l Uglevod iste’mol qilingandan 2 soat o’tib <7,8 mmol/l Sezuvchanlik buzlishida Och qolganda 5,5-6,7 mmol/l Uglevod iste’mol qilingandan 2 soat o’tib 7,8-11,1 mmol/l Qandli diabetda Och qolganda >6,7 mmol/l Uglevod iste’mol qilingandan 2 soat o’tib >11,1 mmol/l Qandli diabetning diagnostika jadvalidan ko’rinib turibdiki, qondagi qand miqdorini aniqlash juda oddiy va uy sharoitida glikometr bilan o’lchansa ham bo’ladi. Xuddi shu tarzda, turli yo’llar bilan diabetni davolash va baholash mezonlarini ishlab chiqilgan. Ikkinchi turdagi diabetni butunlay davolash hollari qayd etilgan. Parhez tutilib, tana vazni me’yorga keltirilsa, kasallik butunlay yo’qolib ketishi mumkin. Bunda ovqatlanish va jismoniy faoliyat tartiblarini normallashtirish kerak. Ular buzilganda kasallik yana qaytalanadi. Download 34.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling